1. Flotatsion sxemalarni tuzish prinsiplari Flotatsiya jarayoniga ta`sir etuvchi omillar


Ko`pikli flotatsiyada flotatsiya mashinasi samaradorligiga ta`sir qiluvchi asosiy omillar



Yüklə 280 Kb.
səhifə7/7
tarix27.12.2023
ölçüsü280 Kb.
#199481
1   2   3   4   5   6   7
15-Ma’ruza.

Ko`pikli flotatsiyada flotatsiya mashinasi samaradorligiga ta`sir qiluvchi asosiy omillar
Ko`pikli flotatsiyada flotatsiya mashinasining ishlash samaradorligiga ko`p sonli bir biriga bog’liq omillar ta`sir qiladi.
Flotatsiya mashinalarining samarali ishlashini belgilovchi asosiy omillardan biri bo`tanani aeratsiyalash hisoblanadi. U beriladigan havo sarfiga, uning dispergatsiyalanish darajasiga, bo`tana hajmi bo`ylab taqsimlanishiga, aralashtirish jadalligiga, bo`tana zichligiga, ko`pik hosil qiluvchi reagentning turi va miqdoriga bog’liq [1].
Flotatsiya kamerasining ish samaradorligi uning aeratsiyalanuvchi hajmiga uzviy bog’liq bo`lib, u turli flotatsiya mashinalarida turlicha bo`ladi.
Aeratsiyalanayotgan hajmdagi havoning miqdori 0 dan 30 % gacha o`zgarishi mumkin.
Sanoat sharoitida aeratsiya flotatsiya kamerasining gorizontal kesimi birligidan yoki bo`tana hajmi birligidan vaqt birligi oralig’ida o`tgan havo hajmi bilan tavsiflanadi. U turli turdagi flotatsiya mashinalarida odatda 600÷1300 l/(m2 min) ni tashkil etadi.
Aeratsiyaning oshishi bilan flotatsiya tezligi ortib boradi. Masalan, donador sulfidli rudalarni bir xil ajralishga erishish uchun kerakli flotatsiyalanish vaqti kvadrat ildiz ostidagi aeratsiya darajasiga teskari proportsional. Bo`tanaga beriladigan yoki so`rib olinadigan havoning miqdori mashina turiga va uning ishlash tartibiga bog’liq. Pnevmatik va pnevmomexanik flotatsiya mashinalarida havo sarfi avtomatik tarzda sozlanadi. Ammo, maksimal texnologik ko`rsatkichlarga ega bo`lish uchun havoning umumiy hajmi emas, balki havo pufakchalari yuzasining umumiy maydoni va ularni bo`tana yuzasiga suzib chiqish tezligini belgilovchi disperslik muhim ahamiyatga ega.





91-rasm. Ko`pikli separatsiya uchun flotatsiya mashinasi.

Havo pufakchalarining dispersligi aerator turiga, ko`pik hosil qiluvchi reagentning turi va konsentratsiyasiga bog’liq. Mexanik va pnevmomexanik flotatsiya mashinalarida u bo`tanani impeller yordamida aralashtirish jadalligi oshgani sari ortadi. Ammo, juda kuchli aralashtirish nafaqat pufakchalar va suvda qiyin eriydigan reagentlar dispersligini oshishiga, zarrachalar bilan pufakchalar to`qnashish ehtimolining ortishiga, balki pufakchadan ajratadigan kuchning oshishiga, yirik zarralarning flotatsiyalanish ehtimolini pasayishiga va elektr energiyasining sarfini oshishiga ham olib keladi [10].


Amaliyotda shunday hollar ham uchraydiki, (masalan, Kirovsk apatit nefelin boyitish fabrikasi) impellerning aylanish tezligini kamaytirish fabrika ishlashining texnologik va iqtisodiy ko`rsatkichlarini oshishiga olib keladi.
Bo`tana hajmida pufakchalarning teng taqsimlanishi flotatsiya kamerasining foydali ishlatilish koeffitsientini tavsiflab, u flotatsiya mashinasi turiga va bo`tanani aralashtirishning jadalligiga bog’liq.
Amaliyotda bo`tananing birlik hajmidagi qattiq mahsulot miqdori yoki bo`tanadagi qattiq fazani suyuq faza massasiga nisbati (Q:S) bilan tavsiflanuvchi bo`tana zichligi flotatsiyaning qator parametrlari va ko`rsatkichlariga katta ta`sir ko`rsatadi.
Bo`tana zichligining oshishi (fabrikaning unumdorligi o`zgarmas bo`lganda) bo`tananing flotatsiya mashinasi kamerasida bo`lish vaqtini va bo`tanadagi reagentlar konsentratsiyasining ortishiga (bo`tanadagi qattiq mahsulot birligiga uning sarfi o`zgarmas bo`lgan hol uchun) olib keladi.
Yüklə 280 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin