Bayat ati birle sezug bashladim,
Torutgen igidgen kechurgen idim.
Torutti tilek-teg tuzu alamig’,
Yarutti ajunqa kunug ham ayig’.
Yaratti ko’p, evren tuchi evrulur,
Anin birle tezginch yema tezginur29.
Xudo nomi bilan so’zni boshladim,
Yaratgan, parvarishlagan, kechirgan egamdir.
Butun olamni o’z istagicha yaratti,
Olamda kun ham oyni yoritti.
Falakni yaratti, ko’r, doim aylanadi,
U bilan birga charx ham aylanadi30.
Yusuf Xos Hojib ushbu misralarni bitishda Qur’oni Karim va o’zi yashagan davrning ilm-fani yutuqlariga tayanadi. Ushbu satrlar uchun qur’oniy g’oyalar ma’naviy asos vazifasini o’taganligini “Yosin” surasidagi 40-oyati karimani keltirish bilan tasdiqlash mumkin. Unda shunday deyiladi: “Na Quyosh uchun Oyga yetish mumkin bo’lur va na kecha kunduzdan o’zguchidir. (Quyosh, Oy va yulduzlarning) barchalari falakda suzib yurur”31. “Qutadg’u bilig” falakiyot ilmi yutuqlariga tayanib, olamning tuzilishiga doir mulohazalarni maxsus bobda ifoda etgan ilk turkiy dostondir. Mazkur bobda Yusuf Xos Hojib o’n ikki burjni yetti sayyoradan ajratib ko’rsatadi hamda ularning ayrimlari juft-juft, ayrimlari esa toq ekanligini qayd etadi. Muallifning shahodaticha, ularning uchtasi – bahorgi, uchtasi – yozgi, uchtasi – kuzgi va nihoyat, uchtasi – qishki yulduzlardir. Dunyo to’rt unsurdan tashkil topgani singari yulduzlarning ham uchtasi – olov, uchtasi – suv, uchtasi – shamol va uchtasi – tuproq bilan aloqador holda badiiy tasvirni topadi. Bu esa, to’rt unsur haqida turkiy yozma adabiyotda ilk bor to’xtalishdir. Falakiyot ilmidan puxta xabardor bo'lmay turib, bunday mushohada yuritish qiyin edi.
Arab tili ham, eng avvalo, xalqimiz uchun Islom dini sababidan qadrli va suyukdir. Buni asardagi baytlar misolida ham yaqqol sezishimiz mumkin:
Ug’an bir bayat-ul qamug’dan uza,
Dostları ilə paylaş: |