Reaksiyani bajarish uchun 4-5 tomchi alyuminiy tuzi eritmasiga 1 tomchi 2N NaOH eritmasini tomizing. Hosil bo'lgan loyqa eritmaning bir qismini olib, unga xlorid kislota eritmasidan bir necha tomchi tomizib, loyqaning erib ketishini kuzating. Loyqa eritmaning ikkinchi qismiga ham bir necha tomchi ishqor eritmasidan tomizib ko'ring. Bunda ham loyqa erib ketadi. 3. Xrom (III) kationining reaksiyalari 1. O'yuvchi ishqorlarxrom (III) tuzlari bilan kulrang-binafsha yoki kulrang-yashil rangli Cr(OH)3 cho'kmani hosil qiladi: Ishqor mo'l qo'shilganda cho'kma erib ketadi va och yashil rangli xromit eritmasi hosil bo'ladi: Cr(OH)3↓ + OH-→ CrO2- + 2H2O Aluminatlardan farqli ravishda xromitlar qaynatilganda parchalanib, yana Cr(OH)3 cho'kmani hosil qiladi: CrO2- + 2H2O→ Cr(OH)3↓ + OH- 2. Ammiak eritmasixrom (III) ioni bilan Cr(OH)3 cho'kmasini hosil qiladi. To'la cho'kish pH~6 bo'lganda amalga oshadi. Ammiakli bufer aralashma muhitida ham to'la cho'kishga erishiladi.