1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmetstrreplA


- §. Metodika fanida foydalaniladigan tadqiqot metodlari



Yüklə 487,15 Kb.
səhifə3/92
tarix07.01.2024
ölçüsü487,15 Kb.
#209417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org

3 - §. Metodika fanida foydalaniladigan tadqiqot metodlari.
Metodlar haqidagi masala – o`qitishda yuqori ta'lim va tarbiyaviy natijalarga erishish uchun qanday o`qitish haqidagi masaladir.

Pedagogikada turli metodlar qaraladi, jumladan ilmiy tadqiqot metodlari mavjud.


Ilmiy tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog`lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o`rnatish va ilmiy nazaryalarni tuzish maqsadida ilmiy informatsiyalarni olish usullaridir.
Ko`zatish, ekspriment, maktab hujjatlarini o`rganish, o`quvchilar ishlarini o`rganish, suhba t va anketalar o`tkazish ilmiy - pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi. So`nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek modellashtirish metodlaridan foydalanish hollari ko`zatilmoqda.
Boshlang`ich matematika o`qitish metodikasida butun pedagogika tadqiqotlarda qo’llaniladigan metodlarning pedagogik o`zidan foydalaniladi.
Kuzatish metodi. – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik protsyessni bevosita maqsadga yo’naltirilgan holda idrok qilishdan iborat. (K.M) dan o`quv – tarbiya ishining u yoki bu sohasida ishning qanday borayotganini o`rganish uchun foydalaniladi, bu metod o`quvchi va o`qituvchi faoliyatlari haqida majbur qilinmagan tabiiy sharoitda faktik material to`plash imkonini beradi. Bu metodning asosiy afzalligi shundan iboratki, u pedagogik hayotining, haqiqatning bevosita manzarasini tasavvur qilish imkonini beradi.
Ko`zatish jarayonida tadqiqotchi o`quv protsessining odatdagi borishiga aralashmaydi. Ko`zatish aniq maqsadni ko`zlangan reja asosida qisqa yoki uzoq vaqt oralig`ida davom etadi. Kuzatishning borishi, faktlari, sodir bo`layotgan voqealar, jihozlar kuzatish kundaligiga diqqat bilan qayd qilib boriladi.
Kuzatish tutash yoki tanlama bo`lishi mumkin. Tutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan, matematika darslarida kichik yoshdagi o`quvchilarning bilish faoliyatlari), tanlama kuzatishda kichik – kichik hajmdagi hodisalar (masalan, matematika darslarida o`quvchilarning mustaqil ishlari) kuzatiladi.

Yüklə 487,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin