1. Dostonning o’rganilish tarixi Arabcha so’zlar – hamd g’oyasi va badiiyati asosi



Yüklə 59,37 Kb.
səhifə14/17
tarix02.01.2022
ölçüsü59,37 Kb.
#47056
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Dostonning ovvv

Kunun yemadi ko’r, tunun yatmadi

Seni quldi Rabbda adin qulmadi

Shoirning quyidagi fikrlarini har birimiz mushohada etishimiz, o’zimizga savol bilan murojaat qilishimiz biroz tafakkur qilib ko’rishimiz zarur. Shunda nima uchun Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning mavqeyi hamisha baland turishini, nima sababdan unga ergashishimiz kerakligini tushunib yetamiz:



Ko’ngil badim emdi aning yo’linga

Sevib so’zi tuttum butub qavlingga

Ilaha ko’dazgil mening ko’nglumi

Sevug savchi birla qo’pur qo’pg’umi

Qiyamatta ko’rgit to’lin-teg yuzin

Alig tuttachi qil ilaha o’zin50

Endi men ko’nglimi uning yo’liga bog’ladim,

Qavliga ishonib, sevib, so’z(lari)ga amal qildim.

Yo Rab, mening ko’nglumni o’zing ehtiyot tut,

(Qiyomatda) meni sevikli Payg’ambar bilan turgiz.

Qiyomatda to’lin oy kabi yuzini ko’rsat,

Iloho, o’zini (qo’ldan) tutuvchi qil.51

“O’sha Kun yer dahshatli silkinadi, bag’ridagi xazina va inson jasadlaridan iborat “yuk”larni yuzaga chiqarib tashlaydi. U Kunda odamlar qilgan amallarining jazo yoki mukofotlari ko’rsatilishi uchun to’da-to’da bo’lib chiqib keladilar”.52 Mana shunday og’ir kunda shoir so’raganidek, “Iloho, o’zini (qo’ldan) tutuvchi qil”.

QUTADG„U BILIG”NING VAZN XUSUSIYATLARI.

Qutadg„u bilig”da vazn va qofiya masalasi


Aruzga tanqidiy nuqtai nazardan yondoshib, uning «qiyin tushunish`` sabablarini izohlashga intilish adabiyotshunoslikda keyingi davrlarda yuzaga keldi va aruz yangi davr adabiyotshunoslik ilmi nuqtai nazaridan baholana boshladi.

Mazkur ishlarda asosiy e‟tibor aruzning vazn sifatidagi mohiyatiga alohida e‟tibor beriladi. Ularning ayrimlarida esa turkiy aruzning xususiyatlari ko„rsatiladi. Shunga qaramay turkiy aruzning paydo bo„lishi, uning takomili va o„ziga xos xususiyatlari chuqur ilmiylikka asoslangan maxsus kuzatishni talab qilmoqda. Bu jihatdan qadimgi yozma yodgorliklarni puxta o„rganish jiddiy xulosalar chiqarishda muhim o„rin tutadi. XI asr yozma adabiyotining eng muazzam va hozirgi yagona obidasi bo„lmish``Qutadg„u bilig” vaznini o„rganish bu sohada jiddiy qadam bo„lishi mumkin.

“Qutadg„u bilig” aruzning mutaqorib bahrida yozilgan. Ammo asarning o„rgangan ko„pgina olimlar uning vazniga turlicha qarashadi. Ularning ba‟zilari asar barmoq vaznida, ayrimlari aruzda deyishadi, yana ba‟zilari borki, ular asarning aruz vaznida yozilganligini etirof etsalar ham, asar muallifi «vaznda ayrim kamchiliklarga yo„l qo„yilgan`` deb hisoblaydilar.

Qayum Karimov juda to„g„ri ko„rsatganiday, ``Qutadg„u bilig”ning «Devoni lug„at it-turk`` bilan bir davrda yaratilgani va undagi misralarning “Devoni lug„at it-turk”da keltirilgan she‟rlarga o„xshash 11 bo„g„inli bo„lishi ayrim tadqiqotchilarning ana shunday yanglish fikrlarga kelishiga sabab bo„lgan.

Asarda shunday parchalar uchraydiki, u aruzning ham, barmoqning ham talablariga bab-baravar javob bera oladi. Shunday parchalardan ayrimlarini keltiramiz:

66. Qurimish / yig„achlar /tunandi / yashil,

Bezandi / yapun, al /, sariq ko„k, / qizil.

35


Yaprog‘ini to‘kkan daraxtlar (yana) yashil kiyindi,

Ol, sariq, ko‘k, qizil rang bilan bezandi.

96 Qayusi / To„g„ardin / tutar ming / tanuq,

Qayusi / Batardin / tapug„chi / anuq.

Bazilari Sharqdan ming-ming hadyalar tutmoqda,

Bazilari G‘arbdan (kelib) xolis xizmatda turmoqda.

Eshitti / o„g„ul, ko„r, / atasi / so„zin,

Til achti / ataka, / evurdi / yuzin.

O‘g‘ul otasining so‘zini eshitdi, ko‘r,

So‘zga til ochdi, otasi tomonga yuz o‘girdi.

Isinur / et, er tark/ bag„irsaq, / bo„lur,

Bag„irsaq / kishilar/ tapug„saq,/ bo„lur.

Keltirilgan misollarning barchasi ham aruz, ham barmoq vazniga hech qeyinchiliksiz tatbiq etilishi mumkin. Ular aruzning fauvlun, fauvlun, fauvlun, fauvl (mutaqorib), barmoqning esa 3+3+3+2 =11 yoki 6+5=11 vazniga mos kelaveradi.

Asarda bulardan tashqari 11 bo„g„inli barmoqning boshqa ko„rinishlariga ham mos kela oladigan parchalar ko„plab uchraydi:

Yuzi / ko„rklig erdi, / ko„rub ko„z / qamar,

So„zi / yumshoq / erdi, /tili tuz / tamar. 2-2-2-3-2

Yuzi (shu darajada) ko‘rkli edi(ki), ko‘rib ko‘z qamashardi,

So‘z(lar)i yumshoq edi, tilidan haqiqat yog‘ardi.

36


Necha (qachsa) axir (o„lim) tutg„usi, 2-2-2-2-3

Necha (qalsa) axir (o„lim) yetgusi.



(Kishi) qancha qochmasin, o‘lim oxir tutadi,

(U) qanchalik (o‘lmay) qolmasin, o‘lim oxir yetadi.

Yana nardu (shatranj) bilur) ersa kaz, 4-2-2-3

Hariflari (andin) o„lar) ersa kaz.

Yana nard va shatranjni yaxshi biladigan bo‘lsa,

Raqiblari undan juda bukilsa (mot qolsa).

“Qutadg„u bilig”dan bunday namunalarni ko„plab keltirish mumkin, tatar olimi Xatib Usmonov shunday holatlarning ko„pligiga tayanib``Qutadg„u bilig” ko„p o„lchamli asar degan xulosaga kelgan edi.

Demak, tadqiqotchilar o„rtasida yuzaga kelgan qarama-qarshi fikrlar asar vazni tabiatini yetarli o„rganmaslik natijasidir.

Aslida asar aruzning mutaqorib bahrida yozilgan. Quyidagi baytlarni ko„raylik:

Su bashchi tuza tursa yo„rtug„ qurin,

Iriglarni yig„sa, yetursa so„ngin.



Lashkar boshi soqchi saflarini tuzib tartib bersa,

Abjirlarni yig‘sa, (soqchi saf) so‘ngidan yetkazsa

Yaqut berdi O„gdulmish, aydi: tugal

Ko„ni so„zlading so„z, aya ezgu fal.

Javob berdi O‘gdulmish, aytdi: Tugal

So‘zni to‘g‘ri so‘zlading, ey ezgu fol (ya’ni bashorat qiluvchi).

37


Yanut berdi O„zg„urmish , aydi: bu so„z

Uqushqa yaqin ul, aya ko„ngli tuz



Javob berdi O‘zg‘urmish, aytdi: bu so‘z(lar)

Zakovatga yaqindir, ey ko‘ngli to‘g‘ri.

Mana shu keltirilgan baytlarning hech qaysisini barmoqning biror o„lchoviga solish mumkinmikan? Albatta, yo„q, demak,``Qutadg„u bilig”ni

Barmoq vaznida degan tadqiqotchilar tamomila nohaqdirlar.

Shu o„rinda yana bir narsani esda tutish lozimga o„xshaydi. Asar vazni haqida mulohaza yuritgan Ko„prilizoda shunday yozadi: «Vazn masalasina galanda bu manzuma ba‟zi Ovrupa munaqqidlarining yanglish iddiolarina rag„man hijoiy bir vaznla dugul, do„g„rudan do„g„ruya «Shohnoma`` vaznila yozilmish va Eronning butun bu qabil asarlarida o„ldug„i kibi, masnaviy shakli ixtiyor edilmishdur. U zamonaki turkcha kendi bunyasina yobonji o„lan aruz vaznida tabiiy birdan birga imtizoj idmayajagi uchun nazm cho„q saqt va qusurlidur va ishta bir cho„qlarning uni hijo vaznila yozilmish ad itmalarining bashlicha sabablarindin birida budur… faqat bilxossa «vaznda`` Eron adabiyotining qutli ta‟siri kendini ko„rsatmoqdadur « .

Ko„prilizoda bu bilan``Qutadg„u bilig”ni hijo vaznida yozilgan deyuvchilarga qarshi turgan va buning sababini ham, bizningcha, to„g„ri ko„rsatib bergan.

Bu yerda eng avvalo nazariy jihatdan haligacha chalkashlik tug„dirayotgan bir hodisaga to„xtab o„tish joizdir. Ma‟lumki, ko„pgina adabiyotshunoslar aruzning turkiy tilda paydo bo„lishini tamomila arab hamda fors-tojik she‟riyati bilan bog„lashadi.

Masalaga bunday yondashish o„zini to„la oqlamaydi, chunki «Qadimgi O„rxun Yenisey yodgorliklarini (Y-YIII asrlar), Maxmud Qoshg„ariyning «Devon``ida (XI asr) mavjud bo„lgan maqol va qo„shiqlarni, nisbatan keyinroq

38


qayd etilgan qozoq, tatar, chuvash va boshqa turkiy tilli xalqlar topishmoqlari, maqol va qo„shiqlarini ko„rib chiqilishida har ikki ritmik tiplar (aruz va barmoq)ning barcha eng muhim xususiyatlarini birlashtiradigan matinlarning juda ko„plab namunalariga duch kelamiz``.

Aruz va barmoqdagi «eng muhim xususiyatlarning`` bir she‟rda sinkretik holda ko„rinishi aruzning turkiy til zaminida qadimdan ichki imkoniyat sifatida mavjudligini ko„rsatadi. Turkiy she‟riyat taraqqiyotining dastlabki bosqichida bu ichki imkoniyat reallikka aylana olmay kelgan, ular bir-biridan ajratilmagan, asrlar davomida esa ikki she‟riy tizim yuzaga kelgan. Xuddi shu o„rinda arab va fors-tojik adabiyoti, ularni poeziyasi, bu jarayonga katalizatorlik rolini o„ynagan, ya‟ni ikki she‟riy tizimning ajralib chiqish jarayonini tezlashtirgan. Bizningcha, vazn masalasida arab va fors-tojik adabiyotining ta‟siri deganda huddi shu narsani tushunish kerak.

Zero, «har qanday ta‟sir tarixan qonuniy va ijtimoiy sababiga ega bo„ladi: uning mumkin bo„lishi uchun katta yoki kichik o„xshash va muayyan shaklga tushgan yo„nalishlar (g„oya va kayfiyat, mavzu va obrazlar) shu mamlakatda, shu ijtimoiy sinf ideologlarida mavjud bo„lishi kerak. A.N. Veselovskiy ijtimoiy tafakkurning o„xshash taraqqiyoti oqibati natijasida yuzaga kelgan bunday holatlarda «Ro„para keluvchi oqim`` (vstrechnoye techeniye) haqida gapirgan edi. O„zlashtirish, - A.N.Veselovskiy to„g„ri ta‟kidlaganiday,-qabul qiluvchidan bo„sh yerni emas, duch keluvchi oqim, tafakkurning o„zaro yaqin yo„nalishini, fantaziyaning o„xshash obrazlarini taqozo etadi. Shunday qilib «o„zlashtirish`` nazariyasi «asos`` va aksincha nazariyani tug„diradi``.

Qadimda, aniqrog„i``Qutadg„u bilig”dan oldin turkiy aruz namunalari bor edimi? Albatta bo„lgan. Bunga quyidagilar ham dalil bo„la oladi: 1)``Qutadg„u bilig” singari aruzning murakkab talablariga mukammal tarzda javob bera oladigan asarning ma‟lum bir adabiy ana‟nasiz yuzaga kelishi mutlaqo mumkin bo„lmagan holdir. 2) Bizga ma‟lum bo„lgan «Devonu lug„ot-it turk`` turkiy xalqlar og„zaki ijodining eng qadimgi namunalarini o„zida jamlagan yodgorlikdir. Unda shunday

39

parchalar uchraydiki, bu parchalar barmoq talablariga qay darajada javob bersa, aruz talablariga ham shu darajada javob bera oladi. 3) Shuningdek, turkiy xalqlar og„zaki ijoda namunalarida ham bu xil she‟rlar ko„plab topiladi:



Mutoqorib aruzning keng iste‟mol qilinadigan bahrlaridan biridir. An‟anaga ko„ra bu bahrda qahramonlik va jangnoma asarlari bitilgan.

Sharqning jahonga mashhur bo„lgan asarlari «Shohnoma`` (Firdavsiy), «Iskandarnoma`` (Nizomiy), «Oynai Iskandariy`` (Amir Xislav Dehlaviy), «Xiradnomai Iskandariy`` (A. Jomiy), «Saddi Iskandariy`` (A.Navoiy) ham shu vaznda yozilgan.

Mutaqoribning o„ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat va u``Qutadg„u bilig”da qanday aks etgan?

Mutaqorib bahrining solim rukni bir qisqa va undan so„ng kelgan ikki cho„ziq (u - - ) bo„g„inning takroridan hosil bo„ladi. Rukndagi ba‟zi bo„g„inlarning tushib qolishi yoki ruknning takrorlanish miqdoriga ko„ra mutaqoribning bir necha shakli yuzaga kela oladi. A.Rustamov uning 12 turini ko„rsatgan. Bobirda esa uning 39 xiliga misollar keltirilgan.

Ruknlar bayt davomida 4, 6, 8 marta qo„llagan bo„lishi mumkin. Shunga muvofiq vazn nomidan so„ng murabba‟, musaddas yoki musamman kabi so„zlardan biri qo„shiladi.``Qutadg„u bilig”da rukn (u - -) sakkiz marta takrorlangan, shuning uchun u matoqoribi musamman deyiladi. Asarda matoqoribning uch ko„rinishidan: solim, mahfuz, maqsur turlaridan foydalanilgan. Bu ko„rinishlardan keyingi ikkitasi, ko„pincha, bir baytning o„zida ham yondosh kela oladi:

Bu din dunya birla birikmaki sarb,

v - - v - - v - - v -

Qavushmas ekigun muni bilsa tab.

v - - v - - v - - v -

Shuningdek, mutaqoribning solim ko„rinishi musabbag„ bilan ham kela olishi mumkinligini Yusuf tajribasida kuzatamiz:

40

Yo„q ersa ayu bersu o„ngdi to„ru, qiliq,



v - - v- - v - - v - -

Tuzun to„rka kechsu, o„tunug„ surayi.

v - - v - - v - - v - -

mazmuni: Bo‘lmasa odat, qoida- qonun, fe’l-atvor (qanday bo‘lishini) aytib bersin(lar), Yaxshilar to‘rga chiqsinlar, tubanlarni surib chiqarayin.

Ko„rinadiki, zihoflardan ayrimlari o„zaro, ayrimlari esa solim vaznlar bilan yondosh kela oladi. Bu hol vaznni «buzmaydimi``? Umuman buni qanday izohlash kerak?

Solim rukn (fauvlun)da uch bo„g„in, uning hazfida (Mahfuzda, ya‟ni faulda), 2 bo„g„in bor, demak, bir baytning o„zida birinchi misrani solim, keyingisini mahfuz (yoki aksincha)qilish vaznning buzilishiga olib keladi. Shunga ko„ra ular o„zaro yondosh keltirilmaydi. Maqsurda-chi? Maqsurda ham bo„g„in o„zgaradi, ya‟ni fauvlundan fauvl qoladi, ammo bu mahfuz rukndagi (fa‟ul) bo„g„inlar bilan tengdir. Maqsur ruknning oxirgi bo„g„ini nisbatan cho„ziq bo„ladi, lekin bu o„ta cho„ziqlik odatdagi o„ziqlikdan bir ozgina farq qilganligi uchun talaffuzda sezilmas darajada bo„ladi. Shuning uchun ham u mahzuf bilan yonma-yon qo„llanaveradi.

Solim vazni bilan musabbag„ning bir bayt doirasida amal qila olishi ham xuddi shunday xarakterga ega. Bunda ham oxirgi bitta bo„g„in o„ta cho„ziqlik kasb etadi, lekin bu cho„ziqlik bitta bo„g„inning qisqarishi hisobiga emas, aksincha keyingi bo„g„inga bir sokinning qo„shilishi bilan yuzaga keladi. Demak, bknda ham bo„g„inlarning umumiy soni har ikki misraniki teng bo„lgani holda, faqat oxirgi bo„g„inlargina o„zaro farqlanadi. Yuqorida ko„rganimizdek, bunday bayt qo„yidagi sxemaga ega bo„ladi:

v - - v - - v - - v - -

v - - v - - v - - v - ~

yoki:

41


v - - v - - v - - v - ~

v - - v - - v - - v - -

Demak, bunday hollarda ritmda ro„y bergan o„zgarish deyarli «qayd etilmaydi``. O„z-o„zidanravshanki, vazn ham buzilmaydi. Shuni qayd qilish joizki, aruzdagi bunday istisnolarni Yusuf dadillik bilan qo„llay oldi. Tabiiyki, bunda Yusuf Xos Hojibga arab va fors-tojik adabiyoti tajribasi bilan yaxshi tanishligi qo„l kelgan, shuningdek, turkiy tilning o„ziga xos xususiyatlari uni shu yo„lni tutishga boshlagan.

Asarda vaznni buzib ko„rsatuvchi ayrim xolatlar borga o„xshab tuyuladi. Mana shu holatlar ko„pgina tadqiqotchilarni chalkashtirib, ularning asar vaznida ayrim kamchiliklar, yetishmovchiliklar bor, degan noto„g„ri fikrga kelishiga sabab bo„lgan. Chunki bu XI asrda yaratilgan asarning ko„chirilgan nusxasi nuqson va kamchiliksiz deb bo„lmaydi. Nusxa ko„chiruvchilar tomonidan turli, tahrirlar bo„lishi mumkinki, bu ayrim o„rinlarda bo„lsa ham, uning vaznida aks etmasdan qolmagan. . Shunday o„rinlarni sinchiklab o„rganish ko„rsatadiki, Yusuf bu holatlarda ham turkiy til xususiyatlariga tayangan holda aruz talablarini yuksak darajada ado etgan.

“Qutadg„u bilig” aruzda yozilgan birinchi yirik turkiy yodgorlik bo„lganligi sababli, uning qofiya tizimini arab-fors qofiya nazariyasi nuqtai nazaridan o„rganish katta nazariy-tarixiy ahamiyatga ega.

Asarning qofiya tizimi haqida I.V.Steblevaning ayrim tadqiqotlarini hisobga olmaganda, deyarli hech qanday ish qilinmagan. I.V.Stebleva o„z tadqiqotlarida arab-fors qofiya nazariyasining turkiy tilli adabiyotga tadbiqi masalalarining ba‟zi tomonlarini tadqiq etgan. Shuningdek,``Qutadg„u bilig” tadqiqotchilaridan Q.Karimov ham bu masalaga yo„l-yo„lakay to„xtalib o„tgan (Zero, tadqiqotchi bu sohani o„z o„rganish obyekti hisoblamagan).

Shunga ko„ra asar qofiya tizimini o„rganish poetika tarixi uchun muhim material vaxulosalar beradi. Asar qofiya tizimini o„rganish shuni ko„rsatadiki, unda klassik nazariyaga ko„ra ma‟lum ko„plab turlaridan unumli foydalanilgan. Qadimgi

42


turkiy tilli adabiyotdagi she‟riyat, garchi alliteratsiyaga asoslangan bo„lsa-da, so„ng qofiyalardan holi emas edi, biroq undagi so„ng qofiyalar elementar, embrional tarzda mavjud bo„lgan. So„ng qofiyalarning ko„pchiligi grammatik tuzilmalarning parallelligi sifatida, asosan bir xil so„zlarning takroriga tayanardi.

O„zaro tovush uyg„unligini hosil qiluvchi ana shu takrorlar turkiy poeziyada keyinchalik so„ng qofiyalarning paydo bo„lishiga olib keldi va bu hodisa`` Qutadg„u bilig”da o„zining yetuk kamoliga erishdi. Shuni ham aytish kerakki, so„ng qofiyali poeziya dastlab, turkiy xalqlarning og„zaki ijodida paydo bo„lgan. Bunga Mahmud Qoshg„ariyning «Devoni lug„ot it-turk``idagi faktlar dalil bo„la oladi, chunki «Devon`` materiallari, ko„p olimlarning fikriga qaraganda, VIII-X va hatto V asrlarga taalluqlidir. Albatta, «Devoni lug„ot it-turk``dagi ayrim (xususan, «shoir aytubdur`` deb boshlanadigan) parchalarning yozma adabiyotga aloqadorligini ham nazarda tutish kerak.

Klassik nazariyaga ko„ra qofiyaning negizini raviy harfi tashkil qiladi. Raviylari mos bo„lmagan qofiyali she‟r aybli hisoblanadi. Asar qofiya tizimini o„rganish asosida uning quyidagi tiplarini ajratish mumkin:

a) Arab-fors qofiya nazariyasi talablariga to„la mos keladigan qofiyalar.

b) Arab-fors poetikasining qat‟iyshakliy meyorlariga ko„ra o„rnatilgan kanonlar doirasidan chiquvchi, biroq X-XI asrlar poeziyasi uchun meyoriy hisoblangan qofiyalar.

v)``Qutadg„u bilig”ning o„zi uchun xos bo„lgan, ya‟ni keyingi davr arab-fors qofiya nazariyasi talablari bilan mos kelmaydigan qofiyalar.

Ko„p asrlar mobaynida arab-fors poetikasi ishlab chiqqan kanonlashgan talablarga javob beruvchi qofiyalar:

I. Oddiy qofiya ya‟ni faqat raviylari mos bo„lib, boshqa harflarining moslashishi shart bo„lmagan qofiya:

Bu ezgu tilagli neku ter, eshit,

Qamug„ ezguluk qil, o„zungga ish et.



Yaxshilik tilovchi (kishi) nima deydi eshit:

43


Faqat yaxshilik qil, (yaxshilikni) o‘zingga kasb qilib ol.

II. To„liq qofiya ya‟ni ravidan oldin bir yoki bir necha ohongdosh tovushlari takrorlangan qofiya. Bular muqayyad qofiya deb yuritiladi. Asarda bu qofiyani ko„plab turlari bor: agar qofiya raviy harfi bilan tugab, unga vasl, xuruj, mazid va noyira qo„shilmagan bo„lsa, muqayyad qofiya deyiladi.

«Qutadg„u bilig”da muqayyad qofiyaning qo„yidagi turlari bor:

1. Muqayyadi mujarrad:


Ko„ngulsuz qayu yerka mangsa adaq,

Necha yer yaqin ersa, bo„ldi yiraq.



Кўнгил истамасдан қаерга қадам ташланса,

(У) ер қанча яқин бўлса ҳам, узоқ туюлади.


Yüklə 59,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin