1 Boshlangich sinflarda matematika oqitishda kompotentsiyaviy yondashuv


ichida sonlarni nomerlashni o'rganish natijasida o'quvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va ko'nikmalarni egallab olishlari kerak



Yüklə 133,52 Kb.
səhifə9/13
tarix16.12.2023
ölçüsü133,52 Kb.
#181374
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1 Boshlangich sinflarda matematika oqitishda kompotentsiyaviy yo-fayllar.org

1000 ichida sonlarni nomerlashni o'rganish natijasida o'quvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va ko'nikmalarni egallab olishlari kerak.


1000 ichida sonlarning nomlarini bilish. Har bir sonning sonlar qatoridagi o'rnini bilish.

Raqamlarning o'rin qiymatini bilgan holda sonlarni o'qiy va va yoza olish.


Sonlarning xona tarkiblarini bilganlikdan foydalanib, ikkita sonni ularning sonlar qatoridagi olgan o'rinlari bo'yicha taqqoslay olish
Sonni uning xona qo'shiluvchilarining yig'indisi bilan almashtira olish.
Sonlarning natural ketma-ketligi va o'nli tarkibini bilganlik asosida sonlarni qo'shish va ayira olish.
"Uch xonali son", "uchinchi xona birliklari" terminlarini bilish.
Matematikaga bo’lgan qiziqish insonlarda tobora ortib, ularning ehtiyojiga ham aylanib bormoqda. Chunki bu fan barcha jabhalarni qamrab olgan bo’lib, matematikadan foydalanmasligimizning iloji yo’q. Bugungi kun talabidan kelib chiqib maktab darsliklari xalqaro standartlarga moslashtirilmoqda. Mavzularga o’zgartirishlar kiritilmoqda. Chunki maktab o’quvchilari zamon bilan hamnafas bo’lmoqdalar, fan yangiliklarini osongina o’zlashtirmoqdalar. Endilikda fan olimpiadalarida ham o’z bilimlari bilan qatnashib Vatanimiz nufuzini oshirmoqdalar. Vaholangki, puxta bilimlar poydevori boshlang’ich sinfda olgan ta’lim hisoblanadi. Shunga ko’ra, o'quvchilarda og'zaki va yozma ko'nikmalarni tarkib toptirish matematika dasturining asosiy yo'nalishlardan biridir. Arifmetik amallarni o'rganishdan oldin bolalar ongiga uning ma'nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu vazifa turli xil amaliy ishlarni bajarish asosida o'tkaziladi. U: "o'nlik" mavzusini qo'shish va ayirish amallarning ma'nosi ikki "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 936 to'plam elementlarini birlashtirish va to'plamdan uning qismlarini ajratish kabi amallar yordamida olib boriladi. Ko'paytirishni uning komponentlari bilan natijasi orasidagi bog'lanishlarni o'rganish asos bo'lib hizmat qiladi. Demak, o'qitishning 1-bosqichida abstrakt bo'lgan narsa navbatdagi bosqichda yanada abstraktroq bilimlarni shakllantirish uchun aniq asos bo'lib xizmat qiladi. Turli hisoblash usullarining o'zlashtirilishi uchun dasturda arifmetik amallarning ba'zi muhim xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirishninazarda tutadi. Dasturda arifmetik amallarning xossalarini o'rganishdan tashqari arifmetik amal hadlari va natijalari orasidagi bog'lanishlarni ham ko'zda tutadi. Bu ish amallarni, tenglamalarni tekshirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan: 6x4=24 bo'lsa, uni bo'lishga bog'lab 24:6=4; 24:4=6 kabi zanjir hosil qilinadi. Muhim vazifalaridan biri hisoblash ko'nikmalarni shakllantirishdir. Og'zaki va yozma usulda hisoblashlar sinflarning har bir mavzusida o'z aksini topgan. Masalan: yozma: 276 + 432 = (200+400) + (70+30) + (6+2) = 600+100+8 =708 Og'zaki hisoblashlarning asosiy ko'nikmalari Iva2- sinflarda shakllanadi. Og'zaki hisoblash usullari ham, yozma hisoblash usullari ham amallar xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar kompanentlari bilan natijalari orasidagi bog'lanishlarni o’rganadi. Yangi boshlang‘ich matematika kursida, avvaldagiga o‘xshash, arifmetika asosiy o‘rinni egallaydi. 1-4- sinflarning yangi dasturida arifmetik material mazmuni unchalik ko‘p o‘zgarmagan: arifmetika nazariyasi (amallarning xossalari, natijalar va komponentlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish, komponentlardan biri o‘zgarganda; amallar natijalarining o‘zgarishi) kamroq yoritilgan, nazariyaning amaliy masalalar (sanoq, o‘lchashlar, hisoblashlar, masalalar echish) bilan bog‘lanishi yanada mustahkamlangan: eng muhim tushunchalar (son, sanoq sistemasi, arifmetik amallar)ni shakllantirishning birmuncha mukammal sistemasi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, arifme-tikani boshlang‘ich o‘rganish uslubi ham mukammallashtirilgan. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni o‘qitishning barcha bosqichlaridan ularning fikrlash faoliyatlarini aktivlashtirishga, tayin faktlar va kuzatishlarni o‘z vaqtida umumlashtirishga, ayrim masalalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishni tayinlashga, bolalarda mustaqil ishlash o‘quvlarini paydo qilishga qaratilgan yangi ilmiy asoslangan usul va uslublari maktab dasturiga kiritilgan. O‘quv materialini o‘quv yillari bo‘yicha taqsimlanishida o‘rganilayotgan sonlar sohasining asta-sekin kengayib borishi ko‘zda tutiladi: I sinf «1 dan 20 gacha sonlar», II sinf «1 dan 100 gacha sonlar», III sinf «1 dan 1000 gacha sonlar», IV sinf «1 dan 1 000000 gacha sonlar». Nomerlash va arifmetik amallarga doir material kontsentrlarga bo‘lib o‘rganiladi. Hammasi bo‘lib beshta kontsentr ko‘zda tutiladi: o‘nlik, ikkynchi o‘nlik, yuzlik, minglik, ko‘p xonali sonlar (boshlang‘ich maktabda -million ichida). Har gal yangi sonli material asosida nomerlash va amallar bajarishga qayta-qayta murojaat etish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari, mustahkam o‘quv va malakalarning asta-sekin shakllanishi (sanoqda, o‘lchashlarda, og‘zaki va yozma nomerlashda, hisoblashlarda va h.k.) taxminlanadi, chunki bu amallarni bajarishning usullari, umumiylikni saqlagan holda, asta-sekin murakkablashib boradi. Shunday qilib, har bir oldingi kontsentrda nomerlash va arifmetik amallarni o‘rganish mos masalalarni kelgusida o‘rganish uchun tayyorgarlik ishi bo‘lib hisoblanadi, har bir keying konsentrda esa ilgari o‘rganilgan material umumlashtiriladi. Barcha kontsentrlar materialining mazmuni, ketma-ketliga va o‘rganish uslubida ko‘p umumiylik mavjud bo‘lib, bu o‘qitishning ma‘lum uslubida ishlashning umu-miy usullgarining shakllanishiga imkon beradi, o‘quvchilarning ziyrakligini va mustaqil fikrlashlarini rivojlantiradi. Boshlang‘ich arifmetika kursining kontsentrik tuzilishi kichik yoshdagi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlariga mosdir: sanoq, o‘lchash, arifmetik amallar bilan dastlabki tanishtirishni narsalar to‘plamlari yordamida. ko‘rsatish mumkinbo‘lgan katta bo‘lmagan raqamlar misolida bajarish zarur. Foydalanilgan a Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlang‟ich matematika kursi asosini tashkil qiladi. Butun nomanfiy sonlar ustida ishlash boshlang‟ich maktabda 4 yil o‟qish davomida olib boriladi. Matematika dasturi natural sonlar va nolь haqidagi ma‟lumotlarni o‟nlik, yuzlik, minglik, ko‟p xonali sonlar konsentrlari bo‟yicha kiritishni nazarda tutadi. Har bir konsentr o‟z mazmuniga ko‟ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarini aks ettiradi, shuning uchun o‟quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlarni nomerlashni va bu sonlar ustida amallarni o‟rganadilar, umuman arifmetikaning mohiyati to‟g‟risida tasavvur hosil qiladilar. O‟nliklarni ajratish o‟nlik sanoq sistemasining xususiyatlari
bilan sonlarni og‟zaki va yozma nomerlash bilan bog‟liq bo‟lgan asosiy masalalarni o‟rganishga imkon beradi. Birinchi o‟nlikni o‟rganishda predmetlarni sanash, 1–10 gacha bo‟lgan sonlarning nomlarini, ketma-ketligi va belgilanishini, sonlarni taqqoslashning turli usullarini (oldin predmetlarning mos to‟plamlari ustida operasiyalar bajarish asosida, so‟ngra esa taqqoslanayotgan sonlarning qatorda egallagan o‟rni bo‟yicha sonlarning tarkiblarini) o‟zlashtirib olish nazarda tutiladi.O‟qitishning boshidanoq bolalardaba‟zi muhim umumlatirishlar shakllanadi.Masalan, natural qatordagi har bir navbatdagi son qanday hosil bo‟lishi aniqlanadi,qatorning ihtiyoriy soni bilan undan oldin keladigan va keyin keladigan hamma sonlar orasidagi munosabatlar o‟rnatiladi va shu bilan birga bo‟sh to‟plamning
harakteristikasi sifatida 0 soni ham tanishtiriladi. Birinchi sinf darsligida oldin 11–20ichida, so‟ngra 21–100 sonlarni nomerlash qaraladi. Sonlarni nomerlashni o‟rganishda ikkinchi o‟nlikni ajratish sonlarning o‟nli tarkibini varaqamlarning o‟rinqiymati prinsipini yaxshi o‟zlashtirish imkonini beradi. Ikkinchi o‟nlik sonlarini nomerlashni o‟rganish tushunchasini shakllantirishdan boshlanadi. SHundan keyin11–20 ichida sonlarni og‟zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o‟nli tarkibi, 21–100 ichida sonlarni og‟zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o‟nli tarkibi o‟rganiladi. Sonlarni 1000 ichida nomerlash bilan o‟quvchilarni tanishtirish yangi sanoq birligi yuzlik bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bunda bolalarga yangi sanoq birliklari o‟nta birlik o‟nlikni, o‟nta o‟nlik yuzlikni, o‟nta yuzlik minglikni, yangi sinf tushunchasini kiritish o‟rgatiladi. III sinfda uch xonali
sonlarni yozish va o‟qishga doir bu sonlar sonlarning yuzliklardan, o‟nliklardan va
birlikdan hosil bo‟lishiga doir uch xonali sonni o‟nga qo‟shiluvchilarning yig‟indisi shaklida tasvirlashga doir mashqlar beriladi. IV sinfda sinf tushunchasini kiritilib, ikki va yuz sinflar sonlarini og‟zaki va yozma nomerlash prinsiplarini o‟zlashtirishga oid mashqlar beriladi.
O‟nlik” mavzusida sonlarni nomerlashni o‟rgatish uslubiyoti.
Bolalarni 10 ichida sanash ko‟nikmalarini o‟zlashtirishlari, tartib va sanoq, sonlarning birliklardan iborat tarkibi, sonning ikkita kichik sondan iborat tarkibi, qo‟shni sonlar orasidagi
munosabatlarni tushunish, to‟g‟ri va teskari sanoq tushunchalari bolalar bog‟chalari va maktablar sinflar dasturida ko‟rsatilgan. SHu sababli o‟qituvchining birinchi navbatdagi vazifasi birinchi sinfga kelgan bolalarning matematik tayyorgarlik darajalarini aniqlashdan iborat. Bunday tekshirishni mashg‟ulotlar boshlangunga qadar bolalarni maktabga qabul qilish vaqtida yoki o‟qishning birinchi haftasi davomida amalga oshirish mumkin. Bolalar bilim, malaka va ko‟nikmalarini aniqlash va tekshirishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
1. Sen sanay olasanmi? Sana-chi.
Ma‟lumki, bolalar bog‟chalari dasturiga binoan bolalar 10 gacha sanay olishlari kerak. Birinchi sinfga kelgan ko‟pchilik bolalar 10 dan yuqori ham sanay oladilar. Bular hali bolalar ongli ravishda sanaydilar deyishga asos bo‟la olmaydi. Sanoqning onglilik darajasini tekshirish uchun quyidagi savollar beriladi.
2. Bu olmalarni, noklarni, sabzilarni, doirachalarni sana. Bunda ......... qancha? (6–8 ta)
O‟quvchining to‟g‟ri javobi taxminan bunday bo‟ladi: bir, ikki, uch, to‟rt, besh, olti. Hammasi oltita olma... Bu holda o‟quvchi oxirgi aytilgan sonni umumiy miqdor bilan to‟g‟ri mos keltirdi va o‟quvchi tushunib sanaydi. Agar bola oxirgi aytilgan sonni umumiy miqdor bilan to‟g‟ri mos keltira olmasa, u holda bola sanay olmaydi.
3. Stolda nechta qalam yotgan bo‟lsa, chap qo‟lingga shuncha qalam ol.
4. Bilgin-chi, qaysi doirachalar ko‟p, qizillarmi yoki ko‟klarmi? Bu ikkala savol predmetlarning ikkita to‟plamini ularni tashkil etuvchi elementlari soni bo‟yicha taqqoslashga doir amaliy malakalarini tekshirishga yo‟naltirilgan. Ikki to‟plamni taqqoslashni bolalar har bir to‟plam elementlarini sanash yo‟li bilan yoki bir to‟plamning har bir elementini ikkinchi to‟plamning
elementiga mos keltirish yo‟li bilan amalga oshirish mumkin.
5.“SHolg‟om” ertagiga ishlangan rasmga qara va kuchukcha oldida, mushukdan
keyin, nevara bilan, mushuk orasida nimalar turganini ayt. Bunday mashqlarning asosiy vazifasi “bolalarning ...dan keyin”, “oldida turish”, “orasida” kabi tartib munosabatlari haqidagi tasavvurlarini aniqlashdan iborat. SHu bilan birga bolalarda “chapda o‟ngda”,.

Yüklə 133,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin