Mavzu: Qutadg’u bilik poetikasining ayrim xususiyatlari
Reja:
1.Dostonning o’rganilish tarixi
2.Arabcha so’zlar – hamd g’oyasi va badiiyati asosi
3.Arabcha so’zlar vositasida oxiri zamon payg’ambari qiyofasining ochib berilishi
4.“Qutadg„u bilig”da vazn va qofiya masalasi
Dostonning o’rganilish tarixi
“Qutadg’u bilig”ning o’rganilishi juda uzoq davrlarni bosib o’tgan. Doston masnaviy, ya’ni o‘zaro qofiyalangan ikki misradan iborat baytlar yo‘li bilan yozilgan. Vazni – mutaqoribi musammani mahzuf, ya’ni «faulun–faulun–faulun–faul» (V – – / V – – / V – – / V –) yoki maqsur, ya’ni «faulun–faulun–faulun–faol» (V – – / V – – / V – – / V ~). Asar, nasriy hamda she’riy muqaddimadan tashqari, 71 maxsus bobdan tashkil topgan. Mazkur asar mavjudligi haqida dastlabki xabar keng jahon ommasiga XIX asrning birinchi choragida e’lon qilindi. Dostonning uzoq vaqt tadqiqotchi olimlar tomonidan o’rganilmay kelganligining asosiy sababi – uning uch nusxasigina saqlanib qolganligidir:
1.Vena nusxasi. 1439-yilning 17-iyunida (hijriy 843-yilda) Hirotda xattot Hasan Qara Sayil Shams tomonidan uyg‘ur yozuvi bilan ko‘chirib tugallangan. Kitob Turkiyaning Tugot shahriga, bu yerdan esa, 1474-yilda (hijriy 879) Abdurazzoq Shayxzoda baxshi uchun Fanari o’g’li Kadi Ali tomonidan Istanbulga keltirilgan. Uni keyinchalik Istanbulda mashhur sharqshunos Hammer Purgshtall sotib olib, Venadagi Saroy kutubxonasiga keltiradi. 1823-yili fransuz sharqshunosi Jaubert Amadee bu buyuk asar haqida ma’lumot e’lon qilib, uni ilm ahliga tanishtiradi. Asarning ushbu nusxasi, venger sharqshunosi, adabiyotshunos Herman Vamberi tomonidan tadqiq etilgan. 1870-yilda olim “Qutadg’u bilig”ning eng muhim qismlarini “Uyg’ur tili obidalari” va “Qutadg’u bilig” nomi bilan nashr qildi va nemis tilidagi tarjimasini berdi.1
“Qutadg‘u bilig”ga ellin madaniyati arab adabiyoti vоsitasida muayyan darajada o‘z ta`sirini o‘tkazgan. Buni butun Sharq adabiyotiga nisbatan ham aytish mumkin. Yevropa asardagi bu jarayonlarni, asosan, Vena nusxasi asosida o’rgandi.
Dostları ilə paylaş: |