66. Elastiklik nazariyasining birinchi tur asosiy masalasi (massaviy kuchlar, chegaraviy shart, sirt kuchi).
Chegaraviy shartlarning berilishiga qarab elastiklik nazariyasining uch asosiy masalalarini bir-biridan farqlaydilar.
10. Birinchi tur asosiy masala. Birinchi tur asosiy masalada massaviy va sirt kuchlari jismning butun sirtida berilganda jism egallagan hajmning ichki nuqtalarida kuchlanish tenzori komponentalari larni hamda - hajmning ichki nuqtalari va jism sirti nuqtalarida ko‘chish vektorining komponentalarini aniqlash talab etiladi. Demak, bu holda chegaraviy shartlar: ko‘rinishda bo‘ladi. Bu yerda - sirt kuchi ning komponentalari; sirtning qaralayotgan nuqtasida tashqi normali bo‘yicha yo‘nalgan birlik vektori komponentalari.
67. Elastiklik nazariyasining ikkinchi tur asosiy masalasi (massaviy kuchlar, chegaraviy shart, sirt kuchi)
Chegaraviy shartlarning berilishiga qarab elastiklik nazariyasining uch asosiy masalalarini bir-biridan farqlaydilar .Ikkinchi tur asosiy masalada massaviy kuchlar va jismning sirtida ko‘chishlar ma’lum bo‘lganda, jism egallangan hajm ichidagi nuqtalarda ko‘chishlarni va kuchlanish tenzori komponentalari larni aniqlash talab etiladi. Demak, bu holda chegaraviy shartlar ko‘rinishida bo‘ladi. Izlanuvchi va funksiyalar yoki , hamda chegaraviy shartlarni qanoatlantirishlari kerak.
68. Elastiklik nazariyasining uchinchi tur asosiy masalasi (kuchlanishlar, kochishlar, soha
Chegaraviy shartlarning berilishiga qarab elastiklik nazariyasining uch asosiy masalalarini bir-biridan farqlaydilar.Chegaraviy shartlar aralash xarakterga ega bo‘lishlari mumkin. Birinchi tur asosiy masalada jismning butun sirtida kuchlanishlar, ikkinchi tur asosiy masalada jismning butun sirtida ko‘chishlar beriladi. Shunday masalalar ham uchrashi mumkinki. Bunda jism sirtining ma’lum qismida kuchlanishlar, qolgan qismida esa ko‘chishlar berilishi mumkin. bunday holda masala aralash masala deyiladi. Faraz qilaylik, jism sirtining qismida kuchlanishlar, qismida esa ko‘chishlar berilgan bo‘lsin. Tabiiyki, .Uchinchi tur asosiy masalada jism sirtining qismida berilgan tashqi sirt kuchlari - va qolgan qismida berilgan ko‘chishlar, hamda umumiy holda, berilgan massaviy kuchlar bo‘yicha jism egallagan sohaning ichki nuqtalarida ko‘chishlarni hamda kuchlanishlarni aniqlash talab etiladi.