Gaz holidagi olefinlarning qo‘llanilishi Neftkimyo sintezi sanoatida gaz holidagi olefin uglevodorodlardan juda keng foydalaniladi.
Polietilen, etil spirti, stirol va vinilxlorid olishda etilen ishlatiladi. Uni oksidlab atsetaldegid, etilen oksidlari olinadi.
Propilen esa polipropilenni va u orqali quyi molekular polimer bo‘lmish sintetik yuvish vositalari xomashyosini, izopropil spirtini, glitserinlarni ham olishga ishlatiladi.
Butilenni asosiy ishlatilish joyi – uni sintetik kauchuk uchun eng zarur monomer bo‘lmish butadienga degidrirlash, hamda spirtlar ishlab chiqarishdir; uni oksidlab va xlorlab ham qimmatli mahsulotlar olinadi.
Izobutilen - sintetik kauchuk ishlab chiqarishda monomer hisoblanadi.
Izoamilenlar ham sintetik kauchuk ishlab chiqarishdagi izopren olishga yo‘naltiriladi.
Suyuq olefin uglevodorodlar Neftkimyo sanoati uchun parafinlarni kreking mahsuloti bo‘lgan to‘g‘ri zanjirli a-olefinlar yoki quyi molekular polimerlar sintez qilinayotgandagi metallorganik katalizatorlar ishtirokida etilenni polimerlash jarayonlari zarur ahamiyat kasb etadi: Fosforli (nordon) katalizatorlarda propilen va butilenni polimerlab olinadigan tarmoqlan- gan zanjirli olefinlar ham zo‘r ahamiyat kasb etganlar. Suyuq olefin uglevodorodlar, asosan, sintetik yuvish vositalari ishlab chiqarishda ishlatiladi.