Do’rud ul o’dirmish rasulqa salam
Yema eshlarika salam ham ulam –
bayti faqat shuning uchun qo’llanmagan. Ya’ni darajaning o’zi uchun Payg’ambarimiz (s.a.v.)ga va chahoryorlarga durud va salomlar yuborilmayapti!
Insoniyatga Alloh tomonidan qaysi bir payg’ambar yuborilmasin, ularning hech biri oyoqlarining ostiga gullar sochilgan holatda kutib olinmagan. Aksincha, ularning barchasi ta’na va dashnomlar bilan qarshilanib, tahdid va suiqasdlarga uchragan, kaltaklangan, badarg’a qilingan, o’ldirilgan. Shunday og’ir sharoitlarda Payg’arimiz Muhammad (s.a.v.)ning yonlarida yelkadosh bo’lib sahobalar turib berganlar. Sahobalar orasida chahoryorlar: Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon va Ali (r.a.a.)lar alohida jonbozliklar ko’rsatganlar. Shuning uchun ular Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) bilan birga tilga olinib, durud va salomlar aytilmoqda.
Bayt o’zining go’zal g’oyasi bilan birga arabcha do’rud, rasul, salam so’zlari orqali tanosub san’atini hosil qilinib, betakror badiiyatni ham yuzaga keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |