1 Boshlangich sinflarda matematika oqitishda kompotentsiyaviy yondashuv


Darsni tashlik qilish korgazmalilik hamda didaktik materiallardan foydalanish



Yüklə 133,52 Kb.
səhifə7/13
tarix16.12.2023
ölçüsü133,52 Kb.
#181374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
1 Boshlangich sinflarda matematika oqitishda kompotentsiyaviy yo-fayllar.org

7 Darsni tashlik qilish korgazmalilik hamda didaktik materiallardan foydalanish
Boshlang`ich sinflarda dars jarayonlarini tashkil qilishda biz darsning tashkiliy qisimlariga hamda darsni tashkil etishda asosiy vazifani o`quvchining darsga qiziqishini oshiradigan ko`rgazmali vositalarga hamda didaktik o`yinlarga alohida ahamiyat qaratishimiz kerak. Dars jarayonida o`quvchilar bilan ishlash hamda ularga darsni mazmunli hamda qiziqarli qilib tushuntirib berishimiz uchun bizga albatta, ko`rgazmali qurollar juda ham katta yordamga keladi. Bunday ko`rgazmali qurollarga misol qilib har hil turdagi suratlardan foydalangan holda dars jarayonlarini tashkil qilish hamda shu ko`rgazmalardan foydalanib o`tiladigan mavzuga oid o`quvchilarning bilim doirasini bilib olishimiz hamda ularni o`tilgan mavzuni qay darajada o`zlashtirib olganliklarini bilishimiz hamda bilimlarini baholashimiz mumkin. Yana biz har hil turdagi ko`rgazmali qurollar yani suratlar yordamida bolalarga masalalar tuzdirishimiz hamda ularning nutqini, matematik savodxonligini oshirishimiz va fikirlash doirasini kengaytirishimiz mumkin.

Didaktik topshiriqlar. Biz dars jarayonida o`quvchilarga har hil didaktik topshiriqlarni bajartirishimiz mumkin va shu orqali o`quvchilarning matematik savodxonliklarini oshirishga erishamiz.


Darsni o`tkazishga tayyorgarlik ko`rishda eng oldin darsning asosiy maqsadlarini aniq oydinlashtirib olish zarur. Darsda nazariya bilan amaliyotning bog`liqligi, algebraik va geometrik elementlarning arifmetika bilan bog`liqligi, didaktik maqsadlar amalga oshiriladi; yangi material bilan tanishtiriladi va mustahkamlanadi, malaka, ko`nikmalar hosil qilishga doir ishlar o`tkaziladi. Har bir darsda turli xil didaktik maqsadlar ko’zlanadi ular orasida bittasi bosh maqsad bo’lib hisoblanadi, uni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi.
Har bir alohida darsning maqsadi darslar tizimining maqsadini aniqlab, uning yordamida o’qitilayotgan mavzuning mazmunini o’quvchilarga ochib beradi. Bu holda yangi tushunchalar bilan o’quvchilarni tanishtirish bo’lsa, ikkinchi holda tanishtirilgan tushunchani kengaytirsh va chuqurlashtirish, uchinchisida esa, bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish va h.k. bajariladi. Har bir darsda yuqorida aytilganlarning bir nechtasi yoritilishi mumkin. O’tilganlarni takrorlash, o’tilgan bilimlarni yangi tizimga solish, shu bilan bilimlarni tekshirishni o’z ichiga oladi. Yangi materialni bayon qilish har kuni mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi.
Maktablarning tajribasi darsning ma’lum tuzilishini biladiki, ko’pchilik o’qituvchilar bu tuzilishga rioya qilib, ma’lum natijalarga erishmoqda. Odatda, darsning boshida uy vazifasi tekshiriladi yoki o’tgan mavzu takrorlanadi, so’ngra o’tgan mavzu yuzasidan savol – javob o’tkaziladi. Shundan keyin yangi material bayon etiladi va uni mustahkamlash uchun o’quvchilarga misol va masalalar yechdiriladi yoki nazorat savollari beriladi. Dars oxirida uyga vazifa va unga ko’rgazmalar beriladi. Ba’zan bu maqsadlardan bittasiga bag’ishlanishi mumkin. Ana shu bitta maqsadni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi va boshqalar unga bo’ysunadi.
Tarbiyaviy vazifalarni yechish uchun darslikdan ko’rsatmali materiallar ko`rsatilgan. Bular o`quvchilarning konkret va abstrakt fikrlashining rivojlanishiga yordam beradi. Predmet ko`rgazmasidan shartli ko`rgazmaga ( sxema, chizma ) o`tish har xil formadagi matematik munosabatlarni modellashtirish bilan o`quvchilarni tanishtirish ta’minlanadi. Darslikdagi il’yustrativ ko`rgazmalar matematik o`qitish bilan turmushni mustahkam bog`lashda katta rol o`ynaydi, ular matematik bog`lanishlar bilan tanishadilar va ularga amaliy qo`llanish imkoniyatlarini ko`rishda yordam beradi, matematikani umumlashtirish uchun material beradi, bolaning shaxsiy tajribasini boyitadi.
Darslikdagi ko’rsatmalar o`quvchilarning bilim boyliklarni kengaytirishga, atrofdagi turmushning har xil tomonlari bilan tanishtirishga imkon beradi. Bu il’yustrativlarning mazmuni har xil.
Ular o`quvchilarni uy turmushi va maktabdagi o`yinlari, tabiat hayoti, o`rab turgan tabiatga odamning munosabatini tushuntirishda yordam beradi. Aks ettirgan il’yustratsiyalar har kasbdagi odamlar bilan bolalarni tanishtiradilar. Rasmlar yangi texnikani foydalanishdagi mehnat faoliyati va bolalarning kattalarga qaraganda madaniy dam olishning ko`proq vaqt egallashini ko`rsatuvchi il’yustratsiyalardir.
Barcha darslikdagi il’yustratsiyalar tavsiya qilingan matematik masalalarning turli xilligi va boyligini aks ettiradi. Rasmlardan foydalanishda shu narsa diqqat markazda turishi kerakki, matematikaga qiziqish uyg`onsin, boshlang`ich matematika bosqichini o`zlashtirishga yordam bersin.
Darsga oid didaktik topshiriqlar:

1. 10 ichida nomerlashga oid ko’rgazmalar va didaktik topshiriqlar tayyorlash.


2. 100 ichida nomerlashga oid ko’rgazmalar va didaktik topshiriqlar tayyorlash
3. 1000 ichida nomerlashga oid ko’rgazmalar va didaktik topshiriqlar tayyorlash
4. Ko’p xonali sonlar konsentrida ko’rgazmalar va didaktik topshiriqlar tayyorlash
1. Kim topqir. Bu o`yinimizda figuralar nomlari aytiladi hamda nega shunday nomlanganligi tushuntirib beriladi.
Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bogliq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha ishlab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va oquvchilar imkoniyatiga moslashtirilmagan dars sifatli bola olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori natijaga erishishni taminlovchi oquv tarbiyaviy jarayonni tashkil etishni taminlash kompleks chora tadbirlarni ishlab chiqishdir. Oqituvchining darsga tayorgarligida quyidagi uchta bosqich kozga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyixalashtirish. Shu bilan birga oqituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi,, oz fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bolajak mashgulotning algoritimlari, samaradorligi bogliq bolgan omillar va holatlarni hisobga olishni taminlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish talab etiladi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda oquvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, oquv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni ozlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, konikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon boladi. Bashoratlash bolajak darsni tashkil etilishining turli variantlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma`qulini tanlab olish. Loyihalashtirish (reialashtirish) oquvchilarning oquv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bolib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog ozi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon sorash, qayerda mavzuni kiritish, mashg`ulot keyingi bosqichiga qanday otish, oldindan kozda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema boyicha qayta ozgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi darsning ananaviy rejasidan boshqarish ta`sir korsatishlarini aniq va tushunarli belgilab olish bilan farq qiladi.
Sinfdan tashqari ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat. - o`quvchilarning bilimlari va amaliy ko`nikmalarini chuqurlashtirish va kеngaytirish; - o`quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matеmatik ziyrakliklarini rivojlantirish; - matеmatika qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish; - talabchanlik, irodani, mеhnatga munosabatni, mustaqillikni, uyushqoqlikni tarbiyalash; 1. Matеmatik o`n minutliklar, soatlar. 2. Matеmatika to`garaklari. 3. Matеmatik konkurs va olimpiadalar. 4. Qiziqarli matеmatika kеchalari va viktorinalar. 5. Matеmatik matbuot. 6. Matеmatik ekskursiya.
11 Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va otkazish metodikasi quyidagilarga asoslanishi kerak: 1. Darsda oquvchilar olgan bilim, malaka va кonikmalami hisobga olgan holda otkaziladi. 2. Sinfdan tashqari ishlar oquvchilarning xohishi, havaskorligi, ijodkorligi tamoyillariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi. 3. Sinfdan tashqari ishlarni otkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli tomoni kuchli boladi. Buning uchun zaruriy shart shuki,otkaziladigan ishning rejalashtirilishi va tizimliligining mu- rakkabligidadir. Shuni ta'kidlash lozimki, individual va guruhli mashgulotlar tizimli ravishda otkazilmasligi, aksincha, asosiy ish sinfda bajarilishi kerak.



Yüklə 133,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin