Elektrotexnologiya laboratoriyasida 250 V gacha kuchlanishdagi o‘zgarmas va o'zgaruvchan tokdan foydalaniladi. Texnika xavfsizligi tartib va qoidalariga rioya qilinmaganda bu kattalikdagi kuchlanish inson uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Inson tanasining elektr ta’siriga qarshiligi ko‘p jihatdan uning teri qatlami qarshiligiga, odam organizmining fiziologik holatiga va boshqa omillarga bog‘liq. Shuning uchun odam tanasining qarshiligi katta diapazonda o‘zgarishi mumkin. Lekin texnika xavfsizligi bo‘yicha hisob-kitoblarda bu qarshilik shartli ravishda 1 kOm ga'teng deb qabul qilingan.
Inson organizmidan o‘tayotgan elektr toki unga kimyoviy, biologik va issiqlik ta’sirini ko‘rsatib, normal hayotiy faoliyatini izdan chiqaradi.
Kimyoviy ta’sir qonining va organizmdagi boshqa aralashmalarning elektrolizini keltirib chiqaradi va ularning kimyoviy tarkibini o‘zgartirib yuboradi.
Elektr tokining biologik ta’sirini organizmdagi tirik xujayralarning g‘alayonlanishi oqibatida tananing qaltirashi va oyoq qoTlaming ishlamay qolishida kuzatish mumkin.
Issiqlik ta’siri natijasida odam tanasi qismlari kuyib, o‘z funksiyasini bajarolmasdan qoladi.
Insonning elektr tokidan zarar ko’rishi va asoratlarning og’irligi asosan odam tanasidan o‘tayotgan tok kattaligiga, tanadan o‘tish yoiiga va vaqt uzunligiga bog‘liq. Shulami nazarda tutib, talabalar faqatgina texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishib, u haqda tegishli jumalga imzo chekkanlaridan keyin laboratoriya mashg‘ulotlariga qo‘yiladilar.
Laboratoriya ishlarini baiarish chog‘ida texnika xavfsizligi qoidalari quvidagilardan iborat:
Sxemani yig‘ishdan oldin laboratoriya stendi elektr manbaidan uzilganligini, avtomat ulagich «Otkl» belgisida turganligini ko‘zdan kechirib, ishonch hosil qilish kerak.
Ish joyi begona narsalar, atrofi stul va boshqa jihozlar bilan to'sib qo‘yilmasligi
7
kerak.
O‘lchov priborlari va qurilmalar, uchlari ochiq simlar ish stoli ustida ularga ish jarayonida tasodifan tegib ketmaydigan qilib joylashtirilishi zarur.
Singan, qisqichlari darz ketgan priborlar, izolyatsiya qobig‘i buzilgan simlar, buzuq reostatlar, tumbler, uzgichlardan foydalanishigayo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Sxemani yig‘ishda kesishayotgan simlar bir biriga tegib turmasligi, taranglashib ketmasligi yoki o‘ram shaklida bo‘lmasligi, ishlatilmayotgan simlar va ishchi detallar stol ustida turmasligi kerak.
Bosh tarqatuvchi initlarga o‘zboshimchalik bilan tegish, uni ta’mirlashga urinish, xuddi shuningdek ish stolidan tashqaridagi boshqa el jihozlarida ruxsatsiz biror amalini bajarish qat’iyan ma’n etiladi.
Sxemaga elektr kuchlanishni faqatgina o'qituvchi ruxsati bilan va shu ish stolida ishlayotgan boshqa talabalarni ogohlantirgandan so‘ng ulash zarur
Diqqat! Har qanday sxemani tokka qo‘shayotganda ovoz chiqarib. ‘‘QO‘SHAYAPMAN" deb ogohlanlirishni unutmang.
Tajriba tugagandan keyin, yoki tanaffusga chiqishdan oldin sxema elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilishi kerak..
Laboratoriya ishini bajarish davomida - laboratoriya xonasida yolg'iz ishlash, kuchlanish ostidagi sxemada biror bir qayta ulashlarni bajarish, ochiq simlarga tegish, sxemani qayta yig'ib bo‘lgach o'qituvchi ruxsatisiz tarmoqqa ulash, yig‘ilgan va kuchlanish berilgan sxemani nazoratsiz qoldirish mumkin emas.
O‘lchov priborlari va uskunalarning nosozligi, uchqun chiqqanligi yoki simlardan tutun chiqib, achchiq hid sezilganda darhol bu haqda o‘qituvchiga xabar berish kerak.
Laboratoriya ishini bajarib bo‘lgach, stendni elektr tarmog‘idan ayirish, sxema elementlarini bir - biridan ajratib, ish joyini tartibga keltirib ketish lozim.