haroratda olib boriladi: butan pirolizi 400°C da boshlanadi; degidrir- lash faqat >600°C haroratda ketadi.
Amalda piroliz uchun individual uglevodorodlar emas, balki tabiiy va yo‘ldosh gazlar yoki neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan gaz fraksiyalari ishlatiladi.
Biroq individual uglevodorodlar uchun keltirilgan qonuni- yatlar sanoat fraksiyalari uchun ham qo‘llanilishi mumkin. 6- va 7-jadvallarda turli uglevodorodlar va neft asosidagi fraksiyalar uchun piroliz ma’lumotlari keltirilgan.
7-jadval Neft asosidagi suyuq xomashyoni pirolizi.
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, ilk xomashyoni og‘irlashishi oqibatida jarayonni olib borish sharoitlari yumshatlayapti, biroq shunda ham gaz holidagi olefin uglevodorodlarining salmog‘i kamayib boradi.
Suyuq neft asosidagi xomashyoni pirolizida pirogaz, suyuq mahsulotlar (piroliz smolasi) va koks taxminan 50:48:2 nisbatda olinadi.
Piroliz gazlari jarayonni olib borish shart-sharoitlariga va ilk xomashyoga bog‘liq holida yuqori miqdorda hosil bo‘lgan to‘yinmagan uglevodorodlar bilan xarakterlanadi.
Piroliz jarayonlari sanoat qurilmasi Ilk xomashyo qanday bo‘lishidan qat’i nazar gaz holidami yoki suyuq holidami piroliz jarayonlarini issiqlik olib kelish usuliga qarab 2 guruhga bo‘lish mumkin:
A) Tashqi isitishli piroliz jarayoni.
B) Ichki issiqlik olib kelish bilan piroliz jarayoni.
Hozirgi vaqtda tashqi isitishli birinchi guruh jarayoni eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, quvurli pechlardagi pirolizning turli sxemalari mavjuddir.
Xomashyo va sirkulatsiya gazlari suv bug‘i bilan aralashib, quvurli pechga kiradi va u yerda 780-800°C gacha (ilk xomashyo va maqbul mahsulotga qarab) juda qisqa vaqt ichida (1 sekunddan ko‘p emas) qiziydi (1-chizma).
Pechdan chiqayotgan pirogaz unga moy, suv yoki benzin sochilib tezda sovutiladi, so‘ng siqiladi, suvsizlantiriladi, mexanik va kimyoviy qo‘shimchalardan tozalanadi va tarkibiy qismlarga ajratish uchun jo‘natiladi.