1. bojxona siyosatining mohiyati. Bojxona ishi rivojlanishi bosqichlari


O’zbekiston Respublikasi «Davlat bojxona xizmati to’g’risida»gi qonunning 5moddasiga muvofiq bojxona organlarining huquqlari quyidagilardan iborat



Yüklə 53,78 Kb.
səhifə8/9
tarix25.12.2023
ölçüsü53,78 Kb.
#197208
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. bojxona siyosatining mohiyati. Bojxona ishi rivojlanishi bosq-fayllar.org

O’zbekiston Respublikasi «Davlat bojxona xizmati to’g’risida»gi qonunning 5moddasiga muvofiq bojxona organlarining huquqlari quyidagilardan iborat:
  1. Tovarlar va transport vositalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, jismoniy shaxslarning o’zini ko’zdan kechirish;


  2. Yuridik va jismoniy shaxslardan ko’zdan kechirish uchun tovarlar va transport vositalarini, shuningdek zarur hujjatlarni taqdim etishni talab qilish;


  3. Valyuta nazoratini amalga oshirish;


  4. Moliya, bank va boshqa tashkilotlardan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan axborot va hujjatlarni hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni olish;


  5. Bojxona nazoratidan o’tkazish maqsadida tovarlar hamda boshqa buyumlardan namuna va nusxalar olish;


  6. Bojxona nazoratidan o’tkazilishi lozim bo’lgan tovarlar saqlanayotgan hududlarga va binolarga belgilangan tartibda kirish;


  7. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir materiallarni belgilangan tartibda ko’rib chiqish hamda jismoniy va yuridik shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish;


  8. Bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti bo’lgan tovarlar va transport vositalarini qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda ushlab turish hamda olib qo’yish;


  9. Eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar o’zbeqiston respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotganda: shuningdek aktsiz markalari qo’yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar o’zbekiston respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda ularni musodara etish to’g’risida qaror qabul qilish;


  10. Surishtiruv o’tkazish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;


  11. Bojxonaga oid huquqbuzarliklarni aniqlashga xizmat qiladigan texnikaviy va maxsus vositalarni qo’llash.


Bojxona organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadirlar.




Yüklə 53,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin