1. Ekskursiya va sayrning turlari



Yüklə 51,71 Kb.
səhifə6/8
tarix04.07.2023
ölçüsü51,71 Kb.
#135636
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Ekskursiya va sayrning turlari

Eskursiya
Ma’lumki, tabiat bilan tanishtirish jarayonida tarbiyachi xilma-xil: og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarni qo‘llaydi. U o‘simlik va hayvonlarni, ularning yashash sharoitlarini namoyish qiladi. Bu narsalarni oddiy mashg‘ulotlarda ko‘rsatib bo‘lmaydi. Shuning uchun tabiat bilan tanishtirish metodikasida mashg‘ulotlarni to‘ldiruvchi maxsus shakllar qo‘llaniladi.Ekskursiya bolalarni tabiat bilan tanishtiruvchi mashg‘ulotlar turidan biridir. U tabiat bilan tanishtirish metodlarining ko‘rgazmali metodiga kiradi. Ekskursiya vaqtida bola tabiat hodisalarining mavsumiy o‘zgarishlarini tabiiy sharoitda kuzatishi, tabiatning insonning hayot va talablariga muvofiq o‘zgarayotganini hamda atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to‘g‘risida bilimlar to‘plashga imkon beradi. Ekskursiya mashg‘ulotlarining afzalligi yana shundaki, unda bolalar o‘simlik va hayvonlarni ular yashaydigan muhitda ko‘rish hamda tabiatda mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqalar haqida dastlabki dunyoqarash, tasavvurlarini, olamni materialistik tushunishni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tarbiyachi rahbarligida o‘rmon, dala, daryo va ko‘l qirg‘oqlariga uyushtirilgan ekskursiya bolalarning diqqatini jalb qiladi, tabiat burchagida olib boriladigan keyingi kuzatishlarga xilma-xil material to‘plashga sharoit yaratadi. Ekskursiyalarda bolalarda kuzatuvchanlik, tabiatni o‘rganishga qiziqish o‘sadi. Ular narsalarni sinchiklab kuzatish va uning xarakterli xususiyatlarini qayd qilishga odatlanadilar. Tabiatning go‘zalligi bolalarda estetik hissiyotlarning o‘sishiga yordam beradi. Shu asosda ona tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish shakllanadi. Ekskursiyalar mazmuniga ko‘ra shartli tarzda ikki turga bo‘linadi: tabiatga uyushtiriladigan ekskursiya - bog‘, o‘rmon, daryo, o‘tloq, shuningdek, hayvonot bog‘i, botanika bog‘iga (bular turli mavsumda o‘tkaziladi) ekskursiyalar hamda qishloq
xo‘jaligi ekskursiyasi - dala, parrandachilik fabrikasi, bog‘, ekinzor va shu kabilarga kattalarning mehnati bilan tanishish maqsadida uyushtiriladigan ekskursiyalar. Ekskursiya mashg‘ulot turi sifatida o‘rta, katta hamda tayyorlov guruhlarida o‘tkaziladi. Har bir ekskursiya uchun barcha bolalar egallashlari shart bo‘lgan dastur mazmuni belgilanadi. Ekskursiya 5 qismdan iborat: 1. Ekskursiyaning nomi. 2. Ekskursiyaning maqsadi. 3. Ekskursiyaga tayyorgarlik. 4. Ekskursiyaning borishi. 5. Ekskursiyani yakunlash.
Tarbiyachining ekskursiyaga tayyorlanishi.Tarbiyachi ekskursiyani rejalashtirar ekan, ekskursiya mavzusi hamda maqsadini aniq belgilaydi, ekskursiya o‘rnini, unga boriladigan qulay (bolalarni charchatmaydigan, ular diqqatini asosiy maqsaddan chalg‘itmaydigan) yo‘lni belgilaydi.Ekskursiya o‘rnini tanlashda bolalarning jismoniy imkoniyatlarini (piyoda yuriladigan ekskursiyalar kichkintoylar uchun faqat yaqin masofalargagina uyushtirilishi mumkin), shuningdek mavsumni, yo‘lning xususiyatlarini, ob-havo holatini hisobga olish zarur. Ekskursiya uyushtiriladigan joy tarbiyachiga qanchalik tanish bo‘lmasin, u bir-ikki kun oldin o‘sha joyni ko‘rib chiqishi lozim. Bo‘lajak ekskursiya joyida bo‘lgan tarbiyachi marshrutni aniqlaydi, kerakli obyektlarni topib, bolalar kuzatishlarni mustaqil olib borishlari hamda dam olishlari mumkin bo‘lgan joyni belgilaydi. Ekskursiyani o‘tkazishdan oldin tarbiyachi uni o‘tkazish usullarini atroflicha o‘ylab ko‘radi va ekskursiya qiziqarli o‘tishi uchun oldindan she’r, topishmoq, maqollarni tanlab, ulardan foydalanadi. Bolalarni ekskursiyaga tayyorlash. Ekskursiyadan bir necha kun oldin bolalarda mashg‘ulotga qiziqish uyg‘otish, tasavvurlarni jonlantirish maqsadida tarbiyachi ular bilan kichik suhbat o‘tkazadi, ya’ni ekskursiya vazifalarini qo‘yadi, topshiriq va vazifalarni taqsimlaydi, ekskursiyadagi xulqatvor qoidalari bilan tanishtiradi, shuningdek anjom-aslahava jihozlarni tayyorlaydi

Yüklə 51,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin