3.Yer uchaskasi , bino va jihozlarga bo’lgan talablar Yer uchastkasi. Bolalarni satr qilish, issiq kunlarda hamma tarbiya ishlarini o’tkazish uchun mo’ljallanadi. Uchastkaning o’lchami zonalashtirish va jihozlash, bolalar muassasasining tipiga, kontingentiga, yoshiga bog’liq bo’ladi. 95 joyga mo’ljallangan joyga 40 m2 , 140-320 joyga 35 m2 , 560-660 joyga 30 m2 yer uchastkasi ajratiladi. Tuproqning tozaligi yer uchastkasiga bo’lgan gigienik talablardan biridir. Uchastkadagi maydonchalar qiya qilib quriladi. Yer uchastkasi balandligi 1.6 m dan iborat to’siq bilan o’raladi.
Ko’kalamzor nihollar yer uchastkaning 50% ini tashkil etadi. Ko’kalamzor zona havoni tozalashda va qulay mikroklimot yaratishda katta yordam beradi. Changni yutib havoni namlab turishda, quyosh nurini qaytarishda katta ahamiyatga ega.Har bir gruppa o’zining alohida maydonchalariga ega bo’lishi kerak. Erta yoshdagi I-II guruhlarda har bir bolaga 5m2 , I-kichik gruppada 7,5 m2 ,maktabgacha guruhlarda 7,2 m2 maydon to’g’ri keladi.
Har bir maydoncha usti yopilib uch tomondan o’ralishi kerak bo’lgan naves bilan biriktirilgan. Guruh maydonchalari o’t, chim bilan qoplangan bo’lishi kerak. Har bir maydoncha tarqatuvchi yorug’lik manbai Drel lampalari bilan yoritilishi kerak. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun umumiy fizkultura maydonchalari jihozlanib, har 50-70 bolaga 150m2 , 100 va undan ortiq bolaga 250m2 hisobda mo’ljallanadi. Xo’jalik binolari, ovqatlanish bloki alohida joylashtiriladi. Mamlakatning janubiy rayonlarida maktabgacha tarbiya muassasalarida cho’milish basseyinlari quriladi. .
4.Maktabgacha tarbiya muassasalarini yoritish va texnik jihozlar bilan jihozlash. Maktabgacha tarbiya muassasalarining jihozlariga bolalarning yashash sharoitlari va pedagogic proseslar bilan bog’liq anjomlar, buyumlar kiradi. Bular mebel, o’yinchoqlar, didaktik qo’llanmalar hamda yer uchastkasida ishlash uchun kerakli asboblar, qurilish materiallaridan iborat. Jihozlar bolaning yoshiga mos kelgan holda uning o’sishi va rivojlanishiga halaqit bermasligi, shikastlanishlar, zo’riqishlarni chaqirmasligi, epidemiologik jihatdan xavfsiz, xonalarni band qilib, tiqilinch qilib, bolalarning erkin harakat qilishlari uchun halaqit bermasligi kerak.
Jihozlar mustaxkam, yengil materiallardan yasalishi va ochiq rangli zararsiz lak yoki bo’yoq bilan qoplanishi lozim. Bo’yoq va lak suv, sovun, dezinfeksiyalovchi eritmalarga chidamli bo’lishi kerak. Mebellarning yuzasi silliq, burchak, aylanma, to’mtoq shaklda bo’lishi kerak. O’ynash va guruh xonalarida stol, stul bola soniga qarab qo’yiladi. O’rta va katta yasli yoshidagi bolalar guruhlarida 4 o’rinli va 2 o’rinli trapetsiya shaklidagi stollar qo’yiladi. Stol stullardan tashqari bu xonalarda shkaflar, oqliklar uchun jovon, o’yinchoqlar, didaktik qo’llanma, qurilish materiallari uchun jovonlar, tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini yasash uchun doska, idish tovoqlar uchun bufet bo’lishi shart.
I-kichik yoshli guruhlarda bulardan tashqari yo’rgaklash stoli 12ta ikki o’rinli stol (ovqatlanish uchun) , umivalnik hamda 4-5oylik bolalar uchun manejlar bo’ladi. O’rta yoshli guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun maxsus moslamalar qo’yiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalari guruhlarida bolalarni tabiat bilan qiziqtirib, mehnat qilish anjomlari bo’lishi lozim. Bu anjomlar bolaning yoshiga, bo’yiga mos bo’lishi kerak.