Ko`rsatma qo`llanmalar deb asosida predmetli ryeal modellar yotuvchi o`qitish vositalariga aytiladi. Ko`rsatmalilikning boshlang`ich ta'limdagi o`rni o`quvchilarning abstrakt va konkreti tafakkurlarini rivojlantirishdan iboratdir. Ko`rsatmalilikdan foydalanish o`quvchilarning e'tiborini, diqqatini qo`zg`atadi, o`rganilayotgan materialni puxtaroq o`zlashtirish imkonini beradi, o`quv jarayonini boshqarish uchun yaxshi sharoi t yaratadi, vaqtni tyejash imkonini beradi.
1. (K.m) tanlashga qo`yiladigan talablar:
a) Yetarlicha miqdorda ko` rsatma material bilan ta'minlash asosida umumlashtirish amalga oshiriladi. M: 4 sonini hosil bo`lishi bilan tanishtirishda o`qituvchi 3 ta doirachaga 1 ta doirachani 3 ta cho`pga 1 ni qo’shishni mustaqil bajartiradi va umumiy savol qo`yiladi, 3 ga 1 ni qo`shilsa, qanday son hosil bo`ladi.
b) Har xil (k.m) bilan yetarlicha ta'minlash. Bunda o`quvchilarda to`g`ri umumlashtirishni tarkib toptirishning zaruriy shartini aniqlash muhimdir. Misol uchun: 3 soni miqdoriy jihatdan muhimdir, predmetning rangi,o`lchami,o`rni muhim emas.
v) Matematika o`qitishda Ko`rsatmalilikning bir turidan ikkinchi turiga o`tish ham katta ahamiyatga ega. Buni avvalo masala yechishda ko`ramiz, oldin masala sharti illyustratsiyalanadi, asta – sekin sxyema, rasm yoki chizmadan foydalanib, masala shartining qisqa yozuviga kelinadi.
2. Matematika o`qitishda harakatli dinamik qo`llanmalarga, individual ko`rsatma - qo`llanmalar va didaktik materiallarga keng o`rin beriladi. Ko`rsatma - qo`llanmalar: natural va tasviriy bo’ladi.
Natural ko’rsatmalilik: turmushda uchraydigan atrofimizdagi narsalar: daraxtlar, qalamlar, cho`plar, kubchalar. Sannoq cho`plar eng muhim va keng qo`llaniladi, ulardan nomerlashni o`rganishda; sannoq birliklarini hosil bo`lishi haqida tasavvur oladilar.
Tasviriy ko’rsatmalilik ham bir necha turga bo`linadi.
a) Matematik simvollar (raqam, ishoralar, munosabat belgilari).
Bunday belgi, raqamlar katakli taxtacha va saqlash kassalari bilan birga o`quv – texnika sanoati yoki o`quvchilar qo`li bilan ishlab chiqariladi, bular yordamida sonlarni raqamlar bilan tasvirlash, sonlarni taqqoslash natural sonlar qatori xossalari o`rganiladi, misol masalalarning yechimlari yoziladi. M: … + = 7 tenglamani kiritish.
b) Ko`rsatma rasmlar. Ularni nashriyotlardan yoki qo`lda tayyorlanadi, har bir rasmda bitta narsaning rasmi (myevalar, gullar…) bo`ladi. rasmlar qirqilib konvyertda saqlanadi, asosan ulardan birinchi 10 lik sonlarni o`rgatishda foydalaniladi. Bundan tashqari, ulardan hisoblash usullari, amal xossalari bilan tanishishda qam foydalanish o`rinli va qulay. (2+3)+4.
v) Geometrik figuralar modeli. Obyekt shaklini to`g`ri idrok qilish, predmet shaklini abstraktlashtirish qobiliyatini rivojlantirish uchun o`quvchilar figuralarning modellarini kuzatish bilan birga o`zlari ham shunday modellarni mustaqil yasashlari juda muhimdir. Masalan,. Burchak modelini tayyorlashi, doira, ko`pburchaklar detsimetr, metr modellarini yasashlari natijasida ularning bu tushunchalar haqidagi tasavvurlari yaqqol namoyon bo`ladi.
g) Sonli figuralar predmetlarning miqdoriy guruhlarini taqqoslashga, raqamlar bilan sonlarni mos keltirishga yordam beradi.
d) 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000. so`mlik pul modellari.
ye) Grafik modellar (rasm, sxyema, chizma).
Ularniko`pincha o`qituvchi o`quvchi yasaydi. Grafik modellar o`quvchilarning abstrakt va konkreti tafakkurlarining rivojlanishiga yaxshi asos yaratadi; arifmetik, Algebraik, geometrik materiallar orasida chuqurroq matematik bog`lanishni ta'minlaydi; matematika qiziqishni orttiradi.
(priborlar):
1) Asboblar (priborlar):
1. Sinf cho`tlari.
2. Abaklar 2 va 3 xonali.
3. Tarozi va qadoq toshlar. 1, 2, 5 kg.
4. Chizish va o`lchash asboblari. Chizg`ich, go`niya, metr, sirkul, soat, Paletka.
5. Kalkulyator.
2) Jadvalar: 1. Instruktiv (ko`rsatma) jadvallar raqamlarni yozish, arifmetik amallar algoritmlarini bajarish, masalalar yechishga ko`rsatma beradi.
2. Spravochnik (ma'lumotnoma) jadvallar M: qo`shish jadvali, ko`paytirish jadvali.
3.O`rgatuvchi jadvallardan asosan yangi tushunchani shakllantirishda foydalaniladi. M: vaqt o`lchovlari, massa (og`irlik) o`lchovlari, tezliklar jadvali kabilar hisoblashlarni tashkil qilishda yordam beradi.