1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmetstrreplA



Yüklə 487,15 Kb.
səhifə32/92
tarix07.01.2024
ölçüsü487,15 Kb.
#209417
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92
1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org

FOYDALANilGAN ADABIYOTLAR
1. Boshlang`ich ta'lim bo`yicha yangi tahrirdagi. Davlat ta'lim standartlari. Boshlang`ich ta'lim. Toshkent: 2005 yil 5-son. 2-50 betlar.

2. Axmedov M, Abduraxmonova N, Jumayev M. «Matematika». O`qituvchi kitobi. Toshkent: «Uzinkomtsyentr» - 2003 yil.


3. Axmyedov M va boshqalar. «Matematika 1-darslik». Toshkent: «Uzinkomtsyentr»-2003 yil.
4. Bikboyyeva N.U. va boshqalar. «Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi». O`quv qo`llanma. Toshknt: «O`qituvchi» - 1996 yil.
5. Bikboyyeva N.U. va boshqalar. «Matematika 2-darslik». Toshkent: «O`qituvchi» - 2003yil.
6. Bikboyyeva N.U. va boshqalar. «Matematika 3-darslik». Toshkent: «O`qituvchi» - 2003yil.
7. Bikboyyeva N.U. va boshqalar. «Matematika 4-darslik». Toshkent: «O`qituvchi» - 2003yil.
8. Jumayev M va boshqalar. «1-sinf matematika daftari». Toshkent: «Uzinkomsyentr»-2003 yil.
9. Jumayev M va boshqalar. «Matematika o`qitish metodikasidan praktikum». Toshkent: «O`qituvchi» - 2004 yil.
10. Istomina va boshqalar. «Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasidan praktikum». Moskva: «Prosvyesheniyye» - 1986 yil.
11. Strekozin. B. P. «Qishloqda oz komplektli maktabda dars». Pedagogika – 1972 yil.
12. Suvorova. G.F. «Boshlang`ich maktab (oz komplektli) da o`quv jarayonining takomillashtirish». Pedagogika – 1980 yil.
13. L.Sh. Levenberg. «Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi». T – 1985 yil.


9
Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi.
Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari.10 ichida
Reja
  1. Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o’rgatish metodikasi


  2. Tayyorgarlik davri


  3. 10 ichida sonlarni nomerlashni o’rgatish metodikasi




1- 10 sonlarni o`qish, yozish, taqqoslash, ikkita sondan iborat tar kibi; natural qatorning hosil bo`lish printsipi, matematik simvolika qo`llanilishi, (>, <, =, +, - belgilari) geometrik shakllar bilan ishlash, nol (0) soni va raqami, narsalarni ongli va myexanik sanash, guruhlab sanash, didaktik o`yinlar tuzish, 10 tiyinni maydalash va hosil qilish hafta, amal, keyin, Santimetr, kg, litr.
Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida amallar bajarish boshlang`ich matematika kursida asosiy mavzulardan hisoblanadi. Algebra va geometriya elementlari arifmetik bilimlar tizimiga imkoni boricha kiritiladi, natijada son, arifmetik amallar va musbatlar haqidagi tushunchalarni yuqoriroq darajada o`zlashtirish ta'minlanadi.

Natural son va nol ustida ishlash boshlang`ich sinflarda 4 yil o`qish davomida olib boriladi. Matematika dasturi natural son va nol haqidagi ma'lumotlarni asta-sekin 10, 100, 1000, ko`p xonali sonlar konsentrlari bo`yicha kiritishni nazarda tutib tuzilgan.


Konsentrlarga ajratish o`nli sanoq sistemasining xususiyatlari bilan, sonlarni og`zaki, yozma nomerlash bilan bog`liq bo`lgan asosiy masalalarni takror-takror qarashga imkon beradi.
Birinchi o`nlikni o`rganishda narsalarni sanash, 1-10 sonlarining nomlarini, ketma-ketligi, belgilanishini, sonlarni taqqoslashning turli usullarini (predmetlarning mos to’plamlari ustida amallar bajarish asosida va taqqoslanayotgan sonlarning qatorida egallangan o`rni bo`yicha sonlarning tarkiblarini) o`zlashtirib olish nazarda tutiladi.
O`quvchilarda o`qitishning dastlabki vaqtlaridayoq ba'zi muhim umumlashtirishlar shakllanadi, masalan natural qatoridagi har bir navbatdagi son qanday hosil bo`lishi aniqlanadi, qatorning ixtiyoriy soni bilan undan oldin keladigan va keyin keladigan sonlar orasidagi munosabatlar o`rnatiladi va h k.
O`nlik ichida sonlarni o`rganishda nol soni bilan ham tanishiladi. Bunda nol bo`sh to`plam xarakteristikasi sifatida kiritiladi. Amaldagi dasturga asosan ikkinchi o`nlik alohida konsentrga ajratilmaydi. Ammo, 100 lik ichida nomerlashni o`rganishda 2 sinf matematika darsligida oldin 11-20, so`ngra 21-100 ichida nomerlash qaraladi. Sonlarni nomerlashni o`rganishda 2-o`nlikni o`rganish sonlarning o`nli tarkibini va raqamlarning o`rin-qiymati printsipini yaxshi o`zlashtirishga yordam beradi, o`quvchilar uchun yangi bilimni shakllantiradi, ya'ni sanoq birligi sifatida o`nlik tushunchasini shakllantiradi.
Shu bilan birga sonlarni og`zaki va yozma nomerlash, shu sonlarning o`nli tarkibi o`rganiladi. Sonlarning natural ketma-ketligi va o`nli tarkibini bilganlik asosida 13-1, 17-1, 10-3, 16-6, 19-10 ko`rinishdagi qo`shish va ayrish hollari qaraladi.
Sonlarni 1000 va ko`p xonali sonlar ichida nomerlashni o`rganishda yuzlik, minglik tushunchalari bilan tanishadilar, yangi sanoq birliklari hosil bo`lish printsipini, sinf tushunchalarini o`zlashtiriladi.



Yüklə 487,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin