1. Bozor iqtisodiyoti tushunchasi va uning mohiyati



Yüklə 269,8 Kb.
səhifə5/7
tarix03.05.2023
ölçüsü269,8 Kb.
#106629
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi vanihoyat

Taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya o‘z navbatida birlamchi va ikkilamchi taqsimlash funksiyalaridan iborat. Bevosita ishlab chiqarishda yuzaga keladigan taqsimlash birlamchi deb yuritiladi. Bunday taqsimlash natijasida ish haqi fondi, sotsial sug‘urta uchun ajratmalar, amortizatsiya jamg'armalari, foyda va rag‘batlantirish pullari shakllanadi. Birlamchi taqsimlash davlat bilan korxonalar (firmalar), tashki- lotfar o‘rtasida ro‘y beradi. Bunday taqsimlash jarayonida turli xil soliqlar va ajratmalar vositasida davlat korxona va tashkilotlar pul mablag‘larining bir qismini o‘z budjetida mujassamlashtiradi va yuqorida ko‘rsatib o'tilgan umumdavlat ehtiyojlari uchun sarflaydi. Masalan, korxonada bir yilda 100 mln. so'mlik mahsulot ishlab chiqariladi. Birlamchi taqsimlash natijasida uning 60 mln. so‘mi amortizatsiya fondiga, 20 mln. so‘mi ish haqi fondiga, 15 mln. so‘mi foydaga va 5 mln. so‘mi ijtimoiy sug‘urtaga ajratiladi, deylik. 20 mln. so'mlik ish haqi fondining 5 mln. so‘mi daromad solig'i sifatida, olingan 15 mln. so‘mlik foydaning taxminan 8 mln. so'mi to‘lovlar shaklida davlat budjetiga tushadi. Davlat o‘z ixtiyoriga o'tgan 13 mln. so‘mni umummilliy vazifalardan kelib chiqib, turli maqsadlarga taqsimlaydi, ya'ni moliyaviy resurslarni ikkilamchi taqsimlash sodir bo'ladi.
Rag'batlantirish funksiyasi. Moliya vositalari orqali davlat xo‘jalik subyektlarini iqtisodiy faollikka undaydi. Soliqqa tortishda imtiyozlar bcrish yoki ularning miqdorini (foizini) kamaytirish korxona (firma)lar ixtiyorida qoladigan pul mablagiarini ko'paytirishga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni rivojlantirish va jamoa a'zolarining moddiy manfaatdorligini oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Iqtisodiy va ijtimoiy nuqtayi nazardan maqsadga muvofiq hollarda davlat tomonidan korxona va tashkilotlarga moliyaviy ko’mak (subsidiyalar) ham ajratiladi va bu bilan ularning faoliyati rag‘bat- lantiriladi.
Ijtimoiy himoya funksiyasi. Davlat jamiyat a'zolari ma'lum qatlamlarining minimal tirikchilik yuritishini moliyaviy jihatdan ta’minlab turadi. Jamiyatda shunday nochor ijtimoiy qatlamlar borki, ular obyektiv sabablarga ko'ra, o‘z-o‘zinito‘lata’minlayolmaydi. Masalan, nogironlar, ko‘p bolali oilalar, ishsiz qolganlar. Ularning tirikchiligi maxsus tashkil etilgan pul shtablari hisobidan, masalan, ishsizlik nafaqalari, bolalar uchun nafaqalar, nogironlik pensiyalari orqali ta’minlanadi. Bu mablag'larni nafaqat davlat, balki korxona, tashkilotlar, jamoat birlashmalari o‘z mablag'lari hisobidan ham uyushtiradi. Moliyaning ijtimoiy himoya funksiyasi, ayniqsa, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida yorqin namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy axborot berish funksiyasi xo‘jalik subyektlari va jamiyat iqtisodiy faoliyatining moliyaviy yakunlari xususida ma'lumot va xabarlar berib turishdan iborat bo'lib, iqtisodiyotni boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy holat moliyada o‘z ifodasini topadi. Moliyaviy ko'rsatkichlar orqali ishlab chiqarishning qanday borayotganini kuzatish mumkin. Moliyaviy fondlar harakatiga qarab, ishlab chiqarish, taqsimot va iste'mol bir-biriga naqadar monandligini, ular orasidagi mutanosiblikni bilish mumkin. Korxona va tashkilotlaming moliyaviy holatiga qarab, ularning xo'jalik faoliyatini yaxshi yoki yomon ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Moliyaviy axborotlarga qarab tadbirkorlar o‘z ishining borishi, o‘z sheriklarining ahvoli, raqobat- chilar imkonidan ogoh bo‘ladilar. Moliya o‘z funksiyalarini aniq moliyaviy vositalar orqali bajaradi. Xarajatlar, amortizatsiya, foyda, aksiya kursi, dividend, soliqlar, to'lovlar, boj haqi, sug'urta haqi, subsidiya, dotatsiya, kompensatsiya kabilar shular jumlasiga kiradi. Ular ayni vaqtda moliya resurslarini tashkil qiladi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo'jalik moliya faoliyatiga ta'sir etish omillari bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, dividend miqdorining oshib borishi o‘z aksiyasini chiqargan korxona moliyaviy ahvolining yaxshiligidan darak beradi, natijada aksiya kursi oshadi, korxonaga tashqaridan pul oqib kela boshlaydi.
Moliya resurslari pul manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Amortizatsiya fondi va foydadan ajratilgan pul mablag'lari investitsiya uchun xizmat qiladi, ularni ko'paytirish ishlab chiqarish quwatlarini kengaytirish demakdir. Moliyaviy rcsurslar orasida foyda muhim o'rin tutadi, chunki u sof daromad sifatida iqtisodiy o‘sish manbayi bo‘Iib xizmat qiladi. Uning hisobidan nafaqat investitsiya fondi, balki har xil rezerv va sug'urta fondlari, shuningdek, ijtimoiy fondlar tashkil etiladi. Moliya resurslari iqtisodiyotni kutilmagan hodisalardan, masalan, tabiiy ofatlar, falokatlardan yoki jahon bozori narxining pasayib ketishidan himoya qiladi. Moliyaviy resurslar pul shaklida bo'lib, bu pullar iqtisodiyotga amaliy ta'sir etishi uchun, albatta, moddiy jihatdan ta'minlanishi kerak, ya'ni to'plangan pul ortida kerakli moddiy mahsulotlar bo‘lishi shart. Aks holda ular pulligicha (qog'ozligicha) qolib, ishlab chiqarishga naf keltirmaydi. Moliyaviy resurslar ikki turda bo‘ladi: birinchisi — mikroresurslar yoki markazlashmagan resurslardir. Ular korxona, firma, kompaniya, konsern, tashkilot, jamoat uyushmalari va boshqa xo‘jalik subyektlarining o‘ziga tegishli yoki ular qarzga olgan pul mablag‘laridan iborat. Ikkinchisi — makroresurslarbo'lib, ular umumdavlat miqyosida tashkil topadi. Ular budjet hisobidan yoki budjetdan tashqari fondlar hisobidan paydo bo'ladi va davlat ixtiyorida turadi. Mikroresurslar korxona, tashkilot faoliyatiga xizmat qilsa, makroresurslar umumiqtisodiy, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga yo'naltiriladi. Bozor iqtisodiyotida mikroresurslar birlamchi (ustuvorlik) mavqega ega bo'ladi, chunki iqtisodiy faoliyat erkinligi sharoitida xo'jalikning dastlabki bo‘g‘ini bo'lgan korxona, firma, kompaniya va xo‘jaliklar moliyasi iqtisodiy o'sish tayanchi hisoblanadi. Ammo makroresurslar iqtisodiyotni tartibga solishda asosiy rol o'ynaydi va davlatning iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Moliyaviy resurslarning turli darajada tashkil topishi va ishlatilishi tufayli iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirish usullari ham turlichadir. Birinchidan, iqtisodiy subyektlar o‘zini o‘zi moliyalashtiradi. Ular o‘z sarf-xarajatlarini o‘zlarining pullari bilan qoplaydilar. Ikkinchidan, iqtisodiy subyektlar o‘z mablag'lari yetishmasa, qilingan sarf-xarajatlarni bank krediti hisobidan qoplaydilar. Uchinchidan, subyektlar faoliyati uchun pul mablag‘lari zarur bo‘lgan hollarda davlat hisobidan ham bunday mablag‘Iar ajratiladi. Davlat budjetidagi yoki budjetdan tashqari tashkil etilgan pul fondlarini qaytarib olmaslik sharti bilan korxona, tashkilotlar va muassasalarga ajratib berib, ularni moliyalashtiriladi. Ammo bu bozor iqtisodiyotida ikkilamchi usul hisoblanadi.
Barqaror iqtisodiy taraqqiyot uchun moliya mablag'larining erkin harakati talab etiladi. Bunga moliya bozori orqali erishiladi. Moliya bozori milliy va xalqaro xo'jalik doirasida pul mablag'lari erkin harakatining maxsus shaklidir.

Yüklə 269,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin