Shye'riy masala: Sulton tutdi 13 cho`rtan
Tolib tutdi 4 sazan
Olim tutdi 2 laqqa
Necha baliq chiqdi qirg`oqqa? (19)
2. Matematika to`garaklar. – sinfdan tashqari ishlarning sistematik ravishda o`tkazilib turiladigan shaklidan biridir. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziquvchi o`quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.
To`garaklar, ikkinchi yarim yillikda III-IV sinfdan boshlab oyiga 1-2 marta o`tkaziladi. To`garaklarda bir maktabning parallyel sinflari o`quvchilar yoniga bir necha maktab o`quvchilari ham qatnashishi mumkin (matematika klubi).
To`garak mashg`ulotlarini o`tkazishda o`quvchilar katta mustaqil va tashabbus ko`rsatadilar: ular qisqacha tarixiy ma'lumotlar tayyorlaydi; ko`rgazmali qurollar tayyorlaydi, matematika kechalariga tayyorgarlik ko`radilar.
Shu bilan bir qatorda ular to`garakda turli masalalar yechadilar, ryebus, boshqotirgichlar, topishmoqlarni topadilar, didaktik o`yinlar o`tkazadilar.
Matematika to`garagini o`tkazish uchun uning oldindan ish rejasi tuziladi. Namuna. I Mashg`ulot. 1. Ryebuslar o`ylab topish. 2. Qizizarli masalalar yechish. 3. 100 ichida nomerlashni bilganlikni tekshirishga oid mashq. 4. Boshqotirma. 5. Hazil masala. 6. Topishmoq. 7. «Quvnoq sanoq» o`yini.
3. Matematika konkurs va olimpiadalar. – matematik konkurslar qiyin masalalar yechish va o`tkir zyehn, tez tushuna olishni talab qiluvchi topshiriqlarni bajarish bo`yicha o`ziga xos musobaqalardir. Uning asosiy maqsadi tez tushunadigan, ziyrak matematikni, yaxshi sinfni aniqlashdan iborat.
Konkurs mavzusi va uni o`tkazish vaqti oldindan belgilanadi. Masalan: masalalar yechish, geometrik topshiriqlar, og`zaki va yozma hisoblashlar.
Tajribalarda aniqlanishicha, o`quvchilar 100 ichida amallarni o`rganishi bilanoq konkurslar o`tkazish mumkinligini ko`rsatmoqda. Misol: 1. S. bilan N. birgalikda 30 ta konfyetti bor. Ular baravardan yeganlaridan keyin S=9 ta N=5 ta konfyetti qoldi. Ular nechtadan konfyet yyeyishgan?
2. Ushbu chizmadan nechta uchburchak bor?
Matematika olimpiadalar maktabning hamma sinflarini ham jalb qilgan holda o`tkaziladi. Olimpiadalar yiliga bir marta matematikaga qobiliyati ko`proq o`quvchilarni aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Olimpiada boshlang`ich sinfning 4 – sinfida o`tkazilishi mumkin. Olimpiadalar qatnashchilarning tarkibiga qarab maktab, tuman, shahar…da o`tkazilishi mumkin.
Maktabda olimpiadasining maktab diryektori tasdiqlagan komissiya boshqaradi. Komissiya topshiriqlarning mazmunini, qatnashchilarni tanlash shartlarini aniqlaydi, olimpiada o`tkazilish vaqtini belgilaydi.
Misol: 1 tur (davra). (8 ochko to`plansa 2 turga) o’tadi.
1. Kvadrat shaklidagi karton varaqning perimetri 32 sm ga teng. Uning yuzini toping. (3 ochko).
2. 3 ta bolalar va 7 ta kattalar ko`ylagi sotildi. Hamma kattalar ko`ylagi uchun 630 so`m to`landi. Agar bitta bolalar ko`ylagi bitta kattalar ko`ylagidan 2 marta arzon bo`lsa, hamma bolalar ko`ylagiga qancha to`lashgan? (2 ochko).
2 tur.
1. Vrach kasal bo`lib qolgan Mavludaga 3 tablyetka dori berib, har yarim soatdan keyin ichishni buyurdi. Mavluda vrach topshirig`ini qat'iy bajardi. Vrach bergan dori qancha vaqtga yyetgan? (2 ochko).
2. Ikkita ko`paytmani hisoblamay taqqoslang va >,<, = belgilaridan birini qo`ying. 1248x600 g’ 416x1800
3. Agar kamayuvchi, ayriluvchi va ayirma qo`shilsa bo’ladi. Agar ayirma kamayuvchidan 24 kam bo`lsa, kamayuvchi ayriluvchi va ayirmani toping.
4. Matematik kechalar va viktorinalar.- matematika kechalarini matematika to`garagining hisoboti tariqasida, shuningdek o`quvchilar nomerlashni yozma va og`zaki hollarini o`rganib olganlaridan keyin o`tkazish mumkin. Uning maqsadi o`quvchilarning matematikadan bilimlarini amalda tadbiq qilish qobiliyatlari, og`zaki va yozma, tez hisoblash ko`nikmalari, fazoviy tasavvurlarini hisobga olishdan iboratdir.
Uning mazmuni tarixiy ma'lumotlar, hisoblashlar va qiziqarli masalalar va matematik o`yinlardan iborat bo`ladi. 1 sinfda «Raqamlar bayrami» kechasini o`tkazish mumkin. 10 gacha Misol.
Ikki oyoq ikki qo`l.
Ikki hajmin bildirar.
O`ylab unga ko`p misol.
Qani kimlar keltirar.
Ayirish ham bir yumush,
O`ylab ko`rib qilgin ish,
Katta sondan kichkina,
Mumkin, faqat ayirish.
Kyechaga ota – onalar, o`qituvchilar va hoxlovchilar qatnashishadi.
Matematika viktorinalar asosan o`quvchilarga yechish uchun beriladigan savollar va topshiriqlardan iborat bo`ladi.
Javoblar yozma ravishda topshiriladi va g`oliblar aniqlanadi. Namunalar:
1. Qachon ikki sonning yig`indisi birinchi songa teng bo`ladi?
2. 3 kg paxta og`irmi yoki 3 kg temir?
3. Beshta 2 raqami va amal ishoralari yordamida 14 ni qanday hosil qilish mumkin?
5. Matematik matbuot. – Boshlang`ich sinflarda chiqariladigan Gazeta mazmuni ko`proq qiziqarli materiallar asosida tashkil qilinadi. Uni to`garak a'zolari chiqarishi mumkin. Gazeta, odatda matematik burchak deb ataluvchi burchakka osib qo`yiladi.
Matematika burchagida matematikaga tegishli o`quv asboblari, materiallari saqlanadi.
6. Matematik ekskursiyalar. – ning asosiy maqsadi – konkreti hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish va o`quvchilarni shu faktlar bilan turmushda uchrashtirish. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilar bilan bu turdagi ekskursiyalarni o`tkazish ancha qiyindir, shuning uchun o`qituvchi puxta tayyorgarlik ko`rishi kerak bo`ladi.
U ekskursiya o`tkaziladigan joyga borishi, ekskursovodga qanday tushuntirish berish haqida, vaqti haqida ko`rsatmalar berishi kerak. Ekskursiyadan ko`zlangan maqsad o`quvchilarga tushunarli bo`lishi muhimdir, shunday bo`lgandagina ular oldindan nima qilishlari kerakligini va o`zlarini qanday tutish kerakligini bilib oladilar.
Maktabning joylashgan o`rniga qarab, ustaxonalarga, fabrikalarga, fermalarga, dalalarga va boshqa joylarga ekskursiyalar o`tkaziladi.
O`quvchilar bunda ishchilarning mehnatlarini kuzatadilar va mahsulot hajmini, materiallar sarfini, ish umumini, tyejamkorlikni tavsiflovchi son ma'lumotlarini qayd qilib boradilar. Ekskursilardan olingan «Jonli» sonlar o`quvchilarning o`z masalalarini tuzishi va yechishlariga, ko`rgazmali qurol tayyorlashlariga asos bo`ladi.
M: Bir soatda ekskvator 4 metr uzunlikdagi chuqurlikni kovladi. Shunday ish unumi bilan u 7 soatda qancha chuqurlikni kovlaydi.
Nazorat uchun savollar:
1. Matematika darslari uchun unga quyilgan talablar.
2. Matematika darslari asosiy turlari va ularning tuzilishi.
3. Matematika darslarini yangi pedagogika tyexnologiya asosida tashkil qilish.
4. Matematika darslari tahlilini amalga oshirish yo`llari.
5. Matematikadan sinfdan tashqari ish nima?
6. Matematikadan sinfdan tashqari ish turlari va ularning boshlang`ich sinflarda qo`llanilishi.
7. Matematika darslarida qiziqarlilik elementlaridan foydalanish uslublari.
Dostları ilə paylaş: |