22.Psixodiagnostik tekshiruvlarga qo’yiladigan talablar 1. Tadqiqotlarni tashkil qilish tekshiruvda qo‘llaniladigan metod va metodikalarni tanlash hamda sinab ko‘rishni (pilotaj tekshiruv) o‘z ichiga oladi. Tadqiqotga tayyorgarlik jarayonida tekshiriluvchilar va ularning soni aniqlanadi.Tadqiqot metodi – bu tadqiqotchini qiziqtirgan ma’lumotni qo‘lga kiritish yo‘li, vositasi.Tadqiqot metodikasi – bu psixik jarayonlar va ularning xususiyatlari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni qo‘lga kiritish uchun ishlatiladigan konkret usul va vositalar majmui.
2. Tadqiqot o‘tkazish joyi turli xil tashqi shovqinlardan holi bo‘lishi, shu bilan birga sanitariya- gigiena qoidalariga javob berishi lozim. Majbur qilmaydigan ish holati ta’minlanishi kerak.
3. Tadqiqotning texnik ta’minlanishi hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga mos tushishi kerak.
4. Sinaluvchilarni sifat jihatidan bir xil qilib tanlash zarur
.5. Tadqiqotchi tadqiqotning borishiga, uning barcha bosqichlarini o‘tkazishga ta’sir etadi (rejalashtirishdan, to xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishgacha).
6. Yo‘riqnoma yoki ko‘rsatma tadqiqot boshlanishidan oldin, tayyorgarlik bosqichida tuziladi. U aniq, qisqa va bir ma’noli bo‘lishi lozim.
7. Tadqiqot natijalari bayonnomalarda qayd etilib, u bir vaqtning o‘zida ham to‘la, ham maqsadga qaratilgan bo‘lishi kerak
.8. Tadqiqotdan olingan ma’lumotlar sifat va miqdor jihatdan analiz, sintez qilinishi, ya’ni qayta ishlanishi zarur.Psixodiagnostik metodikalarga qo‘yiladigan talablar:
Psixodiagnostik metodikalar qo‘llanilishidan oldin yuqori sifat va samaradorligini ko‘rsatuvchi mezonlar asosida tekshiruvdan o‘tkazilishi zarur.Psixodiagnostik metodikalarni baholashning asosiy mezonlari sifatida ishonchlilik va validlik olinishi mumkin.
23.Ilmiy tadqiqot nima? Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog’langan ikki kiyem — tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qoʻllaniladi.