III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi tomonidan yangi avzu e`lon qilinadi. Qushlarning hayvonlardan farqi aniqlanadi va o`quvchilarga tushuntiriladi. Qushlarning terisi yung bilan emas patlar bilan qoplanganligi, ularning qanotlari bo`lishi, osmonlarga qanotlari yordamida parvoz qila olishlari, oziqlanishida esa unga tumshuqlari yordam berishi, o`ljalarini ham shu tumshuqlari yordamida ovlashi haqida ma`lumotlar beriladi. Qushlarning turlarini aytib o`tishda slaydlardan foydalaniladi.
Shuiuningdek hozirda o`lkamizda qishlayotgan qushlar va qishlash uchun kelgan qushlar haqida ma`lumotlar so`raladi va to`ldiriladi.
Qushlarning parrandalardan farqi tushuntiriladi.Ularning oziqlanishi, hayot tarzi bayon etiladi va ekran orqali namoyish etiladi.Qushlar ham ikki xil bo`lishi aytiladi. Burgut, qirg`iy, kalxat, boyo`glilar go`sht bilan oziqlanishi va ular yirtqish qush sanalishi tushuntiriladi.
Boshqa qushlar esa hasharotlar, don-dular bilan oziqlanishi aytib o`tiladi. Qish faslida ozuqa kamayishi sababli qushlarga g`amho`rlik qilish zarurligi aytib o`tiladi. Chunki qushlar tabiat sanitarlari ekanligi ta`kidlanadi. Tabiatda biz hayvonlarni hech qachon kuzata olmaymiz. Ular ichida ham kasal hayvonlar uchrab turadi. Mana shu hayvonlar o`lgandan keyin qushlar shu hayvonlarning qoldiqlari bilan oziqlanadi va tabiatga kasallikning yoyilib ketishini oldini oladi.
Multimediya yordamida o`quvshiularga qushlar haqida tushuncha beriladi..
Dostları ilə paylaş: |