1. Flotatsion sxemalarni tuzish prinsiplari Flotatsiya jarayoniga ta`sir etuvchi omillar



Yüklə 280 Kb.
səhifə6/7
tarix27.12.2023
ölçüsü280 Kb.
#199481
1   2   3   4   5   6   7
15-Ma’ruza.

Reаgentlаrni qo’shish tаrtibi. Flotatsiyada reagentlar tarkibi ishlatilayotgan reagentlarning turi, ularning sarfi, jarayonga berilish tartibi reagentlarning bo’tana bilan ta’sirlashuv vaqti bilan belgilanadi. Reagent tartibi berilgan rudaning flotatsion qobiliyatini, mineral zarrachalarni yirikligi, suvning tarkibi va h.k.larni o’rganish borasida olib borilgan tajribalar asosida tanlanadi.
Odatda reagentlar quyidagi ketma-ketlikda qo’shiladi: muhit sozlovchilar, tazyiqlovchilar (faollashtiruvchilar), to’plovchi va ko’pik hosil qiluvchilar.
Muhit sozlovchilar tegirmonga yoki chanlarga beriladi. To’plovchilar esa kontakt chanlar yoki to’g’ridan-to’g’ri flotatsion mashinalarga beriladi. To’plovchi odatda bira-to’la emas, balki oz-ozdan qo’shiladi. Ko’pik hosil qiluvchilar flotatsion kameraga beriladi.
Suvning tarkibi flotatsiya jarayoniga ta’sir qiladi, chunki suv o’zining tarkibida har xil ionlar, erigan gazlar va boshqa qo’shimchalarni saqlaydiki, ular muhitning pH ini o’zgartirib, ko’pik hosil bo’lishini yomonlashtiradi va reagentlar sarfini oshiradi. Bo’tanadagi ionlar kerak bo’lmagan holda minerallarga faolligini oshiruvchi yoki so’ndiruvchi sifatida ta’sir qilishi mumkin.
Flotatsiya jarayonida flotatsiyalanuvchi komponentning boyitmaga ajralish darajasi va boyitmaning sifatini belgilaydi. Olib borilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, flotatsiya vaqtining ma’lum bir chegarasi (optimum) bo’lib, flotatsiya vaqtining optimumdan oshishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas, chunki qimmatbaho komponentning boyitmaga ajralishining sezilarsiz darajada ortishi flotatsiya vaqtining ancha uzayishi, boyitma sifatining yomonlashishi va flotatsion mashina ishlab chiqarish unumdorligining kamayishi hisobiga sodir bo’ladi.
Bo’tananing aeratsiyalanish darajasi flotatsiya vaqti va boyitishning texnologik ko’rsatkichlariga ta’sir qiladi. Bo’tananing aeratsiyalanish darajasi ortishi bilan flotatsiya vaqti kamayadi. Biroq, bo’tanani havo bilan haddan tashqari to’yintirish ularni qo’shilishini ko’paytiradi. Nisbatan yirik pufakchalar katta tezlikda qalqib chiqib, ulardan mineral zarrachalarning ajralish ehtimolini oshiradi. Bo’tanada mineral zarrachalarni ko’tarish uchun nisbatan yirik zarrachalarning ham, va mineral zarracha yuzasini faollashtiruvchi mayda pufakchalar ham bo’lishi kerak.
Flotatsiyaning samarali ketishiga flotatsion mashinaning ishlash sharoiti ham ta’sir qiladi. Mashinaga tushayotgan bo’tananing hajmi va undagi qattiq zarrachalarning massa ulushi (zichligi) doimiy bo’lishi kerak.
Flotatsion mashinani haddan tashqari yuklash metallni boyitmaga ajralishini kamaytiradi, chunki flotatsiya vaqti kamayadi. Mashinaga yetarli miqdorda mahsulot solinmasa, buning aksicha, flotatsiya vaqti ortadi va ko’pikli mahsulotga puch tog’ jinslari o’tib ketib, boyitma sifati yomonlashadi.



Yüklə 280 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin