4 Darsni tahlil qilishga tayyorgarlik bir soatlik dard reja qilishda konspektini tayyorlash
Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bogliq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha ishlab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va oquvchilar imkoniyatiga moslashtirilmagan dars sifatli bola olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori natijaga erishishni taminlovchi oquv tarbiyaviy jarayonni tashkil etishni taminlash kompleks chora tadbirlarni ishlab chiqishdir. Oqituvchining darsga tayorgarligida quyidagi uchta bosqich kozga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyixalashtirish. Shu bilan birga oqituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi,, oz fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bolajak mashgulotning algoritimlari, samaradorligi bogliq bolgan omillar va holatlarni hisobga olishni taminlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish talab etiladi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda oquvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, oquv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni ozlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, konikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon boladi. Bashoratlash bolajak darsni tashkil etilishining turli variantlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma`qulini tanlab olish. Loyihalashtirish (reialashtirish) oquvchilarning oquv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bolib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog ozi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon sorash, qayerda mavzuni kiritish, mashg`ulot keyingi bosqichiga qanday otish, oldindan kozda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema boyicha qayta ozgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi darsning ananaviy rejasidan boshqarish ta`sir korsatishlarini aniq va tushunarli belgilab olish bilan farq qiladi.
Sinfdan tashqari ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat. - o`quvchilarning bilimlari va amaliy ko`nikmalarini chuqurlashtirish va kеngaytirish; - o`quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matеmatik ziyrakliklarini rivojlantirish; - matеmatika qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish; - talabchanlik, irodani, mеhnatga munosabatni, mustaqillikni, uyushqoqlikni tarbiyalash; 1. Matеmatik o`n minutliklar, soatlar. 2. Matеmatika to`garaklari. 3. Matеmatik konkurs va olimpiadalar. 4. Qiziqarli matеmatika kеchalari va viktorinalar. 5. Matеmatik matbuot. 6. Matеmatik ekskursiya.
11 Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va otkazish metodikasi quyidagilarga asoslanishi kerak: 1. Darsda oquvchilar olgan bilim, malaka va кonikmalami hisobga olgan holda otkaziladi. 2. Sinfdan tashqari ishlar oquvchilarning xohishi, havaskorligi, ijodkorligi tamoyillariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi. 3. Sinfdan tashqari ishlarni otkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli tomoni kuchli boladi. Buning uchun zaruriy shart shuki,otkaziladigan ishning rejalashtirilishi va tizimliligining mu- rakkabligidadir. Shuni ta'kidlash lozimki, individual va guruhli mashgulotlar tizimli ravishda otkazilmasligi, aksincha, asosiy ish sinfda bajarilishi kerak.
12 Sinfdan tashqari ish sinfdagi dars shakliga nisbatan bir qator ziga xos xususiyatlarga ega: 1. Oz mazmuni boyicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan, matematik material oquvchilaming bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak. 2. Boshlangich sinflarda bolalarning matematikaga nisbatan toplangan turgun qiziqishlari haqida hali gapirib bolmaydi. 3. Topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning samarali usullaridan foydalanish ra batlantirilishi kerak. 4. Darslar 45 minutga rejalashtirilgan holda sinfdan tashqari mash ulotlar mazmuniga va tkazilish shakllariga qarab minutga ham, bir soatga ham m ljallangan bolishi mumkin. 5. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlari (qiziqarli matematika soatlari, t garaklar, viktorinalar va h.k.) qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi. Matematika minutliklarida, topshiriqlarga qiziqish uygotish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga xshash b Imasligi kerak
13 Oqituvchi hikoyasi. Odamlar vaqtni lchash uchun soat yaratdilar. Oldin quyosh soati paydo boldi. Ularni faqat kunduzi ishlatishar edi. Misr quyosh soatlarida 2 ta uzun taxtacha burchak shaklida mustahkamlangan. Ertalab quyosh chiqishi bilan uzun taxtachada soyani belgilashgan. Bu vaqtni ertalab soat 6 00 deb hisoblashgan. Keyin ertalabki soyaning uzunligini 6 qismga bniishgan. Buning natijasida hammasi 12 soat bolib, 6 soat kunduz, 6 soat kechqurun kelib chiqqan. Keyinchalik boshqa soatlar paydo boldi. Ular kechki vaqtni ham aniqlash imkonini berdi. Masalan: suv soat- lari, qum soatlari, mexanik va elektron soatlar bor. Hozirgi zamon soatlarining siferblati 12 ga bolingan. Har bolimning oldiga 1 dan 12 gacha yozilgan. Soatning kichkina strel- kasi 1 soatdan 2 songa 1 soatda tadigan qilib tuzilgan. Soatning katta strelkasi 1 soatning ichida barcha sonlarni bosib otadi. 1. Masalalarni yeching: 1. Soatlarga qarab vaqtni aniqlang. 2. Quyidagi vaqtlarda soat strelkalari qanday joylashadi: a) 4 dan 15 minut otganda? b) 9 dan 48 minut otganda? a) 15 dan 55 minut otganda? b) 22 dan 10 minut otganda?
Dars materiallari: Jumayev M.E. Matematika o’qitish metodikasi (OO’Y
uchun darslik)Toshkent. . “Turon-Iqbol” 2016 yil 426b.
Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish
mеtodikasi. (OO`Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiyai” 2005 yil.
Jumayеv M.E, Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasidan
praktikum. (O O`Y uchun ) Toshkеnt. “O`qituvchi” 2004 yil.
Jumayеv
M.E, Boshlang`ich sinflarda matеmatikadan laboratoriya
mashg’ulotlarini tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. “Yangi asr avlodi” 2006 yil.
20 b/t.
Tadjiyeva Z.G.,Abdullayeva B.S.,Jumayev M.E.,Sidelnikova R.I.,Sadikova
A.V.Metodika prepodavaniya matematiki.-T. “Turon-Iqbol” 2011. 336s.
5.1.Boshlang’ich sinflarda dars va matematika darslari tizimi.
Maktabda matematika o‘qitishni uyushtirishning tarixiy, murakkab, ko‘p
yillik tajribada tekshirilgan va hozirgi zamonning asosiy talablariga javob
beradigan shakli darsdir.
O‘quvchilarning matematik bilimlarni o‘zlashtirishi faqat o‘quv ishida
to‘g‘ri metod tanlashga bog‘liq bo‘lmasdan, balki o‘quv jarayonini tashkil qilish
formasiga ham bog‘liqdir. Dars deb dastur bo‘yicha belgilangan, aniq jadval
asosida, aniq vaqt mobaynida o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilarning o‘zgarmas
soni bilan tashkil etilgan o‘quv ishiga aytiladi.
Dars vaqtida o‘quvchilar matematikadan nazariy ma’lumotga, hisoblash
malakasiga, masala yechish, har xil o‘lchashlarni bajarishga o‘rganadilar, ya’ni
darsda hamma o‘quv ishlari bajariladi.
Matematika darsining o‘ziga xos tomonlari, eng avvalo, bu o‘quv
predmetining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu xususiyatdan biri shundan
iboratki, unda arifmetik material bilan bir vaqtda algebra va geometriya
elementlari ham o‘rganiladi.
Matematika boshlang‘ich kursining boshqa o‘ziga xos tomoni nazariy-
amaliy masalarning birgalikda qaralishidir. Shuning uchun har bir darsda yangi
bilimlar berilishi bilan unga doir amaliy ko’nikma va malakalar singdiriladi.
Odatda darsda bir necha didaktik maqsadlar amalga oshiriladi: yangi
materialni o‘tish; o‘tilgan mavzuni mustahkamlash; bilimlarni mustahkamlash;
bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish; mustahkam o‘quv va malakalar hosil
qilish va hokazo.
Matematika darslarining o‘ziga xos yana bir tomoni shundaki, bu - o‘quv
materialining abstraktligidir. Shuning uchun ko‘rgazmali vositalar, o‘qitishning
faol metodlarini sinchiklab tanlash, o‘quvchilarning faolligi, sinf o‘quvchilarining
o‘zlashtirish darajasi kabilarga ham bog‘liq.
Hozirgi zamon matematika darslari oldiga qo’yilgan talablardan yana biri
o’quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyatini o’stirishdan iboratdir.
O’quvchida analiz, sintez qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi
aqliy operatsiyalar shakllanadi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika darslar tizimi- O‘quvchilar bilan har
bir darsda bir necha tushunchalar bilan ish olib boriladi. Har birini shu darsning
turli bosqichlarida o‘zlashtirishi mumkin. Har bir tushunchani tushunish boshqa bir
tushunchani takrorlash, esga olish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi
tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi. O‘qitish jarayonida har bir o‘quv
materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi, bu o‘quv materiali o‘zidan keyin
o‘qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor bo‘ladi. Boshqa
tushunchaning o‘zlashtirilish jarayonini qarasak, u bir necha darslarning o‘zaro
bog‘liqli o‘qitilishi natijasida hosil bo‘ladi. Shunday qilib matematik
tushunchalarini hosil qilish birgina darsning o‘zida hosil qilinmasdan, balki o‘zaro
aloqada bo‘lgan bir qancha darslarni o‘tish jarayonida hosil qilinadi. Bunday
darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz.
Shuning uchun o‘qituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslarni
mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirishi kerak.
Darslar tizimining tuzilishidagi eng katta talab darsning o‘quv-tarbiyaviy
maqsadini e’tiborga olish, o‘qitish tamoyillarining metodik va umumpedagogik
tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu bo‘yicha yaxshi o‘ylangan darslar tizimining
o‘quv vaqtini mavzuchalarga to‘g‘ri taqsimlashga bog‘liq.
Unda o‘quvchilarning mustaqilligini hosil qilish, xususiy misollarni qarash,
xususiy xulosalar chiqarish, undan umumuy xulosalar chiqarishga olib kelish
diqqat markazida turishi lozim. Bu bilimlar darslar tizimida hosil qilinib,
mustahkamlangandan keyin misol va masalalar yechishni ta’minlashi kerak.
Undan keyin mashqlar yordamida malakalarni qayta ishlashi, shuningdek, hosil
5 Nomerlashga orgatishga tayyorgarlik.Son va sanoq tushunchasini shakillantirish bosqichlari.Ònli saboq sistemasi xususiyatlari va uning nomerlashga asos qilib olinishi
«Son-sanoq» bo‘limi «Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish» bo‘limining asosiy o‘zagidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning mazkur bo‘lim dasturiy masalalarini o‘zlashtirishlari maktabning boshlang‘ich sinflarida ularning matematikani ongli o‘zlashtirishlarining garovidir.
S on-sanoq. Maktabgacha yoshidagi bolalarni o‘qitish o‘ziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha yoshida yechilishi kerak bo‘lgan vazifalar hal qilinmasa, maktabda o‘qitish muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Bu vazifalardan biri aniq bilimlar va tafakkur usullaridan abstrakt bilim va usullarga o‘tishdan iborat. Bu xil o‘tish saviyasi, ayniqsa, matematika o‘qitish uchun zarurdir.
B unday saviyaning bo‘lmasligi yoki yetarli bo‘lmasligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi. Bir tomondan, maktabgacha yoshidagi bolalar ko‘pincha maktabga mavhum matematik usullarni egallagan holda keladilar, bularni bartaraf qilish juda qiyin bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda abstrakt bilimlarki egallar ekanlar, ko‘pincha ularni formal, asl mazmunini tushunib yetmagan holda o‘zlashtiradilar. Shuning uchun ham aniq shart - sharoitlarda matematik bilimlarni qo‘llanish imkoniyati juda cheklangan bo‘ladi.
Shu sababli maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni o‘qitishning muhim vazifasi matematik abstraktlashlar bilan aniq borliq orasidagi bog‘liqlikni ta’minlaydigan bilim va harakatlarning oraliq saviyasini shakllantirishdan iborat bo‘lishi kerak.
Tekshirishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika o‘qitishda o‘tish saviyasi mazmuni quyidagilardan iborat:
Birinchidan, shunday faoliyat va masalalarni o‘zlashtirish kerakki, ularda matematik operatsiyalarni qo‘llashning zarurligi bolalarga yaqqol ko‘rinib turadi. Bu bir tomondan, bolaning amaliy faoliyati bilan bevosita bog‘liq (tenglashtirish, taqqoslashga oid) masalalar, ikkinchi tomondan, ularga shunday shartlar kiritiladiki, bunda mazkur masalalarni matematik vositalardan foydalanmay turib (masalan, fazoda ajratib qo‘yilgan ikki to‘plamni amalda tenglashtirish) amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, muhitning shunday munosabatlarini ajratish kiradiki, bu munosabatlarni qo‘llanish bolaga konkret buyumlardan matematik obyektlarga o‘tish (masalan, buyumlarni ma’lum belgilari bo‘yicha guruhga kiritish va shu asosda to‘plam munosabatlarini, tenglik-tengsizlik munosabatlarini, qismbutun munosabatlarini hosil qilish) imkonini beradi.
Tekshirish natijalari shuni ko‘rsatadiki, matematik operatsiyalar maktabgacha yoshda o‘zlashtirilgan shunday masalalar va munosabatlar asosida kiritilsa va qayta ishlansa, matematikani egallash samaraliroq bo‘ladi. YO haddan tashqari aniqlik, yo matematik bilimlarning formalligi tufayli paydo bo‘ladigan qiyinchiliklar mazkur holda paydo bo‘lmaydi.
Maktabgacha yoshidagi bolalarni o‘qitishda matematik bilimlar tarkibini tekshirish tenglik-tengsizlik, qism-butun munosabatlari, bilvosita tenglashtirish sanoq va arifmetik amallarni to‘liq va ongli o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladigan sodda masalalar va munosabatlarning o‘zidan iborat ekanini ko‘rsatdi. Bu munosabat va masalalarni (ularning eng sodda shakllarini) bolalar 3 yoshdan boshlab tushuna boshlaydilar. Ular bunday mashg‘ulotlarga katta qiziqish bilan yondashadilar, xuddi shu yerning o‘zida o‘zlashtirganlari (tenglik, qism-butun va hokazo munosabatlari)ni o‘yinlarga ko‘chiradilar, turmushda amaliy ishlar qilishda foydalanadilar, bir-birlariga (katta va tayyorlov guruhi bolalari) shunga o‘xshash masalalarni taklif qiladilar.
“Bolajon” tayanch dasturi besh bo‘limdan iborat: «Miqdor va sanoq», «Kattalik», «Geometrik shakllar», «Fazoda mo‘ljal olish», «Vaqtga nisbatan mo‘ljal olish». Endi har xil guruhlarda «Son-sanoq» bo‘limi ustida ishlash uslubiyati haqida fikr yuritamiz.
Kichik guruhda son- sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish
Son-sanoq. Bolalarga alohida predmetlardan guruh hosil qilishni (barcha qizil, barcha sariq, barcha yumaloq va boshqa predmetlarni guruhlash), guruhdan bir predmetni ajratishni, “ko‘p”, “bitta”ni farqlashni, xonada qaysi predmetlar ko‘p, qaysi bittaligini, “bittadan”, “bitta ham” iboralarini tushunishni o‘rgatish.
To‘plam tarkibiga kiruvchi predmetlarning miqdoriga ko‘ra guruhlarning tengligi va teng emasligini farqlash, bir predmetni ikkinchisining ustiga yoki ostiga qo‘yib taqqoslashni o‘rgatish.
“Ko‘p”, “kam”, “teng”, “shuncha” kabi so‘zlarni tushunish va nutqda o‘z o‘rnida qo‘llashni, “qancha?” so‘rog‘ining ma’nosini tushunishni o‘rgatish.
Tevarak - atrofdan bitta va ko‘p predmetlarni topishga o‘rgatish.
2 gacha sanashga 2 ta narsalarning sonini aytishga o‘rgatish. Masalan, “Bir, ikki-ikkita yong‘oq”, “Bir, ikki-ikkita olma. Ikki do‘stga ikkita olma kerak”.
Maktabgacha yoshdagi kichik guruh bolalarini sanoqqa o‘rgatishdagi bosh vazifalardan biri bir to‘plam elementlarini ikkinchi to‘plam elementlari bilan taqqoslash, solishtirish yo‘li orqali bolalarni to‘plamlarni taqqoslashga o‘rgatishdan iborat. Bu dastlabki bosqich kelgusida sanoq faoliyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Bola miqdoriy taqqoslash usullarini egallaydi. Bola sanashni bilmaydi, shu sababli u oldin taqqoslanayotgan to‘plamlarning qaysinisi ko‘p, qaysinisi kam ekanini, yoki ular teng quvvatli ekanini aniqlashni o‘rganadi. Bolalarda kelgusida matematik tasavvurlarni rivojlantirish ko‘p jihatdan sanoqqa o‘rgatishning boshlang‘ich davriga bog‘liq.
К ichik guruhda tarbiyachi bolalarda to‘plam alohida bir jinsli elementlar (buyumlar) majmui haqidagi tasavvurni rivojlantirishi kerak.
O‘qitishni buyumlarning sifat, xossalarini ajratishga oid mashqlardan boshlash kerak. Masalan, bir qancha
o‘yinchoqlar ichidan xuddi tarbiyachi qo‘lidagidek o‘yinchoqni topish taklif qilinadi, «Xuddi shunday kubchani (bayroqchani, sharni) ber». Shundan keyin har xil rangli (o‘lchamli, shakldagi) 2—3 ta buyum orasidan xuddi shu rangdagi (o‘lchamli, shakldagi) buyumni tanlash topshirig‘i beriladi.
N avbatdagi bosqich berilgan belgi-alomatlari bo‘yicha buyumlarni tanlash va guruhlarga ajratishga oid mashqlardan iborat bo‘lishi kerak. Masalan: «Qizil rangli hamma kubchalarni mana bu qutiga sol, bu qutiga esa hamma kichik matryoshkalarni yig‘, mana bunisiga esa hamma katta matryoshkalarni yig‘». Bunday mashqlar natijasida bolalar har xil buyumlarning umumiy belgilari bo‘yicha bir guruhga birlashtirish mumkin ekanini tushuna boshlaydilar: «Bular qo‘g‘irchoqlar», «Bular koptoklar», «Bular bayroqchalar» kabi.
Tarbiyachi bolalarni guruhdagi buyumlarning biror qismi uchungina umumiy bo‘lgan belgilarni ko‘ra olishga o‘rgatadi. Masalan, bayroqchalar ko‘pligini, ammo ularning ba’zilari sariq, ba’zilari esa ko‘k ekanini ko‘rsatadi. (Sariq bayroqchalar ko‘p, ko‘k bayroqchalar ham ko‘p».)
Miqdor haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda bir jinsli (bir xil) buyumlardan guruhlar tuzish va guruhni alohida buyumlarga ajratishga doir har xil o‘yin-mashqlar ma’lum o‘rinni olishi kerak. Odatda bu o‘yin-mashqlar mashg‘ulotda ma’lum izchilda o‘tkaziladi.
Miqdor haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda bir jinsli (bir xil) buyumlardan guruhlar tuzish va guruhni alohida buyumlarga ajratishga doir har xil o‘yin-mashqlar ma’lum o‘rinni olishi kerak. Odatda bu o‘yin-mashqlar mashg‘ulotda ma’lum izchilda o‘tkaziladi.
Birinchi mashg‘ulotda bir xil o‘lcham va rangli mutlaq aynan o‘yinchoqlarning — sabzilar, archalar, jo‘jalarning majmuilari tuziladi, bunda guruhda bolalar qancha bo‘lsa, o‘yinchoqlar ham shuncha bo‘lishi kerak. Tarbiyachi dastlab bolalarga bittadan o‘yinchoq ulashadi, o‘z harakatlarini ushbu so‘zlar bilan tushuntiradi: «Menda archalar juda ko‘p. Men bolalarning hammasiga bittadan archa berib chiqaman. Menda bitta ham archa qolmaydi...» Shundan keyin bolalarga murojaat qiladi: «Har biringizda nechtadan archa bor?» Shundan keyin tarbiyachi hamma o‘yinchoqni yig‘ib oladi, bunda u bitta ham yo‘q (bolada) juda ko‘p (tarbiyachida) so‘zlariga urug‘ beradi.
Mashqni boshqa o‘yinchoqlar bilan yana bir marta takrorlash mumkin. Har gal tarbiyachi ko‘p, bitta, bittadan, bitta ham yo‘q, hech narsa yo‘q so‘zlarini ishlatadi; «Qancha?», «Qanchadan?» — savollarini qo‘yadi. Kichkintoylar buyumlarni va ular qanchadanligini (ko‘p, bitta) aytadilar. Mashg‘ulotning borishida bolalar to‘plam alohida buyumlarga ajralishiga va alohida buyumlardan tuzilishi mumkinligiga ishonch hosil qiladilar.
O‘rta guruhda son- sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish
Son va sanoq. Bolalarga to‘g‘ri usullardan foydalanib 3, 4, 5 sonlarining hosil bo‘lishi bilan tanishtirish va bu sonlar doirasida sanashni o‘rgatish: bir qator qo‘yilgan predmetlarni sanab, sonni tartib bilan aytish, sonni ot bilan moslashtirib, oxirgi sonni sanalgan predmetlarga taalluqli qilib aytish, masalan, “Bir, ikki, uch, - hammasi bo‘lib uchta qalam”, “Bir, ikki, uch, to‘rt - hammasi bo‘lib to‘rtta qalam” tarzida.
3, 4, 5 sonlari doirasidagi sonli kartochkalar bilan tanishtirish.
B olalarga 3, 4, 5 gacha bo‘lgan sanoq va tartib sonlarni o‘rgatish,
“Qancha?”, “Qaysi?”, “Nechanchisi?”, “Sanoq bo‘yicha nechanchi?”, “Nechanchi o‘rinda?”, “Hammasi bo‘lib nechta?” savollariga javob berib, sanoq va tartib sonlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish.
Dostları ilə paylaş: |