1.2. Arabcha so’zlar – hamd g’oyasi va badiiyati asosi
“…Hozirgi notinch va tahlikali zamonda butun bashariyat oldida paydo bo‘layotgan, biz ilgari duch kelmagan g‘oyat murakkab muammolar, global xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etish, shu yo‘lda barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtirishda, dunyo aholisining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadigan yoshlarni gumanistik g‘oyalar ruhida tarbiyalashda badiiy so‘z san’atining o‘rni va mas’uliyatini har qachongidan ham yuksaltirish zarurligini bugun hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Bu borada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan e’tiborga molik ishlar, xususan, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini izchil rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida ilm va ijod ahlini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlik madaniyatini oshirish kabi vazifalar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani haqida sizlar konferensiya ishi davomida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lasiz, deb o‘ylayman…Biz O‘zbekistonda “Adabiy do‘stlik – abadiy do‘stlik” degan chuqur ma’noli tamoyilga amal qilgan holda, jahon adabiyotining durdona asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish masalasiga g‘oyat jiddiy e’tibor qaratmoqdamiz.
…Bundan yuz yil muqaddam buyuk o‘zbek shoiri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li – Cho‘lpon “Adabiyot yashasa, millat yashar!” degan otashin da’vat bilan maydonga chiqqan edi.
Hayot va tarix sinovlaridan o‘tgan teran ma’noli bu so‘zlar bugun ham o‘z ahamiyati va qimmatini yo‘qotgan emas. Darhaqiqat, adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi”.25
Badiiy ijod uning nodir namunalarini tuzuvchi ma’lum bir xalqning e’tiqodiy qarashlari majmuasidan bahramand bo'ladi. Shu ma’noda u o'sha xalq dunyoqarashi, ma’rifiy olami va ma’naviyatini badiiy aks ettiradi. Shunga ko‘ra, alohida xalqlar nomlari bilan ataluvchi adabiyotlar vujudga keladi. Xalqimiz ma’naviy madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi esa o‘zbek adabiyotidir.
Xalqimiz ma’naviy qadriyatlarini o'zida ifoda etgan o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini o‘rganish barkamol avlod qalbida milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirilishiga ulkan hissa qo'shishi bilan ahamiyatlidir.26
Bunday boy ma’naviy xazinalar, ayniqsa, mumtoz o’zbek adabiyotining iste’dodli vakillaridan biri Yusuf Xos Hojib ijodida o’zining yorqin ifodasini topgan. Dunyoda boshqa tillar bilan aloqa qilmaydigan, ulardan so’z olmaydigan birorta til yo’q. Shu jumladan, turkiy til ham bundan mustasno emas. “Qutadg’u bilig” asarida qo’llanilgan arabcha so’zlarning g’oyaviy-badiiy xususiyatlari, ularning asar spetsifikasida tutgan o’rni, asar mazmunining muallif tomonidan har tomonlama ochib berilishida ushbu tilga oid leksikaning tutgan ahamiyamiyatini tahlil va tadqiq qilishga kirishamiz.
Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlar adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, ulug’ mutafakkir shoir va faylasufdir. Shoir qalamiga mansub “Qutadg’u bilig” dostoni turkiy yozma badiiy adabiyotning ilk yirik namunasi bo'lib, Yusuf Xos Hojibdan bizgacha yetib kelgan yagona adabiy meros sanaladi. Unda o’z davrining yetuk donishmandi, taraqqiyparvar ziyolisi bo’lgan ijodkorning ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy, falsafiy-irfoniy qarashlari majmuasi o’ziga xos uslubda badiiy ifodalangan.
Ma’lumki, “Qutadg’u bilig” dostoni ilk turkiy yozma asar bo’lgani sababli adabiyotimizda birinchi marotaba hamd va na’t keltirilgan dastlabki manbadir. Shoir bevоsita iqtibоs keltirilmasada, quyidagi baytlarda Qur’оn оyatlariga ishоrani ko‘rishimiz mumkin: 1-5, 29, 40, 42, 44, 53, 77, 91, 92, 103, 114, 133, 149, 162, 175, 179, 1999.
Turk olimi Mehmet Qara asarning “Qur’оn” оyatlari va hadislarga bo‘lgan munоsabatini ancha o‘rgangan.
Asarning Islom dini bilan mushtaraklik tomonlarini o‘rganish yo‘nalishida bir necha urinishlar bo‘lganini ta’kidlash o‘rinlidir. Bu yo‘nalishda dastlab yirik turk оlimi Rashid Rahmati Aratning nоmini mamnuniyat bilan tilga оlish kerak. U “Islоm ensiklоpediyasi”da asarning o‘rganilishi bilan alоqadоr bo‘lgan yirik bir maqоlasini e’lоn qilgan edi27. O‘zining ilmiy tahlili, qamrоvining kengligi, ma’lumоtlarining aniqligiga ko‘ra ushbu maqоla haligacha o‘z ilmiy ahamiyatini pasaytirgani yo‘q. U 1955-yilgacha bo‘lgan davrdagi deyarli barcha dunyo turkshunоsligida “Qutadg‘u bilig” yuzasidan amalga оshirilgan ishlarni qamrab оlganligi bilan e’tibоrga mоlikdir.
Asarni ilk bor okeanorti xalqlari keng ommasiga tatbiq eta olgan ingliz-Amerika turkshunоs оlimi R.Denkoff turli dinlar nazariyasi xususan, Qur’оn va Hadisdan yaxshi xabardоr bo’lgan. Оlim mutarjim tahlillariga ko‘ra asar g‘оyalarida erоn-islоmiy va turkiy an’analardan tashqari qadimiy grek va buddaviy dоnоlik namunalarining aksi yaqqоl ko‘zga tashlanadi28.
“Qutadg‘u bilig” siekretik asar. Unda islоmgacha bo‘lgan turli dinlar to‘g‘risida ma`lumоtlar bоr. Asarni jiddiy qilgan оlimlar undan kоnfutsiylik va budda ta’limоti ham mavjudligini aniqladilar.
Yuqoridagi ma’lumotlardan, qolaversa, doston matnidan ham ko’zga yaqqol tashlanib turadiki, asarni to’laqonli tushunish uchun kitobxon Qur’oni Karim va Hadisi Sharifdan yaxshi xabardor bo’lishi kerak.
Dostonning bevosita Alloh hamdi bilan boshlanishini inobatga olsak, dostonning nasriy muqaddimasi ham asar sujeti va unda ilgari surilgan yetakchi g’oyalarni o’quvchiga to’la yetkazish yo’lida xizmat qilgаnini sеzish mumkin. “Qutadg'u bilig”ning muqaddimaviy fasllari orasida “Yetti kavokib va o’n ikki burj” deb nomlangan bob alohida ahamiyatga ega. “Kavokib” va “burj” so’zlari arab tilidan kirib kelgan. “Kavokib” – “yulduzlar” degani bo’lib, matnda “sayyoralar” ma’nosida qo’llangan. “Burj” o’zbek tilida uchta tushunchani anglatishga xizmat qiladi: “minora”, “qal’a”, “yulduzlar turkumi”. Bu yerda “yulduzlar turkumi” ma’nosida kelgan. Musulmon adabiyotida “Yetti sayyora va o’n ikki yulduz” nomini keltirish an’anaga aylangan. Ushbu an’anani turkiy adabiyotga Yusuf Xos Hojib olib kirgan. Uning dastlabki satrlarida Allohning buyuk yaratuvchanlik sifati ulug'lanadi:
Dostları ilə paylaş: |