6. Natriy gidrofosfat Na2HPO4 Ba2+ ioni bilan pH=5-6 bo'lganda HCl, HNO3 va CH3COOH kislotalarda eriydigan BaHPO4 ning oq cho'kmani hosil qiladi:
6. Natriy gidrofosfat Na2HPO4 Ba2+ ioni bilan pH=5-6 bo'lganda HCl, HNO3 va CH3COOH kislotalarda eriydigan BaHPO4 ning oq cho'kmani hosil qiladi:
BaCl2+ Na2HPO4→ BaHPO4↓ + 2NaCl
Ba2+ + HPO42-→ BaHPO4↓
BaHPO4 ning CH3COOH da erishishi kam dissotsilanadigan H2PO4 ioni hosil bo'lishi bilan tushuntiriladi:
BaHPО4↓ + H+ → Ba2+ + H2PO-;
Cho'kmaning erishi muhitga bog'liq bo'lib, pH<4 bo'lganda cho'kma ancha eriydi, pH<3 bo'lganda esa u to'liq erib ketadi. Neytral va ishqoriy muhitlarda o'rta tuz - Ba3(PO4)2 hosil bo'ladi. Fosfatlarning hatto sirka kislotada ham erishini kislotalarning kislotalik konstantalari qiymatlari orasidagi farqni: КCH3COOH >KH3PO4 > K HPO4-2 bilan tushuntirish mumkin
КCH3COOH =1,74·10-5; KH2PO4- =6,2·10-8 K HPO4-2 = 4,4·10-13
Sirka kislota fosfat kislotaning birinchi bosqichga doir dissotsilanishidan kuchsiz, biroq ikkinchi va uchinchi bosqichlarga doir dissotsilanishidan ancha kuchli. Shuning uchun sirka kislota ta'siridan erkin ortofosfat kislota hosil bo'lmaydi. Kalsiy va stronsiy fosfatlarining eruvchanligi shunga mos ravishda tushuntirilishi rnumkin.
Reaksiyani bajarishuchun BaCl2 eritmasining 2-3 tomchisiga, shuncha Na2HPO4 eritmasidan tomiziladi.