Quyi temperaturali rektifikatsiya usuli Ushbu usul gaz tarkibiga kirgan uglevodorodlarni qaynash temperaturalarini turlicha ekanligiga asoslangan. Bunday uglevodorodlarni chuqur sovitish hisobiga ajratishga erishiladi. Masalan, metan (161,5°C) qaynash harorati yuqori bo‘lgan boshqa uglevodorodlardan oson ajraladi. Qaynash temperaturalarini farqiga ko‘ra etilen etandan ajraladi. Ushbu usul orqali propilenni propandan ajratish esa mushkulroq.
Quyi harorat hosil qilish uchun drossel effekti, ya’ni gaz bosimini keskin tushishi oqibatida haroratning pasayishi kuzatiladi. Yoki ushbu usulni sovitishning kaskad usuli deb ham yuritiladi. Ushbu usul quyidagicha amalga oshiriladi: Gaz 40 atmosfera bosimi va t = - 18°C da 1 - metan kolonnasiga keladi (2-chizma). 1-kolonnaga berilayotgan metan 2-kolonnadan chiqayotgan etilen yordamida su- yultiriladi. 2-kolonnada etilenni, 3-kolonnada esa etanning ajratilishi amalga oshadi. Ushbu kolonnalarda propanning bug‘lanishi hisobiga etan va etilenlarning sovishi oqibatida suyuqlik taralishi amalga oshiriladi. 4-kolonnada C3 fraksiyasi ajralishi kuzatilib, kolonna suv bilan sovitilib ishlatiladi.
2-chizma.Gazlarni quyi haroratli rektifikatsiya yo‘li bilan ajratishni prinsipial sxemasi. Bunda: 1-demetanizatsiya kolonnasi; 2-etilenni ajratish kolon- nasi; 3-etanni ajratish kolonnasi; 4-C3 va C4 fraksiyalarni ajratish kolonnasi.
Uglevodorod gazlarini quyi haroratli rektifikatsiya yo‘li bilan ajratish usuli juda qimmat, katta energiya sarfi bilan bog‘langan va apparaturani tayyorlashda maxsus materiallar ishlatish talab qilinadi.
Kombinatsiyalangan usul Amaliyotda absorbsion-rektifikatsion usullar ko‘proq qo‘llanilib, unda S3 dan yuqori bo‘lgan ilk gazning hamma komponentlari suyuq absorbent bilan ajratib olinadi. So‘ngra absorbtsiyalanmay qolgan uglevodorodlar quyi haroratli rektifikatsiya yo‘li bilan ajratiladi. Ushbu usul yordamida etilen 99,9% toza holda olinishi mumkin.