7 B OB. Oz komplektli maktabda o`qitishni tashkil qilishning xususiyatlari.
Re J A
1-§. Oz komplektli maktabda o`qitishni tashkil qilishning xususiyatlari. Oz komplektli maktabda matematika darsi, uning dars jadvalidagi o`rni, boshqa darslar bilan kombinatsiyasi, tuzilish xususiyatlari.
2-§. Oz komplektli maktabda matematika darslarida mustaqil ishlarni tashkil qilish xususiyatlari.
3-§. Oz komplektli maktab sharoitida o`quv jarayonini ta'minlash xususiyatlari.
Adabiyotlar [………]
Asosiy tay anch tushunchalar
Oz komplektli maktab xususiyatlari, oz komplektli maktabda matematika darsi tuzilishi, oz komplektli maktabda mustaqil ishlarni tashkil qilish xususiyatlari, oz komplektli maktabda o`quv jarayonini ta'minlash.
O`zbekistonda Ryespublikasida tog`li va cho`l joylarda kichik – kichik va uzoq aholi yashaydigan punktlar mavjud bo`lib, bu joylarda bir sinfga belgilangan mye'yordan ancha kam bo`lgan 6-7 yoshli bolalar bo`lganda oz komplyetli maktablar ochiladi. Oz komplektli maktab shunday maktabki, unda bir o`qituvchi bir vaqtda bir necha sinf bilan ishlaydi. Bu sinfda o`quvchilar soni 3 tadan 30 tagacha bo`lishi mumkin.
Bir o`qituvchi hamma (I-IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlaydigan maktab bir komplektli maktab deyiladi.
Ikkita o`qituvchi 4 ta sinf bilan ishlaydigan maktab ikki komplektli maktab deyiladi.
Ikki komplektli maktabda 4 ta sinfni birlashtirishning quyidagi variantlarini amalga oshirish mumkin:
1) I va II sinflar: III-IV sinflar.
2) I-III va II-IV sinflar.
Ikki komplektli maktabda bir o`qituvchi ikkita sinf bilan ishlaydi. Demak, o`quvchilar soni, tayyorligi, o`quv imkoniyatlarini hisobga olib birlashtirish ham mumkin.
Hozirgi paytda ryespublikamizda asosan bir komplektli maktablar ko`pchilikni tashkil qiladi.
Oz komplektli maktabda ishlash o`qituvchi va o`quvchilar uchun bir qator qiyinchiliklar va to`siqlar bilan bog`liq.
1. O`qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat dars o`tishi kerak. Oz komplektli maktabda reja tuzish ancha murakab, har kuni 8-16 ta reja ustida ishlash qiyin va ko`p vaqt talab qilishi bilan, pedagogik samara beradigan bir butun qilib birlashtirish zarurligi bilan farq qiladi. Bularning hammasi o`qituvchidan tegishli bilimlarni bilishdan tashqari, maksimal darajada kuch-g`ayrat, uyushqoqlik, sabr va qat'iylik talab qiladi.
2. O`qituvchining bir necha sinfga diqqat e'tiborini taqsimlashi qiyin.
3. O`qituvchi butun sinf bilan darsning yarmi yoki qismi davomida shug`ullanishga, qolgan vaqtda o`quvchilar bilan mustaqil ishlashni tashkil qilishga to`g`ri keladi.
4. O`quvchilar mustaqil ish bajarishayotganda, darhol o`qituvchidan yordam olish imkoniyati yo`q, chunki bu vaqtda o`qituvchi boshqa sinf bilan band bo`ladi.
5. O`quvchilar, boshqa sinf o`quvchilariga xalaqit berishlariga qaramasdan, mustaqil ishlavyerishi kerak.
Bu qiyinchiliklar bilan bir qatorda oz komplektli maktab o`quvchilari uchun bir qator afzalliklar ham mavjud:в
1. Sinf o`quvchilari sonining kamligi (3-5).
Bu o`qituvchiga tez – tez so`rab turish, o`quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash va tuzatish imkoniyatlarini beradi.
2. Oz komplektli maktab o`qituvchisi daftar tekshirishga oz vaqt sarflaydi.
3. O`quvchilar darsning taxminan 1/4 qismida mustaqil ishlaydi. Buning o`quv maqsadlaridan tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyati ham bor: iroda mustahkamlanadi, uyushqoqlik, ishchanlik, qiyinchiliklarni mustaqil bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi, o`z – o`zini tekshirish malakalari tarbiyalanadi.
4. Katta sinf o`quvchilari kichik sinf o`quvchilariga yordam berishlari mumkin, chunki ular har kuni bitta sinf xonasida o`qishadi.
To`g`ri tuzilgan dars jadvali o`quv – tarbiya ishi uchun optimal sharoit yaratishda katta ahamiyatga ega. Ilg`or o`qituvchilar tajribalari shuni ko`rsatadiki, hamma sinflarda bir vaqtda matematika darsi bo`ladigan qilib tuzilgan dars jadvali maqsadga muvofiq bo`lar ekan; Bu boshqacha jadval tuzishni istisno qilmaydi.
Keyingi vaqtlarda hamma boshlang`ich sinflar predmetlarini ikki guruhga bo`lish ko`p uchramoqda. Bunda predmetlar guruhlarga kiritish uchun shu predmetlarning mustaqil ish uchun imkoniyatlari myezoni bo`lib hisoblanadi.
1- guruhga matematika, grammatika, mehnat, tasviriy san'at kiradi, chunki bu predmetlarda qolganlariga nisbatan mustaqil ish uchun imkoniyatlari kattadir.
Hamma sinflarda matematika darslarining k ombinatsiyalari syermahsulroqdir. Bunda birinchi sinfdan ikkinchi sinfga o`tishda o`z diqqat – e'tiborini o’tkazish oson, bir jinsli material mustaqil ishlar vaqtida o’quvchilar e’tiborini kamroq tortadi. Bundan tashqari, hamma sinf o`quvchilari uchun umumiy ish tashkil qilishga sharoit yaratiladi Masalan: og`zaki mashqlar o`tkazish vaqtida doskada yozilgan sonlarni bir necha birlik orttirish (I sinf), bir necha marta orttirish (II sinf), 10, 100, 1000 ga ko`paytirish III sinf), 2 xonali songa ko`paytirish (IV sinf) taklif qilinadi. O`lchashlar o`tkazishda beriladigan topshiriqlar bir xil bo`lib, har qaysi o`quvchida mavjud bo`lgan to’g’ri to’rtburchak burchak bo`yi va enini o`lchashdan iborat bo`lishi mumkin.
to’g’ri to’rtburchak burchakning eni bo`yidan necha sm qisqa (I sinf).
II sinf o`quvchilari – uning perimetrinii topadi.
III sinf – yuzasini topadi.
IV sinf – berilgan yuza va tomonlaridan biri bo`yicha to’g’ri to’rtburchak burchakning tomonini topadilar.
Ayrim maktablarda dars jadvali tuzish quyidagicha amalga oshiriladi:
1-yarim yilda 1-2 darslar faqat 1- sinflarda bo’ladi.
Buning uchun bir kunda 6 soat dars o`tish kerak, vaqtni ham 30 minutgacha qisqartirish kerak.
Masalan: dushunba:
Ko`rinib turibdiki, 1- ikkita dars I sinfda, 3-4 darslar tig`iz. 4- darsdan keyin 1- sinflarga javob beriladi.
Dostları ilə paylaş: |