1– LABORATORIYA ISHI Dаvriy ish rejimidа ishlаydigаn induktsion qurilmаlаrni tаdqiqotlаsh.
1.Ishdan maqsad: Po‘lat o‘zakli va o‘zaksiz induksion qizdirish qurilmasini konstruksiyasini o‘rganish va uning ishga tushirish jarayonini tahlil qilish.
2.Ishnng vazifasi:Po‘lat o‘zakli indusion kanal pech va po‘lat o‘zaksiz induksion tigel pechlarini ishga tushirish jarayonlarini taqqoslash va tahlil qilish
3.Nazariy malumotlar: Induktsion qizdirish qurilmalarining ishlash printsipi sanoat chastotasi va undan yuqori chastotadagi o‘zgaruvchan tok elektr energiyasini avval o‘zgaruvchan magnit maydon energiyasiga, bu energiyani esa yana elektr energiyasiga va so‘ngra oxirgi ko‘rinishdagi energiyani qizdiriluvchi materialda issiqlik energiyasiga aylantirishga asoslanadi. Ushbu usuldan faqat tok o‘tkazuvchan materiallarni qizdirishda foydalaniladi.
Induktsion qizdirish qurilmalari (IQQ) qizdirish usuliga ko‘ra asosan ikki turga bo‘linadi :
- kesim yuza bo‘yicha to‘liq induktsion qizdirish qurilmalari (TIQQ);
kesim yuza bo‘yicha yuzalarini induktsion qizdirish qurilmalari (YUIQQ) ;
Induktsion qizdirish qurilmalarining kostruktsiyasiga ko‘ra ikki turi mavjud:
Po‘lat o‘zakliinduktsion kanal pech
Po‘lat o‘zaksiz indkusion tigel pech
Detallarga to‘liq issiqlik ishlovi berish uchun quyidagi shart bajarilishi talab qilinadi:
(3.1)
bu erda: r0 - qizdirilayotgan detal radiusi ;
z.iss- qizdirilayotgan metallga tokning sizib kirish chuqurligi.
Po‘lat detallarga to‘liq induksion issiqlik ishlovi berish uchun manbaning tok chastotasi quyidagi tenglamaga ko‘ra tanlanadi.
[Gs] (3.2)
bu erda d0 - qizdirilayotgan detal diametri [sm].
Ishlov berilayotgan detallarning geometrik o‘lchovidan va materialidan kelib chiqib, IQQ lar 50 - 10000 Gs chastotali manbalardan iste’mollanadilar.
Ishlash prinsipiga ko‘ra TIQQ lar davriy rejim va uzluksiz rejim IQQ lariga bo‘linadi.
Davriy rejim TIQQ larida faqat bitta detalpga yoki uning ma’lum qismiga issiqlik ishlovi beriladi.
Uzluksiz rejim TIQQ larida esa induktor magnit maydoniga kiritilgan bir nechta detallarga bir paytning o‘zida issiqlik ishlovi beradi.
Bunday qurilmalarning induktorlari detallarning formasi va o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lib, shaklan aylana (doira), oval, kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak formasidagi konstruksiyaga ega bo‘ladi.