1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni


Ishonchlilik va uning turlari



Yüklə 158,86 Kb.
səhifə17/64
tarix22.06.2022
ölçüsü158,86 Kb.
#62068
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64
eksperimental psixologiya

20.Ishonchlilik va uning turlari
Metodikaning ishonchliligi – metodika yordamida barqaror, qat'iy ko‘rsatkichlarni olish imkoniyatlari bilan tavsiflanadi.
Psixologik test natijalarini nazorat qilish murakkab omillarga bog‘liq va bu quyidagilardir: asbob-uskunalarning o‘lchov sifati; psixologik testlarning doimiy relevant tavsifi; sinaluvchining ko‘rsatmalarni to‘g‘ri tushunishi; sinaluvchining xulqi, xatti-harakati; sinaluvchining dolzarb psixologik holati.
Psixodiagnostik tadqiqot jarayonida ushbu omillarning o‘zgarishi o‘lchovning ishonchlilik darajasini pasaytiradi, chunki bu omillarning doimiyligini saqlab turishning imkoni yo‘q, shuning uchun ham psixodiagnost metodikaning Yuqori darajada ishonchliligiga amin bo‘lishi juda qiyin. Ushbu omillarning asosiylaridan biri metodikaning o‘zining ishonchliligidir, chunki qolgan omillarning olingan natijalar doimiyligiga ta'siri ancha kamdir.
Psixodiagnostik metodikalarning ishonchliligini ikki xil usul bilan tekshirib chiqish mumkin:
Ushbu metodika yordamida har xil odamlarda olingan natijalarni taqqoslash.
Aynan bir xil sharoitda metodikani qo‘llash va undan olingan natijalarni taqqoslash.


21.Tanlanma to’plam reprezentativligi
Reprezentativlik (frants. representatif- namunali) tanlanma to’plam bosh to’plam xususiyatlarini aks ettiradi degan ma`noni anglatadi. Reprezentativlik o’rganilayotgan belgilarning tanlanma to’plamda taqsimlanishi ularning real taqsimlanishiga ma`lum statistik xatolik bilan mos kelishini bildiradi. Har qanday tadqiqotda to’plam reprezentativligini ta`minlash uchun ma`lum sharoitlarga amal qilish kerak. Ulardan asosiylari quyidagilar:
a) bosh to’plamning har bir birligi to’plamga tushish ehtimoli bo’lishi zarur; b) o’zgaruvchi to’plam o’rganilayotgan belgiga bog`liq bo’lmagan ravishda tanlanadi; v) tanlov bir xil to’plamlardan amalga oshiriladi; g) tanlovda birliklar soni ko’p bo’lishi lozim. Keng ma`noda reprezentativlik metodikaning validligi bilan bog`liq.



Yüklə 158,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin