IV. Mustahkamlash.
O`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida suhbat o`tkaziladi.So`ng o`quvchilarga mavzu yuzasidan mustahkamlovchi savol-javoblar o`tkaziladi.
Siz yozda qanday ishlarni bajarasiz?
Kishilarning yozgi yumushlari haqida nimalarni bilasiz?
Boshqotirmalar yechiladi, testlar bajartiriladi.
So`ng “’Xotira mashqi; o`tkaziladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa darslikning 50-51- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilarning o`rganilgan mavzu yuzasidan fikrlarini bayon qilishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.
33-dars
Fan: Atrofimizdagi olam.
Sana:
Mavzu:. 2-Nazorat ishi
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarning yil davomida o`rganilgan bilimlarini tekshirish.
2)O`quvchilarni tabiatni sevish va asrash, ularni muhofaza qilishga o`rgatish. O`quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
3) O‘quvchilarni bahor faslida tabiatni , qushlar va uning insonga foydasi haqidagi malaka, ko`nikmalarini, o`gzaki nutqi va fikrlash doirasini rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: |