1. Elektr tokning inson organizmiga ta’siri. Ellektr tokidan saqlanish. Statik elektrdan saqlanish choralari


Korxonalarida elektr kurilmalarini ishlatishda rioya qilinadigan xavfsizlik yo’llarining asosiy koidalari hamda talablari



Yüklə 85 Kb.
səhifə5/9
tarix15.10.2023
ölçüsü85 Kb.
#156009
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ELEKTR TOKNING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI.

Korxonalarida elektr kurilmalarini ishlatishda rioya qilinadigan xavfsizlik yo’llarining asosiy koidalari hamda talablari.
Paxta, yigirish, tukuvchilik, tikuvchilik, trikotaj, pilla tortish va ipak yigirish fabrikalarida elektr kurilmalarini xavfsiz o’rnatish hamda ishlatish koidalari va talablari hamda elektr kurilmalarini ishlatishda istyemolchilar rioya qilishlari kerak bo’lgan xavfsizlik koidalari Energetika va elektrlashtirish vazirligi tomonidan 1989 y. 12 aprelda tasdiklangan va 1990 y. 1 iyundan kuchga kirgan.
Elektr kurilmalarini o’rnatish koidalariga muvofik barcha xonalar elektr xavflilik darajasiga kura uch toifaga ajratiladi:
1-yu k o r i d a r a j a d a x a v f l i x o n a l a r.
Bunday xonalarda katta xavfni yuzaga keltiruvchi kuyidagi sharoitlardan biri mavjud bo’ladi: zaxlik-nisbiy namligi 75% dan ziyod bo’ladi, tok o’tkazuvchi chang ish vaqtida kup mikdorda simlarga o’tiradi, mashinalar, apparatlar va shu kabilar ichiga kirib koladi; tok o’tkazuvchi metall, tuprok, temir-beton pollari; yukori xarorat, xarorati +300S va xarorati +350S dan ziyod bo’ladigan xonalar; odamning bir vaqtining uzida, yerga ulangan metall konstruksiyalar, texnologik uskunalar mexanizmlarga va uskunalarining metall korpuslariga tegib ketish extimoli;
2- u t a x a v f l i x o n a l a r. Bunday xonalarda ushbu sharoitlardan biri mavjud bo’ladi: o’ta zaxlik xona nisbiy namligi 100% ga yakin; kimyoviy aktiv muxit; yukori darajada xavfli xonalarga xos bo’lgan ikki yoki bundan ortik sharoitlarining bir vaqtda mavjud bo’lishi;
3- yu k o r i d a r a j a d a x a v f l i b u l m a g a n x o n a l a r. Bunday xonalarada yukori darajadagi yoki o’ta yukori darajadagi xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoitlar bo’lmaydi.
Xonalarning ana shu turlariga va elektr kurilmalarini o’rnatish koidalariga muvofik elektr uskunalari shuning uchun to’g’ri tanlanadi hamda elektr kurilmalariga xavfsiz xizmat ko’rsatish tadbirlari ishlab chikiladi. Masalan: pilla tortish va ipak yigirish fabrikalarining pillalarni saralash, pilla tortish, yigirish sexlari hamda ivitish xonalari yukori darajada xavfli xonalar guruxiga kiradi.
Ishlab chiqarish sharoitida kupincha kuchma elektr asboblar ishlatiladi. Ulardan foydalanishda kuyidagi xavfsizlik koidalariga amal qilish zarur:
-kuchlanish 42 V dan katta bo’lganda elektr asbobni yerga ulab kuyish lozim;
-elektr asbobni ishlata boshlashdan oldin ta’minlovchi simining izolyatsiyasini obdan tekshirish kerak;
-foydalanish xukuki bo’lmagan kishilarni elektr asbob bilan ishlashga kuyish kat’iyan man etiladi;
-elektr asbob uz-uzidan ishlab ketadigan va uchib koladigan bo’lmasligi, ishlatishga xavfsiz bo’lishi, uning tok o’tkazuvchi qismlariga tasodifan tegib ketish extimoli bo’lmasligi zarur.
Elektr uskunalari bilan bajariladigan ishlarni tashkil qilishda ularning xavfsizligini oshirish uchun ularga “Ulamang-odamlar ishlayapti!” yozuvli ogoxlantiruvchi plakatlar, muvakkat to’siqlarga “Tuxtang, xayot uchun xavfli!”, “Kuchlanish bor!” yozuvli ogoxlantiruvchi plakatlar osib kuyish shart.
Sanoat korxonasining xududidan o’tkazilgan kabel liniyalari rejali tushirilgan bo’lishi lozim.
Xandakka planirovka belgilasidan 0,7 m chukurlikda, kucha va maydonlar kesishgan joylarda esa 1 m chukurlikda yotkazilgan 20-35 kV kuchlanishli kabellar mexaniq shikastlanishlardan saqlash uchun boshidan-oxirgacha maxsus plitallar koplab himoyalanishi, 20 kV dan kichik kuchlanishli kabellar esa kabellar trassiga nisbatan kundaligiga bir kavat qilib terilgan plitkalar yoki gishtlar bilan himoyalanishi zarur.
Istyemolchilarning elektr kurilmalarini ishlatish koidalarida elektr kurilmalariga xizmat ko’rsatuvchi xamma kishilarga elektr xavfsizligining asosiy koidalarini ukitish hamda yiliga bir marta elektr kurilmalariga bevosita xizmat ko’rsatadigan yoki ularni yigish-o’rnatish, sozlash va tuzatish ishlarini bajaradigan shaxslar uchun; uch yilda bir marta-yukorida aytilgan guruxga taalukli bo’lmagan muxandis-texnik xodimlarning bilimlarini tekshirib turish kerak.

Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin