Vaqti
|
F.I.Sh
|
…gacha sanaydi
|
Predmetrar sanog’i
|
Qancha bo’lsa shuncha
|
Qaysinisi ko’p (kam)
| | | | |
Fazoviy munosabatlar
| | | | | |
Chamalab sanash
|
Qayta sanash
|
Taqqoslash mos keltirish
|
Chapdan o’ngda
|
Yuqorida
|
Pastda
| | | | | |
1
|
25/VIII
|
Axmedova M
|
9
|
+
|
+
|
-
|
+
|
+
|
+
|
+
|
-
|
2
|
25/VIII
|
Botirova I
|
15
|
-
|
+
|
-
|
+
|
-
|
+
|
+
|
+
|
Birinchi o`nlik sonlarni o`rganishda tayyorgarlik davri va raqamlari haqida sonlar bilan tanishtirish davri ajratiladi.
Tayyorgarlik davrining asosiy vazifasi o`nlik ichida nomerlashda zarur bo`ladigan bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni aniqlash, ularni to`ldirish va sistemalashtirishdan iborat.
Tayyorgarlik davri mashqlari quyidagicha ko`rinishda bo`lishi mumkin.
1. Predmetlar, tovush va harakatlarni sanash.
Birinchi mashqlar sinfda mavjud bo`lgan predmetlar, eshik, deraza, parta, stol, stul, bir hatordagi bolalar… kabilarni sanash doir bo`ladi. Shundan keyin qo`lga olib, kurib sanash uchun mayda predmetlardan foydalanish zarur. Har bir o`quvchida 20 tadan sanoq cho`pi bo`lsa, sanashni tashkil qilish oson bo`ladi.
Bundan tashqari sanash uchun predmet rasmlardan, darslik boshidagi sahifalarda berilgan rasmlardan foydalanish foydali. Shu bilan birga bolalarni tovushlarni sanash bo`yicha va harakatlarni (qadam) sanash bo`yicha ham mashq qildirish kerak.
Sanash jarayonida bolalarni «qancha» so`zi bilan savollar ho`yishga mashq qildirish muhimdir, bunda sanoqda oxirgi aytilgan son sanalayotgan predmetlar «qancha» deb qo`yilgan savolga javob bo`lishini tushuntirish kerak. Shuningdek, predmetlarni o`ngdan chapga yoki chapdan o`ngga, pastdan yuhoriga, yuhoridan pastga qarab sanaganda sanoq natijasi o`zgarmasligi, asosan ulardan birortasini ikki marta qoldirmasdan sanamaslik va qoldirmasdan sanash kerakligini o`rgatish lozim. Predmetlarni sanashga bag`ishlangan darslarda ikkitalab, uchtalab, beshtalab … sanashga ham o`rgatish kerak.
Dostları ilə paylaş: |