Qamug’ barchalarqa ul-ul ko’z qashi36
Muhammad payg’ambar – xaloyiq boshi,
Hamma (va) barchaga ko’z-qoshdir.37
Mehribon va rahmli bo’lgan Alloh o’z bandalarini hidoyatga chaqirish uchun barchaga sevukli bo’lgan rosulini – payg’ambarini, ikki olam sarvari Muhammad (s.a.v.)ni yubordi. Rosululloh (s.a.v.) Odam (a.s.)dan tortib oxiri zamon kishilarigacha, ya’ni butun insoniyat ichida eng mukammali hamda eng yaxshisidir. Biz yashayotgan foniy dunyo qorong’u zimistonga o’xshaydi. Undagi jamiyki insonlar Jaloliddin Rumiy hazratlari aytganidek, bamisoli uyqudadir:
Hayot uyqu, o’limla uyg’onur inson,
Sen shoshil, o’lmasdan oldin uyg’on.
Qorong’u tunda g’aflatda yotganlarni oxiratdan ogoh etish maqsadida Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) yuborildilar va U zot (s.a.v.) bizga yorug’ yo’lni ko’rsatib turuvchi mash’aldir. Mana shunday bemisl xulqli inson, shak-shubhasiz, odamzodning eng sarasi hamda eng yaxshisidir.
Dostları ilə paylaş: |