1 Dаvriy ish rejimidа ishlаydigаn induktsion qurilmаlаrni tаdqiqotlаsh



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə4/22
tarix10.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#87238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
E T Q fanidan Labaratoriya Oxirgisi

Laboratoriya ishini bajarish.

Laboratoriya ishini bajarishda uslubiy ko‘rsatmada keltirilgan ketma - ketlikka qat’iy rioya qilinishi zarur.
Sxema tayyor boigach, ishning qolgan bandlarini bajarishga kirishishdan oldin, rele va apparatlar ishlayotganligi, kontaktlar ulanayotganligi, priborlar to‘g‘ri tanlanganligi va signal beruvchi lampochkalar yonib o‘chayotganlini tekshirib ko‘rish kerak. Sxema yaroqliligiga ishonch hosil qilish uchun ko‘rsatkichlarni ishchi daftarga yozmasdan turib, uni manbaga qo‘shib ko‘rish tavsiya etiladi.
Ishni bajarishga bevosita kirishishdan oldin, guruh a’zolari o‘rtasida vazifalarni o‘zaro taqsimlab olish maqsadga muvofiq. Bir talaba tok yoki kuchlanishni o'zgartirib turishga, ikkinchisi priborlar ko‘rsatkichlarini kuzatishga, qolganlari ishchi daftardagi jadvallarga tajriba natijalarini yozib borishga mutassadi qilib belgilansa ish tartibli o'tadi. Keyingi laboratoriya ishlarida vazifalar qayta taqsimlanishi mumkin. Pribor ko‘rsatkichlarini yozishda va hisob-kitoblami amalga oshirishda o'lchanayotgan kattalik qiymatlariga diqqat qilish va tegishli o‘lchov birliklarida jadvalga kiritish lozim. Laboratoriya qurilmasida joylashtirilgan priborlar kontaktlarining ulangan yoki ayrilganligini zanjirga ulangan lampochkalar (yoki boshqa indikator) bildirib turadi.
Elektr apparatlaming ishga tushish parametrlarini uning ishchi holatida kamida uch marta o‘lchab, jadvalga ko'rsatkichning o‘rtacha arifmetik qiymati kiritish kerak.
Tajriba yakunida olingan natijalarni yana bir bor tahlil qilib, uni nazariy talqinlar bilan solishtirish, o‘lchanayotgan kattalik xususiyatlari yoki tadqiq etilayotgan apparatning texnik xarakteristikasi bilan taqqoslab ko‘rish lozim.
Taqqoslashda oldindan ma’lum raqamlar va tajribadan olingan natijalar orasidagi farq katta bo‘lsa, tajribani qayta o‘tkazish kerak boiadi.
Natijalar asosida grafik chizishdan oldin uning qoralamasini chizib ko‘rgan ma’qul. Agar nazariyadan ma’lum grafik va tajriba asosida tuzilgan grafik nuqtalari joylashuvi keskin farq qilsa, o‘lchovlami takrorlash kerak.
Laboratoriya ishi tugagach, ishtrokchilardan natijalarni o‘qituvchiga ko‘rsatib, keyin yig‘ilgan sxemaning elementlarini birin - ketin uzish va ish joyini tartibga keltirish talab etiladi.

5
Laboratoriya ishlari, amaliy mashgulotlar bo‘yicha hisobot tayyorlash va uni himoya qilish.



Laboratoriya va amaliy ishlar bo‘yicha hisobot texnik hujjat hisoblanib, GOST2.105-79 va 2.104-68 talablariga mos qilib rasmiylashtiriladi. Hisobotning yozuv va hisob-kitob qismi (tekst, jadvallar, hisob - kitoblar, grafiklar) A4 (297 x 210 mm) formatning bir tomoniga qora bo‘yoq bilan yoziladi. Varaqning chap tomonida hisobotni tikish uchun 25 mm, pastki vayuqori tomonlarida 15 mm, o‘ng tomonda 10 mm dan o‘qituvchi belgilari uchun joy qoldiriladi. Qatorlar orasidagi oraliq 5-6 mm dan oshmasligi kerak.
Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha hisobot fan dasturi va o‘quv rejasida belgilangan mavzudagi ishlaming har biri bo‘yicha hisobotlarni o‘z ichiga oladi. Himoya qilingan har bir laboratoriya ishi bo‘yicha hisobotlar bitta umumiy muqovaga solinib, o'qituvchiga topshiriladi.
Hisobotning birinchi betida titul varag‘i beriladi. Titul varag‘i 3 - ilovada ko'rsatilgan ko‘rinishda bo‘lishi kerak. Keyingi varaqda laboratoriya yoki amaliy ishning nomlanishi, qaysi betda joylashganligini ko'rsatilgan mundarija beriladi. Shu varaqda GOST 2.104 - 68 ning 2 formasiga mos shtamp, hisobotning qolgan varaqlarida esa 2-a formasidagi shtamp qo‘yiladi. Shtampning asosiy yozuvlarida talabaga tegishli raqamlar (mutaxassislik va fan shifri, o‘quv guruhi nomeri, laboratoriya ishi nomeri) qo‘yiladi.(4-ilova).
Har bir laboratoriya ishi bo‘yicha hisobotlarda: ishning mavzusi (nomlanishi), ishning maqsadi, o‘lchov asboblari va boshqa uskunalarning texnik ko‘rsatkichlari, elektr yoki boshqa turdagi sxemalar, qisqacha izohlar berilib jadvalga kiritilgan o‘lchov natijalari, diagrammalar (grafiklar), olingan natijalar tahlili va yakuniy xulosalar keltirilishi kerak.
Elektr sxemalar va undagi elementlar 1-ilovada berilgan shartli belgilanishlarga mos shakl va o‘lchamlarda bajarilishi shart. Elektr sxemasidagi har bir element o‘z funksiyasi yoki xarakterini belgilovchi qisqartirilgan shartli belgilanishi (harf), tartib raqami va boshqa zaruriy ma’lumotlarga ega boMishi kerak. (2-ilovada GOST 2.710 - 81 talablari asosida ayrim elektroavtomatika elementlarining harfli kodlari ko‘rsatilgan).
Grafiklar to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasida quriladi. Kattaliklarning musbat qiymatlari abssissa va ordinata o‘qlarining kesishgan joyidan o‘ng va yuqori qismlarida qismlarida, manfiy qiymatlari chap va pastki qismlarida qo'yib chiqiladi. Masshtab har bir o‘q bo’yicha alohida, o‘lchangan ko‘rsatkich qiymatlari kattaligiga qarab turlicha bo’lishi mumkin.
Hisobotlarda formulalar bilan birga hisob-kitoblarning yakuniy natijalarini aks ettirgan ma’qul. Bajarilgan ish bo'yicha xulosalarda o‘rganilayotgan parametrning o‘zgarish xarakterini yoritish, olingan natijalarni o‘lchov apparatining texnik ko‘rsatkichlari yoki nazariy ma’lumotlar bilan solishtirish natijalarini bayon qilish kerak. (4-ilovada hisobotni rasmiylashtirish namunasi keltirilgan).
Har bir laboratoriya ishi va amaliy mashg‘ulotni talaba himoya qilishi shart. Buning uchun u mazkur mavzu bo'yicha nazariy materiallarni, o‘rganilayotgan

6
parametr yoki apparatning alohida xususiyatlari va ishlash prinsipini bilishi, elektr sxemalarini yig‘a olishi, sxemaning ishlash tartibini tushuntira bilishi, olingan natijalarni tahlil qila olishi talab etiladi.


Himoya o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida muloqot, og‘zaki savol javob, yoki yozma test so‘rovi shaklida o'tishi mumkin.
Sifatsiz yoki chala tayyorlangan hisobot himoyaga qo‘yilmaydi. Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun ajratilgan vaqt davomida ishni himoya qila olmagan talaba, o‘qituvchi tomonidan shu guruh uchun tayinlangan konsultatsiya vaqtida uni himoya qilishi mumkin. Aks holda, talaba keyingi laboratoriya mashg‘ulotlarining tajriba qismiga qo‘yilmasdan oldingi ishni himoya qiladi.
O‘quv rejasi bilan belgilangan muddatlarda laboratoriya ishlarini bajarolmagan talaba, barcha asosiy laboratoriya mashg‘ulotlari tugagandan keyin o‘qituvchi belgilangan vaqtda kelib laboratoriya ishini bajarishi mumkin.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin