4.Psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning predmeti Hozirgi zamon psixologiyasi har xil usullar bilan kishi amaliy faoliyatiga ta'sir qilish imkoniga ega. Shunday usullardan biri, bu turli toifadagi odamlarga psixologik yordam k o ‘rsatishdan iboratdir. Ammo psixologik yordam k o krsatish uchun, avvalo, ulardagi psixik o ^garishlar sabablarini va unga ta'sir qiluvchi om illam i aniqlash zarurati tug‘iladi. Bunda biz psixodiagnostika faniga va uning metodlari hamda m etodikalariga murojaat qilam iz. «Psixodiagnostika» atamasi psixologik tash x is q o ‘yish degan ma'noni anglatib, shaxsning ruhiy holatida to ‘liq biror-bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda «tashxis» shaxsning taraqqiyot ko‘rsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat. «Psixodiagnostika» atamasi ilk bor R orshaxning «Psixodiagnostika» asari chop etilishidan so 'n g psixiatriyada qo llan ilg an b o 'lib , u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham keng miqyosda om m alasha boshladi. «Diagnoz», ya’ni «tashxis» esa shaxs rivojlanishidagi har qanday o g ‘ishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarining konkret taraqqiyot darajasini aniqlash demakdir.
Psixodiagnostika – bu maxsus bilimlar sohasi bo‘lib, individ guruhning psixologik taraqqiyot ko‘rsatkichlarini, holat va xususiyatlarini baholash uchun metodikalar majmuini ishlab chiqish bilan bog‘liqdir. Psixologiya fani o‘rganayotgan har qanday jarayon psixodiagnostikaning baholash ob'ekti bo‘lishi mumkin. Masalan: o‘zaro hamkorlik qilayotgan shaxslarning xatti-harakatlari va muloqotida Yuzaga keladigan, alohida bir odam sezgisidan boshlab, murakkab ijtimoiy- psixologik jarayongacha.
5. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning vazifalari Psixodiagnostika – bu maxsus bilimlar sohasi bo‘lib, individ guruhning psixologik taraqqiyot ko‘rsatkichlarini, holat va xususiyatlarini baholash uchun metodikalar majmuini ishlab chiqish bilan bog‘liqdir. Psixologiya fani o‘rganayotgan har qanday jarayon psixodiagnostikaning baholash ob'ekti bo‘lishi mumkin. Masalan: o‘zaro hamkorlik qilayotgan shaxslarning xatti-harakatlari va muloqotida Yuzaga keladigan, alohida bir odam sezgisidan boshlab, murakkab ijtimoiy- psixologik jarayongacha.
Psixodiagnostika fanining nazariy vazifalari quyidagilardan iborat:
psixik ko‘rinishlar tabiati va ularni ilmiy jihatdan printsipial baholashning imkon darajasini aniqlashtirish;
hozirgi paytda psixologik ko‘rinishlarning miqdorini baholash va uning ilmiy asoslanganlik holatini o‘rganish;
psixodiagnostik usul va uslublarning asosiy metodologik talablari nimalardan iborat;
psixodiagnostik tadqiqotning shart-sharoitlari, natijalarni qayta ishlash hamda ularni interpretatsiya qilish usullarining ishonchliligi nimalarga asoslangan;
test va psixodiagnostik metodlarning tuzilishi hamda ilmiyligini tekshirishning asosiy muolajalari nimalardan iborat.
Psixodiagnostika fanining amaliy vazifalari psixolog faoliyatining maxsus sohasiga taalluqli bo‘lib, amaliy psixologik tashxis qo‘yish bilan bog‘liqdir. Bunda masala nafaqat nazariy, balki psixodiagnostik tadqiqotni tashkil qilish va o‘tkazishning amaliy jabhalarini qamrab oladi hamda quyidagi vazifalardan iboratdir:
psixodiagnostga mutaxassis sifatida qo‘yiladigan kasbiy talablarni aniqlashtirish;
psixolog haqiqatdan ham u yoki bu psixodiagnostik metodlarni mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli o‘zlashtirib olgani haqida minimal amaliy shartlar, ya'ni kafolat sifatida;
psixodiagnostika sohasida o‘z ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun psixolog o‘zida mujassamlashtirishi shart bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar;
psixologning psixodiagnostika sohasida malakali mutaxassis ekanligini hamda amaliy jihatdan tayyorgarligini baholash mezonlarini hamda dasturlarini ishlab chiqish.
Psixodiagnostika xususiy jihatdan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
bola tug‘ilgandan boshlab maktab ta'lim jarayoniga tayyorgarligi, yosh davrlarining psixologik taraqqiyot dinamikasini o‘rganadi (bilish jarayonlari, intellektual qobiliyatlari, shaxs sifatlari hamda shaxslararo munosabatlarini). Bunda har bir bolaga maxsus psixodiagnostik kartochka to‘ldiriladi va uning rivojlanish ko‘rsatkichlari har oyda yoki yilda qayd qilinib boriladi;
har bir bolaning psixik va xulqiy rivojlanishidagi individual qobiliyatlarini tekshirish, uning o‘rtacha standart me'yorlardan chetlashishlari, ya'ni ijobiy (rivojlanishda oldindami), salbiy (rivojlanishdagi qoloqligi) tomonlarini aniqlash;
bolaning ta'lim va tarbiya jarayonidagi Yutuqlarini aniqlash maqsadida psixologik xizmat ko‘rsatish va uning natijasida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
bolani yanada rivojlantirish maqsadida uning iqtidori, layoqati va individual qobiliyatlarini hamda qiziqishlarini tashxislash hamda ilmiy asoslangan psixologik maslahat va kasbga yo‘naltirilish ishlarini olib borish;
bolaning psixologik holati haqida ota-onalarga, o‘qituvchilarga zarur bo‘lgan har tomonlama ma'lumotlar to‘planib, bolaga mos ravishda ta'lim va tarbiya metodlarini tanlash.