1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmetstrreplA


«O`nlik» ichida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi



Yüklə 487,15 Kb.
səhifə33/92
tarix07.01.2024
ölçüsü487,15 Kb.
#209417
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92
1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org

«O`nlik» ichida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi.
10 ichida nomerlash va oraliq arifmetik amallar ba'zi bir o`ziga xos tomonlariga ega. 10 - o`nlik sanoq sistemasining asosi, shu sababli 1-10 sonlari oddiy birikmalarni sanash natijasidir. Shu munosabat bilan 1-10 sonlarining har birini belgilash uchun og`zaki ifodalashda alohida so`z, yozuvda esa maxsus belgi ishlatiladi. 10 ichida qo`shish va ayrish sanash bilan uzviy bog`langan. Hisoblashlarda har gal sanashga hojat bo`lmasligi uchun, amallarning natijalarini yod olish kerak.

Uncha katta bo`lmagan sonlar o`quvchilarda matematik tushunchalarni o`zlashtirish uchun yaxshi sharoitlar yaratadi. Bolalar bog`chalari va tayyorlov sinflarida sonlarni va arifmetik amallarni o`rganish bilan bog`liq bo`lgan bir qator masalalarni qaraladi:


- 10 ichida sanash ko`nikmalarini o`zlashtirish;
- tartib va sanoq sonlar birliklari tarkibi;
- sonning ikkita kichik sondan iborat tarkibi;
- qo`shni sonlar orasidagi munosabatlar;
- to`g`ri va teskari sanoq;…
10 ichida sanash sanashni egallash asosi chunki boshqa xona birliklari ham xuddi oddiy birlar kabi sanaladi. Birinchi o`nlik sonlarning nomlari va belgilanishi boshqa istalgan ko`p xonali sonni o`qish va belgilash uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Shu sababli o`qituvchining birinchi navbatdagi vazifasi 1-sinfga kelgan bolalarning matematik tayyorgarligi darajalarini aniqlashdan iborat. Bunday tekshirishni bolalarni maktabga qabul qilish vaqtida, yoki dastlabki mashg`ulotlar davomida amalga oshirish mumkin. Bilimlarni tekshirishda atmosfyera samimiy bo`lishi kerak.
Bolalarning bilimlarini va malakalarini aniqlash uchun quyidagicha ish olib borish lozim.
1. Sen sanay olasanmi? Sanachi.
2. Bu doirachalarni sana. Doirachalar qancha (7-9ta).
3. Stolda nechta qalam bo`lsa, chap qo`lingga shuncha qalam ol. (4-7 dona).
4. Qaysi doirachalar ko`p: qizillarmi yoki ko`klarmi (6 ta qizil, 7 ta kichik ko`k doiracha).
5. Rasmga qara («Sholg`om» ertagi) va kuchukcha oldida mushukdan keyin, nyevara bilan mushuk orasida nimalar (kimlar) turibdi?
Tekshirishning borishida bolalar geometrik figuralarni taniy olishlari va farq qila olishlarini, sodda misol va masalalarni yecha olishlarini aniqlash maqsadga muvofiq.
Natijalarni jadval ko`rinishida bunday rasmiylashtirish mumkin.







Yüklə 487,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin