1 Dаvriy ish rejimidа ishlаydigаn induktsion qurilmаlаrni tаdqiqotlаsh



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə3/22
tarix10.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#87238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
E T Q fanidan Labaratoriya Oxirgisi

Elektr sxemalarni yigish va tarmoqqa ulash.

Laboratoriya ishini boshlashdan oldin, o‘lchov asboblari va qurilmalarni elektr sxemaga mos qilib joylashtirib olish kerak. Qulaylik uchun sxemani bir talaba yig‘ishi, qolganlari ishni kuzatib, uning kichik topshiriqlarini bajarib turishi maqsadga muvofiq.
Adashmaslik uchun, sxemani yig‘ishda iste’mol manbaining bir uchidan elementlarni ketma-ket ulab borib, manbaning ikkinchi klemmasida ulanishlarni tugatish kerak. Doimiy (o‘zgarmas) tok manbaining musbat klemmasi oMchov asboblarining musbat klemmasiga, manfiylari manfiy klemmalariga mos ravishda ulanishi kerak.
Ketma-ket ulanadigan priborlarni ulab bo‘lgandan keyin, agar elektr sxemada nazarda tutilgan bo‘lsa, parallel qo‘shiladigan zanjirni ulash lozim.
Imkoniyat boMsa, ketma - ket va parallel zanjirlar uchun turli xil rangdagi simlardan foydalangan ma’qul. Bu holat elektr sxemasini ko‘rinishli qilibgina qolmasdan, uni yigish jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin boigan xatolarni ham oldini oladi.
Sxemani yig‘ib bo‘lgaadan keyin, kuchlanishni rostlovchi dastaklar “nol” holatda, reostat polzunogi maksimal qarshilikda turganligini, darajalanadigan o‘lchov priborlarining darajalari eng katta chegaraga qo‘yganligini qayta ko‘rib chiqish kerak.
O‘qituvchi yoki laborant har bir guruh tomondan yig'ilgan sxemani shaxsan tekshirib chiqishi shart. Chunki elektr sxemasidagi xato o‘lchov asboblari va qurilmalami ishdan chiqarishdan tashqari, baxtsiz hodisalarga ham olib kelishi mumkin.
Yig‘ilgan sxema atroflicha tekshirib chiqilib, uning xavfsizligiga ishonch hosil qilingach kuchlanish beriladi. Rostlagich yordamida kuchlanishni sekin - asta oshirib borish barobarida priborlar ko'rsatkichiarini kuzatib turish kerak. Zanjir ulanganda ampermetr strelkasi holatining o‘zgarmay turganligi zanjirda uzilish
4
borligini, kichik kuchlanishda ham strelkaning shkala oxiriga siljib ketishi zanjirda qisqa tutashuv borligini bildiradi. Agar magnitoelektr priborlaming strelkasi chapga qaytib nol belgisiga tushib qolsa, bu holat priborlarni ulashda qutblarga rioya qilinmaganligidan dalolat beradi.
Yuz bergan shunday holatlarning har birida sxemani manbadan uzib, o'qituvchiga murojaat etish zarur.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin