1. Didaktika tushunchasi Didaktikaning asosiy tamoyil va kategor
Ilmiylik tamoyili. Bu tamoyil asosida bir qator qonuniyatlar yotadi. Jumladan:
- dunyoni o‘rganib bo‘ladi va insoniyat aniqlagan va amaliyotda sinab ko‘rilgan qonuniyatlami o‘rgansa bo‘ladi;
- taiim-tarbiya jarayoni - ilmiy faoliyat orqali to‘plangan,obyektiv olam to‘g‘risidagi ma’lumot tizimini o‘sib kelayotgan avlodga bildiradi;
- ilmiylik - beriladigan bilimlar ma’lum bir ketma-ketlikda berilishini taqozo etadi;
- ilmiylik yana berilayotgan bilimning hozirgi zamon ijtimoiy va ilmiy-taraqqiyot darajasiga mosligi bilan hamda tuzilgan dastur va ishchi rejaga mos bo‘lishligi bilan ham belgilanadi.
Didaktika bu tamoyilni amaliyotga qo’llashlikning bir qator qoidalarini ishlab chiqqan.
1. Pedagogik amaliyot bilan shug‘ullanganda pedagogika,psixologiya hamda dars berishning usul va uslublarining eng ilg‘orlaridan foydalanish.
2. Hozirgi zamon didaktika va psixologiya fanlarining ko‘rsatmalari bo‘yicha dars berganda, mantiqning faqat induktiv usulidan foydalanibgina qolmay, deduktiv usulidan ham bemalol foydalanish.
3. Boshdanoq o‘quv fanining ichki mantig‘ini ochib berishga intilish.
4 . Talabalalarda narsa va hodisalarga dialektik yondashuvni shakllantirish maqsadida, har bir bilimni berishda uning ichki dialektikasiga ahamiyat berish.
5. «Qaytarilmasa esdan chiqadi», degan qoidadan kelib chiqib,har bir darsda yangi bilimni takrorlab turish.
6. Qonuniyatlami tushuntirayotganda, ularni tashqi muhit, vaqt,eskilik va yangilik orasidagi tafovut hamda ichki sharoitlarga bog‘liqlikda tushuntirish.
7. O‘qitganda izlanuvchanlik hissiyotini rivojlantirish.
8. Muayyan qonuniyatni tushuntirishda, uni kashf etgan olimning qisqacha taijimai holini gapirib berish.
9. Bilim berishda, uning tadqiq qilingan usullarini ham aytib, bolalarda tadqiqot usullaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.
10. Dars o'tganda atama, ta’rif va tushunchalaming eskilariga tanqidiy yondashib, eng yangilaridan foydalanish.
11. Bilim berishda tarixiylik qoidasidan kelib chiqib, berilayotgan bilimning kashf qilinish tarixini aytish.
12. Fan bilimlarini berishda, ular ichidan asosiylarini ajratib,fandagi ustuvor yo‘nalishlarini ham ko‘rsatib o‘tish.
13. Yuqori sinf, akademik litsey, kollej, va ayniqsa, oliy o‘quv yurtlarida fandagi baxsli o‘rinlarini aylanib o‘tmaslik.
14. Bolalarning tadqiqotchilik faoliyatini rag‘batlantirib borish.
15. Yangilik topishga keng imkoniyat yaratib berish.
Nazariya va amaliyot birligi tamoyili. Bu tamoyil falsafaning bilish nazariyasining markaziy qoidasiga asoslanadi. Unda, bilishning birinchi va asosiy nuqtayi nazari - bu hayotning va amaliyotning nuqtayi nazaridir, deyiladi. U quyidagi qonuniyatlardan kelib chiqadi:
- har qanday bilimning to‘g‘riligi amaliyotda sinalib, tasdiqlanadi;
- amaliyot - haqiqat mezoni, bilishning manbai va tadqiqot natijalarining qo‘llanish ko‘lami;
- to‘g‘ri tashkil qilingan ta’lim-tarbiya hayotdan kelib chiqadi;
- ta’lim-tarbiyaning samaradorligi uning amaliyot bilan qanchalik bog‘liqligi bilan belgilanadi;
- bilim berishning samaradorligi. uning politexnik ta’lim bilan bog‘liqligi bilan belgilanadi;
- berilayotgan bilim hayot bilan qanchalik bog'lansa, bolalardagi bilim egallash shunchalik ongli kechadi.
Bulaxning amaliyotda qoiianishi quyidagi qoidalar orqali kechadi.
1. Bilim va tarbiya berishda, bola ulaming, o‘z hayotiga naqadar zanir ekanini bilib borishi.
2. Bilim berishda hayotdan bilimga yoki bilimdan hayotga qarab borish.
3. Bilim berishda, bu bilim hayotda zarur boigani uchun kashf qilinganligini ta’kidlash.
4. Bolalami eng yangi mehnat qurollari va mehnat munosabatlar i bilan tanishtirib borish.
5. Bolalarning olgan bilimlarini amaliyotda albatta sinab ko‘rishIarini talab qilish.
6. Maktabning ishlab chiqarish bilan bogiiqligini amalda ko‘rsatish.
7. Bilim berish jarayonini ishlab chiqarish yutuqlaridan misollar keltirish yo‘li orqali bilimni amaliyot bilan bogiash.
8. Dars berishda, bolalarning mehnat tajribalaridan kelib chiqish.
9. Ijtimoiy mehnat faqat dars jarayoni asosida amalga oshirilishi.
10. Aqliy mehnatni jismoniy mehnat bilan olib borish.