Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Yovvoyi hayvonlar” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.
Qanday hayvonlarni yovvoyi hayvonlar deymiz?
Yovvoyi hayvonlarga nimalar kiradi?
Yovvoyi hayvonlar oziqlanishiga ko`ra necha turli bo`ladi?
O`quvchilarga turli qil hayvonlarning nomlari yozilgan kartochkalar beriladi. Ular bu hayvonlarni qaysi guruhga kirishini aniqlab, doskaga yopishtiriladi.Hr bir qatorga teng qilib bir nechta hayvon nomlari beriladi. Qaysi guruh o`z vazifasini birinchi bo`lib yakunlasa, shu guruh g`olib sanaladi.
Multimedia orqali o`tho`r va go`shtho`r hayvonlar ko`rsatiladi. o`quvchilarga ertak namoyish etiladi.Dam olish daqiqasida “Ayiqpolvon” qo`shig`i eshittiriladi.
Dostları ilə paylaş: |