Q‘uvurli pechlarda piroliz qilishning kamchiliklari quyidagilar- dan iborat:
1) kichik ishlab chiqarish quvvati;
2) pechni ilon izli quvurlari uchun yuqori legirlangan po‘latni ishlatish zarurati;
3) ilon izli quvurlarning yuqori gidravlik qarshiligi, bu esa kirishda bosimning ortishiga va olefinlar salmog‘ini pasayishiga olib keladi;
4) ishning davriyligi - koksni yoqib yuborish uchun pech ishini to‘xtatish zarurati.
Biroq ushbu kamchiliklar jarayonni texnologik bezashdagi oddiylik orqali o‘zini oqlaydi.
Q‘uvurli piroliz pechlarini samarali ishlashi ilon izli quvurchalar uzunligi bo‘yicha optimal harorat profilini hosil qilish imkoniyatlari bilan aniqlanadi, bu esa pechning ilon izli quvurchasi ishlangan metallning fizik xossalari va teplotexnik imkoniyatlari - ilon izli quvurchaga lokal issiqlik olib kelishning quvvati bilan belgilanadi. Ilon izli quvurchalarni maxsus joylashtirish pechni yengil uglevodorod xomashyosini qayta ishlashda to‘xtamay ishlash davrini deyarli 6 oygacha yetkazadi.
Zamonaviy ko‘p kamerali piroliz pechlarining etilen bo‘yicha quvvati yiliga 50 ming tonna va undan ko‘pga yetgan bo‘lib, bu bir korpusda 16 tagacha parallel ishlovchi piroliz ilon izi quvurchalari bo‘lgan bir necha oqim kameralarini (4-5 tagacha) blokirovkalash natijasida erishilgan.
Ikkinchi guruh jarayonlari - issiqlikni ichki yetkazish usulida, ya’ni xomashyoni o‘ta qizdirilgan gazlar yoki suv bug‘i bilan kontakt holida amalga oshiriladi.
Issiqlik tashuvchi sifatida koks yoki qandaydir inert materialli issiqlik tashuvchi ishlatiladi, bunda piroliz jarayonining o‘zi va issiqlik tashuvchining regeneratsiyasi turli uskunalarda - reaktor va regeneratorda olib borilishi jarayonni uzluksizligini ta’minlaydi, shu bilan birgalikda uni texnologik bezash murakkablashib ketadi.
Issiqlik tashuvchi statsionar qatlamli piroliz sxemalari ishlab chi- qilgan. Bunda piroliz jarayoni murakkab figura profilli keramik na- sadkalar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu holida piroliz va rege- neratsiya bosqichlari galma-gal boradi, regeneratsiya issiqligi piroliz bosqichida ishlatiladi. Bu sxemaning asosiy kamchiliklari sifatida jarayonni boshqarishning murakkabligi va pirogazni koks yonish mahsulotlari bilan ifloslanishini ko‘rsatish mumkin.
Issiqlik tashuvchilar vositasidagi hamma jarayonlar deyarli bir sxema asosida amalga oshirilib, bunda xomashyo avvalombor issiq- lik almashtiruvchida 350-450°C haroratgacha isitilib, suv bug‘i bilan aralashma holida reaktorga yuboriladi. Reaktorda 700-900°C gacha (qanday xomashyoligiga qarab) issiqlik tashuvchi hisobiga qizdiriladi.
Kislorodda piroliz (avtotermik piroliz) quyidagicha amalga oshiriladi: 550-650°C haroratgacha isitilgan xomashyo kislorod bilan aralashtiriladi (100 qism xomashyo 30 qism kislorod); bunda xomashyoning bir qismi yonib va yonish mahsulotlari qolgan xomashyo bilan aralashib, piroliz borishida harorat 800-900°C gacha ko‘tariladi.
Avtotermik pirolizning boshqa bir ko‘rinishi gomogen piroliz deb ataladi. Ushbu holida xomashyo (masalan, metan)ning bir qismi va kislorod alohida uskunada biriktiriladi hamda keyin yonish mahsulotlari yuqori bo‘lmagan 1200-1500°C haroratda xomashyoning asosiy qismi bilan haroratni piroliz haroratigacha ko‘tarib aralashtiriladi.
Avtotermik pirolizning asosiy kamchiliklari: pirogazda 20% gacha SO va SO2 mavjudligi pirogazni tozalashni qiyinlashtiradi; xomashyoning bir qismi to‘g‘ri maqsadga sarf qilinmaydi.
Keyingi vaqtlarda adiabatik sharoitdagi piroliz keng tarqalmoqda. 650-750°C gacha isitilgan xomashyo 925-950°C li o‘ta qizdirilgan suv bug‘i bilan aralashtiriladi. Pirolizni ushbu turining afzalliklari:
1) pechlarni ishlash vaqti ko‘proq davomiy bo‘ladi, xomashyo ko‘pincha pastroq haroratda isitiladi;
2) reaksion massada harorat reaktor devoridagiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi, bu esa koksni hosil bo‘lishini kamaytiradi;
3) suv bug‘i hisobiga suyultirilgan uglevodorodlarning parsial bosimi past bo‘ladi, bu esa olefinlar miqdorini oshishiga olib keladi.
Jarayonning kamchiliklari sifatida ikkita pech mavjudligini aytish mumkin: biri xomashyoni isitishga, ikkinchisi esa suv bug‘ini qizdirishga ishlatiladi. Oqibatda, bu kapital xarajatlarni ko‘paytiradi.