v) er silkinishi ehtimolida: «Diqqat! Fuqarolar muhofazasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Er silkinishi ehtimoli bor! Gaz, suv, elektroenergiya, yonayotgan moddalarni o‘chirib, uylarni xavfsiz holatda qoldirib, eshitgan ma’lumotlarni qo‘niqo‘shnilarga etkazing. Kerakli narsalarni: kiyim-kechak, hujjat, oziq-ovqat, suv olib baland qurilgan imoratlardan uzoqroq joylarda saqlaning!»
Er silkinganda inshootlarda bo‘lsangiz, darhol eshik, oyna ustunlari tagiga turib oling. Tartib va osoyishtalik saqlansin.
Fuqaro muhofazasi shtabi yo‘riqnomalariga e’tiborni qarating!
3. Radiatsiya va kimyoviy ta’sirlarga qarshi omillar
RQ va KTQ omillar deyilganda ionlantiruvchi nurlar (j), zaharli kimyoviy moddalar va odamga kuchli ta’sir etuvchi moddalar (KTZM) ta’sirini kamaytirishga mo‘ljallangan kompleks omillar tushuniladi. RQ va KTQ ga omillarida quyidagi vazifalar ko‘zda tutiladi:
radiatsiyaviy - kimyoviy holatni aniqlash va baholash;
dozimetrik va kimyoviy nazoratni tashkil etish va o‘tkazish;
v) radiatsiyaga qarshi himoyalanish rejimlarini ishlab chiqish;
g) radioaktiv va kimyoviy shikastlanishda fuqarolarni himoyalash uslublari hamda KTQ omillari bilan ta’minlash (bunda gazniqoblar, maxsus kiyim-kechaklar va boshqa vositalarni yig‘ish, saqlash, taqsimlash);
d) radioaktiv va kimyoviy shikastlanish oqibatlarini tugatish omillari (maxsus sanitar qayta ishlash, yashash, ishlash joylarini, inshoatlarni zararsizlantirish va boshqa omillar).
4. Radiatsion va kimyoviy holatni aniqlash va baholash
Radiatsiyaviy - kimyoviy holatni baholash - RQ va KTQ omillarining asosini tashkil etib, uni o‘tkazishdan maqsad:
ishchi xizmatchilarning ish faoliyatlarini baholash va ulardan foydalanish chegaralari;
evakuatsiya davrida tibbiy yordam ko‘rsatish hajmi;
fuqarolarni sanitar - qayta ishlovdan o‘tkazish hajmi;
jihozlarni, transport vositalarini, shaxsiy saqlovchi vositalarni, kiyimkechaklarni, ish joylarini dezaktivatsiya va degazatsiya qilish;
radiatsiyaviy - kimyoviy zararlangan xududlarda qolgan suv, em, oziq-ovqat va boshqalarni qayta ishlab, foydalaniladi va boshqa omillar bajariladi.
Dozimetrik va kimyoviy holatni baholash - ob’ektning fuqarolar muhofazasi shtabi, uning tizimlari, jumladan razvedka bo‘limlari amalga oshiradi (ya’ni radiatsiyaviy, kimyoviy va umumiy razvedka bo‘limlari).
Oziq-ovqatlar, suv va emlarning zararlanish darajasi radiometrik va kimyoviy laboratoriyalarda aniqlanadi. Dozimetrik baholashda odamlarni va er usti jinslarini radiatsiya nurlari bilan nurlanganligi hamda zararlangan joylarda odamlarning olgan nur dozalari aniqlanadi.
Nurlanganlik darajasi guruh holda hamda yakka tartibda tekshiriladi. Guruhni tekshirishda, tizimlar, tsexlar bo‘yicha odamlarning olgan nur dozalarini, hamda ularning ishlash qobiliyatlari aniqlanadi.
Dozani aniqlovchi ID-1 va DKP-50A dozimetrlar 10-12 odami bo‘lgan guruhlarga taqsimlanadi. Yakka tartibda esa ID-11 markali shaxsiy nur dozasi o‘lchovchi jihoz ishlatiladi. Mana shu ikki usul bilan (guruh va yakka tartibda) tsexlardagi, guruhlardagi, tizimlardagi odamlarning olgan nur dozalari o‘lchanib, jurnalga yozib boriladi. Fuqarolarning umuman olgan nur dozalari qiymatiga qarab tizim boshlig‘i, o‘sha fuqarolarning ishlash qobiliyatlari, zararlangan hududlarda bo‘lish vaqtlarini aniqlab beradilar.
Odamlar, texnika, jihozlar va boshqa kiyim-kechaklarning radioaktiv changlardan zararlanishi DP-5 jihozi bilan aniqlanadi va mR/soat bilan o‘lchanadi. Oziq-ovqat, suv va emlarni radioaktiv changlardan zararlanish darajasi radiometrik usulda aniqlanadi va Ki/kg yoki Ki/l da o‘lchanadi. Shaxsiy saqlovchi vositalar, texnika, oziq-ovqat, suv, yashash joylari va ob’ektlarning zaharli moddalar, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) bilan zaharlanishni kimyoviy jihatdan baholanadi.
Kimyoviy baholash natijalariga qarab odamlarni shaxsiy saqlovchi vositalarisiz yurish-turishi, texnikalarni, inshoatlarning degazatsiyalash darajasi, oziq-ovqatlarni, suvlarni va boshqa vositalarni zararsizlantirish aniqlanadi. Kimyoviy nazoratda kimyoviy razvedka jihozlari: VPXR, PXR-MV yordamida o‘tkaziladi.
Demak, dozimetrik va kimyoviy nazoratni o‘z vaqtida, to‘g‘ri o‘tkazilsa, odamlarning ish qobiliyatlarini va turmush darajalarini bir muncha saqlash imkoniyatlariga ega bo‘lamiz.