1. Ekskursiya va sayrning turlari



Yüklə 51,71 Kb.
səhifə4/8
tarix04.07.2023
ölçüsü51,71 Kb.
#135636
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Ekskursiya va sayrning turlari

Jonsiz tabiat. Bolalarga ob-havo holatini (sovuq, issiq, iliq, quyoshli, bulutli, shamol esayapti, yomg’ir yogayapti, do’l yog’ayapti), suv va qorning ayrim xususiyatlarini (suvtiniq, qor yumshoq bo’lishi, undan qorbobo yasash, qor bo’ron o’ynash mumkin va hokazo; qor quruq ham bo’ladi) farqlashni o’rgatish.
Ayrim predmetlar suvda cho’kishini, ayrimlari cho’kmasligini: issiq kunda ko’lmak suv tez, sovuq kunda sekin qurishini anglab olishlariga yordam berish.
Jonsiz tabiatning ayrim xususiyatlari (tosh-qattiq,qum-sochiluvchan)ni farqlashni o’rgatish. Qorning xususiyatlari (sovuq, yumshoq, yopishqoq, ho’l, quruq) bilan tanishtirish.
Bolalarni tong, kunduz, kechqurun, kechasi tushunchalari bilan tanishtirish, kun qismlarida insonlar va bolalarning harakatlari haqida suhbatlar o’tkazish.
O’simliklar dunyosi.Sabzavotlar (baqlajon,karam,sholg’om,turp,piyoz) va mevalar (anor,anjir,behiuzum,o’rik) bilan tanishtirishni davom ettirish. Bolalarga sabzavot va mevalarning nomlarini, rangi, shakli, ta’mi, ovqatga ishlatilishining (xomligicha, pishirilgan,tuzlangan va quritilgan holda) xarakterli belgilarini bilishlari: Sabzavotlar polizda mevalar esa daraxtda o’sishi bilan tanishtirish. Bolalarga sabzavotlar har yili ekilishini, mevalar esa ko’p yillik o’simlik hisoblanishi xaqida kisqacha tushuncha berish.
Sabzavot va mevalar yetishtirishda kattalarning mehnati haqidagi tasavvurni shakllantirish.
Kuzda daraxtlar bargining to’kilishi, o’tlarning sarg’ayishi, dala va boglarda yig’im-terim ishlarining boshlanishi haqida suhbatlar uyushtirish.
Kuzning oxirida daraxtlarning bargi butkul to’kilib bo’lishi, o’t-o’lanlarning esa xazonga aylanishi. Faqat ignabargli archalargina har doimgidek ko’m-ko’k qolishi haqida tushuncha berish.
Urug’dan o’simliklar yetirish (o’sishidagi izchillik, o’sish uchun zarur sharoitlar, parvarish qilish) haqida; o’simliklar hayoti va o’sishining ayrim shartlari (ular yerda o’sadi, ularni suv bilan sug’orish kerak, tuproq serozuqa bo’lishi uchun uni o’g’itlash, yorug’lik kerak) haqidagi tasavvurlarini shakllantirish.
Bolalar diqqatini kunlar ilishi bilan daraxtlarning kurtak chiqarishi, gullashi, barg yozishi, o’t-o’lanlarningko’karishi kabilarga jalb etish.
Gilos va shaftoli daraxtining gulini qiyoslash va farqlashga o’rg’atish.
O`simliklarning tuzilishi haqidagi tasavvurni aniklash va mustahkamlash. Daraxtlarda bitta tana,yo’g’on va ingichkashoxlar, yaproqlar bor. Butalar va bir necha ingichka tana, shox, barglari borligi, o’tsimon o’simliklarda poya, barg, gullar borligi, o’simliklar ildizlari bilan o’zlarini yerda tutib turishi va yerdan suv hamda ozuqa moddalarini olishi haqidag’i tasavvurlarini kengaytirish.
Atrofdagi o’simliklarning quyidagi belgilariga qarab tanish:
daraxtlar, butalarning barglari, po’stlog’iga; o’tsimon o’simliklarning rangi va gulining shakliga qarab tanish.

Yüklə 51,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin