1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmetstrreplA


Ikkita to`plamni ularni hosil qilingan elementlarining soni bo`yicha taqqoslash va tenglashtirish



Yüklə 487,15 Kb.
səhifə35/92
tarix07.01.2024
ölçüsü487,15 Kb.
#209417
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92
1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org

2. Ikkita to`plamni ularni hosil qilingan elementlarining soni bo`yicha taqqoslash va tenglashtirish.
Mashqlar bajarishda katta, ortiq, ko`p, kichik, kam, oz, shunga, teng munosabatlarining ma'nosi bo`lishi kerak. Bunda narsalar guruhlarini taqqoslashga doir amaliy mashqlarga ko`proq e'tibor berish kerak.
M: a) Stol ustiga bir nechta doiracha qo`ying. Doirachalarni sanamasdan turib, shuncha kvadrat qo`ying. Buni qanday bajarish mumkin?
b) Paketda yong`oqlar va konfyetlar bor. Undagi yong`oq yoki konfyetlar ko`pligini qanday bilish mumkin?
Predmetlarning rasmda tasvirlangan ikki to`plamini taqqoslashda juftlar hosil bo`lishi imkoniyatini ko`rsatish yaxshi natija beradi. Bunda ustiga qo`yib juftlar hosil qilib bo`lmaydi. Shuning uchun taqqoslanayotgan to`plamlarning elementlari orasida ularni bog`lovchi chiziqlardan foydalanib, moslik o`rnatish usulini o`rgatish foydali.

Savol: 1) Sanoqdan goydalanmasdan, 1 yoki 2 rasmda


predmetlar ko’pligini qanday bilsa bo’ladi?
2) Qaysi rasmda uchburchaklar ko’p?
Predmetlarning ikki to`plamini taqqoslash malakasini hosil qilishda o`quvchilarni to`plamlarning biridan predmetlar ikkinchisiga qaraganda qancha ortiq yoki kam ekanini aniqlashga va shu asosida ikki to`plamdagi predmetlar sonini tenglab (kamini qo`shish yoki ortiqchasini olish bilan) masalani ikki usul bilan yechishga o`rgatish kerak.

-Qaysi geometrik figuralar ko`p va qancha ko`p?



-Figuralar teng bo`lishi uchun nima qilish kerak?
Bunday mashqlar qo`shish va ayrish amallari mazmunini yechishga tayyorgarlik bo`lib xizmat qiladi, tenglik, tengsizlik, sonlarni taqqoslash tushunchalarini tarkib toptirish imkonini beradi, o`quvchilarning matematik nutqlarini rivojlantiradi.

3. Tartib munosabatlari va sonlarning tartib qiymatlari.
O`nlik ichida sonlarni o`rganishda «oldida», «keyin», «orasida» kabi tartib munosabatlarini h am o`rganish zarur. M: sinfda bolalarni saf qilib: Sodiqdan oldin, keyin kim turibdi? Sodiq bilan Lola orasida kim turibdi? kabi mashqlar bajariladi.
Sonlarning tartib qiymatlarini qarashda, uning predmetlarni nomerlashda, ya'ni shu predmet qaralayotgan predmetlar qatorida tartib bo`yicha nechanchi o`rinni egalab turganini aniqlashga asosiy e'tibor qaratiladi. M: qizil doira sanoq bo`yicha nechanchi? yoki predmetlar bir, ikki, uch…deb nomerlashni taklif qilish mumkin.

Yüklə 487,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin