1. Gaz holatdagi olefin uglevodorodlar. Neftni destruktiv qayta ishlash jarayoni


Gaz holidagi olefinlarni olishning maxsus usullari



Yüklə 227,5 Kb.
səhifə3/10
tarix05.12.2023
ölçüsü227,5 Kb.
#172653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
B52333C6-AC6E-44E5-ACD5-FE08F656A84B.4-ma\'ruza

Gaz holidagi olefinlarni olishning maxsus usullari
Hozirgi vaqtda neftkimyo sanoatini gaz holidagi olefin uglevo­dorodlarga bo‘lgan talabini qondiruvchi asosiy jarayon - piroliz jarayonidir. «Piroliz» tushunchasini yuqori haroratdagi kreking bilan bog‘laydilar.
Pirolizga uchratilayotgan xomashyoga bog‘liq holida jarayonlar quyidagicha farqlanadi:
1) gaz holidagi xomashyo pirolizi – tabiiy va yo‘ldosh gazlarni, neftni qayta ishlashdagi gazlar fraksiyasi pirolizi;
2) suyuq neft asosidagi xomashyo pirolizi - oktan miqdori kam gaz holidagi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydalgan benzinlarni katalitik riformingdan keyin aromatikasi ajratib olingan rafinatlarni, kerosin- gazoyl fraksiyasi og‘ir neft asosidagi qoldiqlarni va hattoki neftning o‘zini krekingi.
Piroliz jarayonining «chuqurligi» uch asosiy omillarga - kontakt vaqti, harorat va uglevodorodlarning partsial bosimiga bog‘liq.
Eng afzallari quyidagilar: kichik kontakt vaqti, katta bo‘lmagan parsial bosim va ushbu xomashyo turiga mos maksimal harorat.
Xomashyoning guruh tarkibi quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi:
Olefinlarni olish uchun eng afzali, ayniqsa, normal tuzilishga ega bo‘lgan parafin uglevodorodlardir. Ular olefinlarni maksimal miq­dorda beradilar. Aromatik uglevodorodlar maqsadga muvofiq emas, chunki ular yuqori koks hosil qilishga va polikondensatsiya reaksi- yalariga moyildir. Naften uglevodorodlar degidrirlash va yon zanjir- ni uzilish reaksiyalariga moyil. Bu, bir tarafdan aromatika holi uchun ham zichlashish reaksiyalariga olib keladi, ikkinchi tarafdan alkil zanjirni krekingi hisobiga olefinlarni hosil bo‘lishiga olib keladi.
Xomashyoning fraksiyali tarkibi, quyidagicha ta’sir o‘tkazadi: xomashyo og‘irlashishi oqibatida C2-C3 olefinlarning hosil bo‘lish salmog‘i kamayadi, koks hosil bo‘lishi ortadi. Boshqa tarafdan esa og‘irroq bo‘lgan xomashyo pirolizga osonroq uchraydi, biroq ko‘p miqdorda yonaki mahsulotlar beradi.
Neftkimyo sintezi sanoati uchun gaz holidagi olefinlarni yetkazib beruvchi eng ahamiyatli usul gaz holidagi xomashyoni piroliz qilish usuli bo‘lib, bunda xomashyo sifatida tabiiy va yo‘ldosh gazlar yoki neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan gaz fraksiyalari ishlatiladi.
Etilenni olishda eng ma’qul xomashyo – etan va propandir.
Metan pirolizga eng qiyin uchraydigan xomashyodir: uning piro­lizi 700°C dan yuqorida boshlanadi. 1000-1200°C da metandan eti­len va atsetilen olish mumkin; 1200°C dan yuqori haroratda atsetilen olinadi.
Etan pirolizida eng ma’qul 750-850°C haroratdir; bunda etilen eng ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi.
Propan (t=700-800°C) piroliz qilinganda mahsulot tarkibida eng ko‘p etilen va metan bo‘ladi, chunki C-C bog‘i C-H bog‘iga nisba­tan yengilroq uziladi:

Butan pirolizi 400°C dan boshlanadi va quyidagi uch yo‘nalishda boradi.

Keltirilgan formulalardan ko‘rinib turibdiki, birinchi ikki reak- siya kamroq issiqlik sarfi bilan ketadi va shu sababli nisbatan quyi


6-jadval

Yüklə 227,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin