1. Dostonning o’rganilish tarixi Arabcha so’zlar – hamd g’oyasi va badiiyati asosi


O’kush hamdu o’gdi angaroq saza.32



Yüklə 59,37 Kb.
səhifə5/17
tarix02.01.2022
ölçüsü59,37 Kb.
#47056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Dostonning ovvv

O’kush hamdu o’gdi angaroq saza.32

Qodir bir Xudo barchadan ustundir,

Talay hamdlar ungagina sazodir.33

Maqtovga sazovor bo’lish uchun biror sohada yetuk mutaxassis bo’lish yoki biror yumushni qoyilmaqom qilib bajarish, boshqalardan ustun bo’lish zarur. Alloh taolo har bir ishga qodirligi, hech qanday ehtiyojga muhtojmasligi, mushkulotga uchramasligi, barchadan ustunligi sababidan har qancha hamd – maqtovga sazovor bo’lgan zotdir.



Ulug’lar idisi ug’an zuljalal

Yaratqan to’rutkan ma qadir kamal34

Ulug’lik sohibi ulug’ zuljalol

Yaratuvchi, bino qiluvchi hamda qodir kamol35

Zuljalol so’zi Allohga tasbeh sifatida aytiladigan so’zlardan biri bo’lib, azamat va eng buyuk, buyuklik egasi degan ma’noni anglatadi.

Qodir so’zi Allohning to’qson to’qqiz sifatidan biri bo’lib, har qanday yumushni bekam-u ko’st bajara oluvchi ma’nosini anglatsa, Kamol lafzi har tomonlama mukammal zot deganidir.

O’n sakkiz ming olam yaratiqlarining barchasi Allohning Qodir sifatidandir. Mana shunday qodirlik sifatiga ega bo’lgan zotgina har tomonlama kamol topgan sanaladi. Kamol, komil, mukammal so’zlarining asosi bittadir. Mumtoz adabiyotimizda qayta-qayta tilga olingan komil inson g’oyasi asosida ham har tomonlama mukammal avlodni tarbiyalash maqsadi yotadi. O’z-o’zidan savol tug’iladi? Alloh bekam-u ko’st bo’lsa, insonning tabiatida xato qilishlik, gunohga moyillik bo’lsa, qanday qilib inson Allohning komillik sifatini olishi mumkin. Inson hech qachon Alloh kabi mukammal bo’lolmaydi. Biroq, Allohga bo’lgan muhabbati uni qusurlardan xalos bo’lib borishiga kuch beradi. Axir, hamma ham yoqtirganiga o’xshashga intiladi-ku! Mana shunday komillik va qodirlik egasi, albatta, azamat va eng buyuk, buyuklik egasidir.

Baytda Zuljalal, Qadir, Kamal so’zlari o’zaro tansiq us-sifot san’atini yuzaga keltirish bilan birga ulug’lar idisi, yaratqan, to’rutkan kabi turkiycha so’z va birikmalar bilan tanosub san’atini ham hosil qilgan. Shular bilan bir qatorda, Zuljalal, Qadir, Kamal so’zlari talmehni ham yuzaga keltirib, ular Allohning Qur’oni Karim va Hadisi Sharifda keltirilgan sifatlarini yodga soladi.

Alloh taoloning muborak ismlarini yodlash insonlarga bu dunyoda U tomonidan beriladigan yaxshilik, boqiy dunyoda esa ajr-savob ekanligi ayni Qur’oni Karim hamda Hadisi Sharif orqali sobit bo’lgan lozim va lobid amaldir. Alloh ismlari “Al-Asma al-Husna” – “Go’zal ismlar” nomi bilan mashhur.

Bu ismlar 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida muhim o’rin tutadi. Alloh ismlari ko’p duolarda qo’shib aytiladi. So’fiylar o’z zikrlarida ham bu ismlarni kamolotga erishishning timsoli sifatida ishlatadilar. Allohni va uning ismlarini iloji boricha ko’proq eslab turish taqvodorlik namunasi hisoblanadi. Odatda tasbeh donalari soni Alloh ismlari soni bilan tengdir.

Qur’oni Karimning “Hashr” surasi 22-24-oyatlarida “Alloh go’zal ismlari”ning qisqa ro’yxati bor: ar-Rohman, ar-Rohiym, al-Malik, al-Quddus, as-Salam, al-Mumin, al-Muhaymin, al-Aziz, al-Jabbar, al-Mutakabbir, al-Xoliq, al-Bari’, al-Musovvir. Boshqa hamma ismlar Qur’onning turli joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan kelib chiqadi va ular bilan bog’langan fe’llardan hosil bo’lgan.


Yüklə 59,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin