1-gurux kationlarining reaksiyalari


Tajriba qismi. 4.2. Alyuminiy kationining reaksiyalari 1. O'yuvchi ishqorlar



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə24/53
tarix01.01.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#50641
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
analitik kimyo fanidan laboratoriya ishlari jamlanmasi

Tajriba qismi. 4.2. Alyuminiy kationining reaksiyalari 1. O'yuvchi ishqorlar alyuminiy ioni bilan ta'sirlashganda avval oq rangli A1(OH)3 cho'kmasi hosil bo lib, ishqor eritmasidan ko'proq qo'shilsa, alyuminiy va alyuminiy gidroksidning amfoterligi tufayli cho'kma erib ketadi: Al(OH)3↓ + OH → A1O2- + 2H2O A1(OH)3 ni to 'la cho'ktirishda eritmaning pH qiymati 5 atrofida bo'lishi kerak. Alyuminiy va A1(OH)3 cho'kmasining amfoterligini tekshirish uchun ko'proq ishqor qo'shib, hosil bo'lgan eritmaga tomchilatib suyultirilgan xlorid kislota eritmasi qo'shilsa, avval A1(OH)3 cho'kmasi hosil bo'ladi, so'ngra ko'proq kislota qo'shilsa, u erib ketadi: A1O2- + H+ + H2O→ Al(OH)3↓ A1(OH)3↓ + 3H+→ A13+ + 3H2O Reaksiyani A1(OH)3 hosil bo'lish bosqichida to'xtatish uchun eritmaning pH qiymatini 5 gacha pasaytiradigan reagent qo 'shish kerak. Sunday reagent sifatida ammoniy xloridni qo'llash mumkin. Eritmadagi ammoniy ion ishqorning OH- ionini biriktirib NH4OH hosil qiladi, natijada pH qiymati -9,2 bo'lgan ammiakli bufer aralashma yuzaga keladi. Bu sharoitda hosil bo'lgan A1(OH)3 cho'kmasi erimaydi. Reaksiyaning ishonchliligini oshirishda aralashma eritmasi muayyan muddat qaynatiladi, bunda ammiak uchib ketadi va eritmaning pH qiymati ko'tarilib ketmaydi.


Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin