1. Huquq tizimi tushunchasi va uning tuzilishi. Huquq



Yüklə 23,99 Kb.
səhifə3/5
tarix24.09.2023
ölçüsü23,99 Kb.
#147607
1   2   3   4   5
Ommaviy va xususiy huquq faqlashga oid asosiy ta’limotlar

Konstitutsiyaviy huquq — bu huquq sohasi O‘zRsida davlat hokimiyatini amalga oshirish shaklini, fuqarolarning holatini, iison huquqi va erkinliklarini kafolatlovchi huquqiy normalarni, ma’muriy hududiy va davlat tuzilish shaklini, Oliy Majlis, Prezident va Vazirlar Mahkamasi faoliyatini, saylov tizimi, prokuratura, moliya va kredit, mudofa va xavfsizlikka oid huquqiy normalar yig‘indisidir. Bu huquqning manbai mustaqil O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi, turli qonunlar va boshqa hujjatlardir .
Ma’muriy huquq — davlat boshqaruvi, uning organlarining tashkil topish tartibini, davlat xizmatini o‘tash shartlarini, davlatni boshqarishda fuqarolarninig huquq va burchlarini o‘rgatadi. Bu huquqning manbai O‘zRsining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi Kodeksi, Prezident farmonlari, qaror, farmoyishlari va boshqa normativ huquqiy hujjatdir.
Moliya huquqi — O‘zbekistonda davlat pul muomalasini va moliyaviy faoliyatini belgilash, kredit berish, sug‘urta, zayomlarlar tarqatish va ularga yutuq berish, banklarga rahbarlik qilishga oid huquqiy normalar yig‘indisidir. Moliya huquqining normalari O‘zRsining Konstitutsiyasida budjet to‘g‘risidagi qonunda, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunda va boshqa normativ huquqiy xujjatlarda mustahkamlangan.
Fuqarolik huquqi - aholining moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari bilan fukarolar o‘rtasidagi mulkiy (ma’lum qimmatga ega bo‘lgan buyum, ashyolar) va mulkiy bo‘lmagan shaxsii (fuqaroning nomi, sha’ni, qadr qimmati) munosabatlarini tartibga soladigan huquqiy normalar yig‘indisidir. Fuqurolik huquqining normalari fuqarolik to‘g‘risidagi qonunda va O‘zRsining fuqarolik Kodeksida ifodalangan.
Mehnat huquqi - mehnat munosabatlarini paydo bo‘lishi, o‘zgarishi, to‘xtatilishi shartlarini belgilovchi, ish va dam olishlikni va boshqa mehnat munosabatlarini o‘rgatadi, Bu huquq normalari O‘zRsining Mehnat Kodeksi bilan tartibga solinadi.
Yer huquqi - davlat mulki bo‘lgan yerdan, undagi o‘rmonlardan va boshqka boyliklardan foydalanish va uning samaradorligini oshirish munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidir. Bu huquq normalari O‘zRsining Yer Kodeksi va boshqa yer to‘g‘risidagi normativ huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Suv huquqi aholi va xalq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv obyektlari holatini yaxshilash munosabatlarini o‘rgatadi. Бу ҳуқуқ нормалари O‘zRsining Konstitutsiyasida, Suv Kodeksi va boshqa suv to‘g‘risidagi qonunlarda aks ettirilgan.
Oila huquqi -fuqarolarning nikohda bo‘lish shartlarini, er-xotin, ota-onalar, bolalar va oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi shaxsiy va mulkiy, farzandlika olish, vasiylik, bolalarni tarbiyalashga, nikoxni bekor qilish, fuqarolik holati aktlarni qayd qilish tartibini va boshqa oila munosabatlarini huquqiy normalar bilan tartibga soladi. Bu huquq normalari O‘zRsining Oila Kodeksida mustahkamlangan.

Yüklə 23,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin