1 Dаvriy ish rejimidа ishlаydigаn induktsion qurilmаlаrni tаdqiqotlаsh



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə2/22
tarix10.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#87238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
E T Q fanidan Labaratoriya Oxirgisi

Laboratoriya ishlarini tashkil etish va tayyorlash.

Laboratoriya ishlari ta’lim berishning muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, uning maqsadi talabalaming nazariy bilimlarini mustahkamlash, ayrim ta’rif va tasniflami amaliyotda tekshirib ko‘rish, avtomatika vositalarining ishlash prinsiplari bilan chuqurroq tanishish, o‘lchovlarni o‘tkazish va elektr sxemalami yig‘ish bo‘yicha ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat.
Laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida elektrtexnologik qurilmalmi avtomatlashtirish va nazorat vositalarini atroflicha o‘rganishdan tashqari , talaba o‘zida tadqiqot sifatidagi uncha murakkab bo‘lmagan vazifalarni mustaqil ravishda bajara olish, tajriba davomida olingan natijalami tahlil qila bilish va xulosa chiqarish qobiliyatlarini shakllantira olishi kerak.
Laboratoriya ishlari mazmuni va o‘tkazish vaqti talabalarga oldindan ma’lum qilinadi. Tajribalami bajarish va uni ramiylashtirish uchun ko‘p vaqt berilmaganligini hisobga olib, talabalar vaqtdan samarali foydalanishga harakat qilishlari kerak. Ikki akademik o‘quv soati davomida laboratoriya ishini o‘tkazishda yechilishi kerak bo‘lgan barcha vazifalarni, ya’ni ishga tayyorlanish, tajribani o‘tkazish, hisob – kitob qilish, hisobotni rasmiylashtirish va uni himoya qilishni bir vaqtda bajarish qiyin. Shuning uchun, ishni sifatli o'tkazish uchun talaba mazkur ish bo‘yicha nazariy materialni oldindan qaytarib olgan, laboratoriya ishi, uning maqsadi va bajarish ketma-ketligi bilan tanishgan bo‘lishi kerak. Laboratoriya ishlari bo'yicha maxsus ishchi daftariga ishning soni va nomlanishini

3
yozib, elektr sxemalami chizib olishi, o‘lchov asboblari ko‘rsatkichlari va hisob-kitoblar natijalami yozish uchun jadvallaming kerakli qismini to‘ldirib, oxirida berilgan savollarga og‘zaki yoki yozma javob berishga tayyor bo‘lib kelishi kerak.


Ikkinchi tomondan, talabalar tomonidan bajariladigan ishning kattagina qismini laboratoriyada bajarish ham mantiqdan yiroq emas. Chunki bu yerda o‘zining boshqa kursdoshlari va o‘qituvchi bilan tajriba yuzasidan maslahatlashish, fikr almashish uchun imkoniyatlar kengroq.
Laboratoriya darslarini sifatli va asosiysi xavfsiz o'tkazish so‘zsiz o‘qituvchining ma’suliyatdagi vazifadir. U talabalar ishini kuzatishi, elektr sxemalarning to‘g‘ri yig‘ilganligini tekshirishi va amaliy ish bo‘yicha metodik rahbarlikni amalga oshirishi shart.
Ishni o‘tkazish qulay bo‘lishi uchun talabalaming 3-4 kishidan iborat guruhlarga bo‘linishi maqsadga muvofiq.
Laboratoriyaning texnik xodimlari xonada tozalik, tartib va uskunalarning uzilishlarsiz ishlashini ta’minlashlari kerak.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin