Bozor eksperimenti (tadqiqoti) – yangi parametrlar, yangi narxlar o‘rnatilganda, iste’molchilarni solishtirma taxlil qilinganda tovarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri test qilishni ko‘zda tutadi.
Statistik usul - real statistik ma’lumotlarni o‘rganish asosida ma’lum davr uchun aniq bir tovarga bo‘lgan talab va narxni o‘zaro bog‘liqligi, talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar tadqiq qilinadi.
Talabning hajmini aniqlash uchun, talab hajmi va talab narxi kabi ko‘rsatgichlardan foydalaniladi.
Talab hajmi (Qd) – haridorlar joriy vaqtda, joriy joyda, joriy narhlarda xaridorlar sotib olishga tayyor bo‘lgan tovar va xizmatlar xajmi. Talab xajmiga juda ko‘p omillar ta’sir qiladi. Masalan: iste’molchilarning xoxish-istaklari, ularning daromadlari hajmi, mazkur tovarning bozordagi narxi, potensial xaridorlar soni va boshqalar.
Talab narxi (Pd) – joriy vaqtda aniq tovar va xizmatlar uchun xaridorlar tomonidan to‘lanadigan maksimal narx.
Agarda bozordagi real narx, konkret iste’molchi talabi narxidan past bo‘lsa, unda ortiqcha iste’molchilar paydo bo‘ladi, mazkur tovar va xizmatlar sotib olayotgan shaxs sof foyda oladi.
Talab xajmi va uni aniqlab beruvchi omillar o‘rtasidagi hajm jihatidan bog‘liqlik talab funksiyasi deb nomlanadi. Talab xajmining bozordagi narxga bog‘liqligining grafik chizmasi talab egri chizig‘i deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |